Referati 2 Lidiya davlati


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana27.10.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1726919
TuriReferat
  1   2   3
Bog'liq
Lidiya davlati 2.2-topshiriq




Fargo’na Davlat Universiteti Tarix fakulteti 
Tarix yo’nalishi 23.71-guruh talabasi 
Davlatxo’jayeva Mohiraxonning jahon tarixi 
fanidan 2-taklif 2-topshiriq “Lidiya davlati” 
mavzusida tayyorlagan 
REFERATI 
 
 



Lidiya davlati 
Reja: 
I Kirish. 
II Asosiy qism: 1.Qadimgi Lidiya podsholigining joylashuvi va tabiati 
2.Lidiya podosholigining tshkil topishi va rivoji. 
3.Lidiyaning ijtimoiy tuzumi, xo’jaligi va madaniyati. 
4. Lidiyaning tarixini o’rganishning manbalari. 
III Xulosa. 
Kirish. Qadimgi Lidiya podsholigi jahon sivilizatsiyasida katta o’rin tutgan. Bu 
podsholikning tarixini o’rganish orqali uning jahonda tutgan o’rni, madaniyati, ijtimoiy 
tuzumi, xo’jaligi haqida ma’lumot olamiz. Hozirda Lidiyaning ahamiyati qanday 
ekanligiga guvih bo’lamiz. 
1. Qadimgi Lidiya podsholigining joylashuvi va tabiati. Qadimgi Lidiya Kichik 
Osiyoning g'arbiy qismida joylashgan quldorlik davlatlaridan biridir. Uning 
g'arbiy qismini Egey dengizining suvlari o'rab turadi.Lidiya yerlari Germ, Paktol
daryolaridan oqib kelgan unumdor loyqa bilan o’g’itlangan. Mamlakat hududi 
tog’lik va tekisliklardan iborat. Tog‘lar orasidan katta-kichik soylar oqib chiqib
ularning ba'zilarigina Egey dengiziga borib quyiladi. Mamlakat g'arbida iqlim 
mo'tadil, dengiz iqlimiga yaqin. Sharqiy qismida iqlirn kontinental - qishi sovuq, 
yozi issiq. Yog‘in-sochin ko‘proq kuz, qish va bahor oylarida yog'adi. Hayvonot 
va o‘simliklar olami u qadar boy emas. Uning tog’lik joylarida oltin, kumush, 
mis, temir va boshqa konlar bor. Aholining asosiy qismi lidiyalik va yunonlardan 
iborat. Bu mamlakatda qadim zamonlardan boshlab aholi yashab keladi. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling