Min10 guruh talabasi Zuxriddinov Hojiakbar Rustamxo’ja o’g’li


Download 20.84 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi20.84 Kb.
#267260
Bog'liq
lotin


MIN10 guruh talabasi Zuxriddinov Hojiakbar Rustamxo’ja o’g’li
1-Mavzu bo’yicha nazorat uchun savollar va javoblar
1. Pul kelib chiqishining asosiy sabablari nimalardan iborat?

JAVOB:

Bir qarashda ayirboshlash bitimida har ikkala tovar ham bir xil rol o‘ynaydigandek ko‘rinadi. Aslida esa ularning roli turlichadir. Bir tovar o‘z qiymatini boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa birinchi tovaming qiymatini o‘zida ifodalab, ekvivalent rolini bajaradi, yani qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Xuddi mana shu yerda pulning dastlabki kurtagi paydo bo‘ladi.

Universal hisob-kitob ekvivalentiga bo‘lgan ehtiyoj eramízdan avvalgi VIII asrdayoq kafolatlangan vaznli va tarkibli standartlashtirilgan yombilar paydo bo'lishiga olib keldi. Birm uncha keyingi davrlardagi yombilarning ayrim turlari ularni bo‘laklarga bo‘lishda qulay boMishi uchun belgili kertiklar bilan yasalgan. Biroq bunday takom illashtirishlar baribir savdogarlarning hisob-kitoblarni am alga oshirishlarida yom bilar va ularning boMaklarini tortib ko‘rish zam ratidan xalos etm agan.

Tovar ishlab chiqarishning o‘sishi va tovar ayirboshlashning kengayishi, bunday jarayonlarga ko‘p sonli hunarmandlar va boshqa qatnashchilaming jalb etilishi metall pullaming keyingi standartlashtirilishiga va ular miqdorlarining chakana savdo ehtiyojlariga moslashtirilishiga olib keldi.



2. Metall pullar hukmronligining uzoq davri qachon boshlandi?

JAVOB:

Taxminan eramizdan oldingi XII asrda Xitoyda, VII asrda esa 0‘rta yer dengizi davlatlari — Lidiya va Eginada vazni, miqdori va qotishmalarining tarkibiga ko‘ra bir xildagi metall pullar paydo bo'ldi. Ular asta-sekin ishlab chiqarish va foydalanish uchun qulay bo‘lishi uchun doira shakliga keltirildi. Ular ananaviy yombilardan birmuncha kichik olchamlari bilan, shuningdek, ularning to‘lovga qobiliyatliligi va asosiy parametrlari (miqdori, qotishmalar tarkibi, vazni) u yoki bu darajada davlat tomonidan kafolatlanishi va muhofaza qilinishi bilan ajralib turardi. Shunday qilib, o‘sha davrdan etiboran metall pullar hukmronligining uzoq davri boshlandi,



3. Mamlakatlarning koʼpchiligi oltin yoki oltin tangali standartga qachon oʼtganlar?

JAVOB:

1816 yildan 1900 yilgacha mamlakatlarning koʼpchiligi oltin yoki oltin tangali standartga oʼtganlar: bu standartda mamlakatning asosiy pul birligi toʼlaqonli muomalada boʼladigan oltin tangada zarb qilingan. Uning nominali uning tarkibidagi oltin qiymatiga teng edi. Bu davrda banknotalarning oltin tangalarga hech qanday toʼsiqsiz ayirboshlanishi taʼminlangan. Kumush va mis tangalar esa mayda pul rolini oʼynardi. Bunda mayda pullarning metall qiymati ham, odatda, u yoki boshqa darajada oltin tangaga bogʼlanar edi. XX asr boshiga kelib tovar ishlab chiqarish katta miqyoslarga erishdi va tovar massasining oshib borayotgan hajmlariga xizmat koʼrsatish uchun tobora koʼproq miqdordagi pullar talab qilingan.


4. Oltinning denominallashuvi qanday oqibatlarga olib keldi?

JAVOB:

XX asrning 70-yillarida oltinning denominallashuvi yuz berib, buning natijasida oltin oldiniga mamlakatning ichki aylanishida muomala va toʼlov vositasi funktsiyalarini, soʼngra 1976 yildan boshlab jahon pullari funktsiyasini ham bajarmay qoʼydi. Ichki aylanishda va jahon bozorida ham qogʼoz va kredit pullari oltinni siqib chiqarib tashladi.


5. “Pul renessansi tushunchasini qanday izohlash mumkin?

JAVOB:

Urushdan keyingi «pul renessansi» tadqiqotlarni pul nazariyasining

abadiy, fundamental muammolariga qaratdi.

Gʼarb mamlakatlarida iqtisodiy nazariyaning II-jahon urushidan keyingi rivojlanishi pulning faoliyat koʼrsatish muammolariga qiziqishning tobora oʼsib borishi uchun xarakterlidir. Bu sohadagi tadqiqotlarning jonlanishi XX asrning 50-yillarida boshlangan boʼlib, «pul renessansi» yoki «pulni takroran kashf etish» deb nomlangan. U paytda gʼarb mamlakatlarining pul-kredit tizimi ikkinchi jahon urushini moliyalashtirish uchun pul emissiyasi va ssuda kapitali bozoridan keng foydalangan davlat byudjet organlari vasiyligidan chiqa boshladi. Markaziy banklar koʼproq mustaqillikka ega boʼldi va pulning xarid qobiliyatini mustahkamlash uchun shiddatli vositalardan foydalana boshladi. Biroq moliya-kredit tizimini toʼliq barqarorlashtirishning uddasidan chiqilmadi. Gʼarb mamlakatlarining



6. XX asrning ikkinchi yarmida pul nazariyasiga qiziqishning kuchayib ketishini nimalar bilan izohlash mumkin?

JAVOB:

Monetaristik doktrina bir qator bosqichlardan oʼtgan boʼlib, ularning har birida asosiy eʼtibor maʼlum bir muammolar doirasini ishlab chiqishga qaratildi. Xususan, XX asr 50-yillarining ikkinchi yarmi va 60-yillar boshida asosiy kuch-harakatlar pulga talab barqaror funktsiyasi shaklida ifodalangan pulning miqdoriy nazariyasi yangi variantini ishlab chiqishga qaratilgan edi. Bu funktsiya monetaristlarda pul massasi va nominal (pul) daromad oʼrtasida bogʼlovchi boʼgʼin vazifasini bajargan pul muomalasi barqaror va ishonchli bashorat qilinadigan tezligining analogi boʼldi. Keyingi yillarda pulga talab funktsiyalari boʼyicha koʼplab ekonometrik hisob-kitoblar qilindi. Ushbu doktrina tarafdorlari monetaristik tezisning adolatli ekanligini, koʼrsatilgan funktsiya turli tarixiy vaziyatlarda aniq koʼzga tashlanadigan xoʼjalik subʼektlari xulq-atvori barqaror qonunlarida aks etishini aniqlashga harakat qildilar. Monetaristlar ularning bozor iqtisodiyoti modeli ishonchliroq va konʼyunkturani bashorat qilish uchun eng yaxshi asos boʼlib xizat qiladi deb taʼkidladilar.



7. Bugungi kunda pul va pul siyosatining nazariy muammolari qanday oqimlar oʼrtasida kuchli bahs-munozaralar va raqobat maydoniga aylangan?

JAVOB:

Bugungi kunda pul va pul siyosatining nazariy muammolari gʼarb

iqtisodiy fikr namoyondalari oʼrtasida qizgʼin munozaralar va raqobat

maydoniga aylangan. Chunki xoʼjalik rivojlanish surʼatini ragʼbatlantirish

va iqtisodiy konʼyunkturani kundalik boshqarish vositasi sifatida pulni

tezkor qoʼllashni ifodalovchi keyns yondashuvi va pul sohasidagi avtomatik

bozor stabilizatorlari harakatini qiyinlashtiradigan iqtisodiyotdagi

ziddiyatlar va disproportsiyalarni qoralovchi monetarizm oʼrtasida chegara

yotadi.

8. Pul nazariyasining fundamental savollari nimalardan iborat?.

JAVOB:

Urushdan keyingi «pul renessansi» tadqiqotlarni pul nazariyasining

abadiy, fundamental muammolariga qaratdi, “keyns inqilobi” esa asosiy

eʼtiborni toʼlov layoqatiga ega boʼlgan talabni tartibga solish muammolariga

qaratdi va «yuqori nazariya» muammolarini chetda qoldirib ketdi. Ularning fikriga koʼra – pulning nimaligi emas, balki uning iqtisodiy faollik, ishlab chiqarish, mehnat va moddiy resurslar bandligiga taʼsiri muhim. Bunday yondashuv pul nazariyasining nazariy poydevoridagi jiddiy

kamchiliklar mavjudligi, koʼplab boshlangʼich tushunchalar va asoslarning real emasligiga eʼtibor qaratmadi.


9. Pul muammolari xaqidagi kontseptual yondashuvlarning mazmunini tushuntirib bering

JAVOB:

Metallistik pul nazariyasi pulni qimmatbaho metallar, oltin va kumush bilan izohlaydi va XVI-XVIII asrlarda kapital dastlabki jamgʼarilishi davrida rivojlangan, bu nazariya namoyandalari (Аngliyada-U. Stafford, T.Men, D.Nors; Frantsiyada-А.Monkretьen) tangalarning yemirilishiga qarshi chiqib, metallarning barqaror muomalada boʼlishini yoqlab chiqishdi. Ular pullarning mohiyatini asl metallarning ijtimoiy xususiyatlari emas, balki tabiiy xususiyatlari bilan bogʼlashgan, pullarga ijtimoiy, ishlab chiqarish munosabati sifatida qarashmagan, balki ularni buyum deb bilishgan. Shuning uchun ular pullarning toʼlaqonli tangalarni talab qiladigan funktsiyalarini, ayniqsa, jahon pullari va xazinalar funktsiyalarini mutloqlashtirishgan.



Pulning nominalistik nazariyasi metallistik nazariyadan farqli oʼlaroq, pulning metall bilan aloqasini uzib tashlaydi. Pul ichki qiymatdan mahrum boʼlgan shartli belgilar sifatida koʼrib chiqiladi. Pulning tovar tabiati inkor etiladi, uning vujudga kelishi esa odamlar oʼrtasida ayirboshlashni taʼminlash maqsadida yoki davlatning qonun hujjatlari asosidagi kelishuv natijasi sifatida koʼrib chiqiladi. Shu sababli pulning davlat nazariyasi nominalistik nazariyasining bir turi hisoblanadi.
10. Pulning tovar sifatidagi xususiyatlari nimalardan iborat?

JAVOB:

Pul – bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent boʼlib, abstrakt mehnat xarajatlarini oʼzida aks ettiradi va tovar xoʼjaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi.
Download 20.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling