Mineralogiya va minerallar haqida tushincha


Download 14.28 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi14.28 Kb.
#1125291
Bog'liq
Hujjat (12)


MINERALOGIYA VA MINERALLAR HAQIDA TUSHINCHA

Reja:


1. Umumiy ma’lumotlar.

2. Mineral va mineralogiya to‘g‘risida tushuncha.

3. Minerallarni sanoatdagi va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.

4. Minerallar va mineralogik tadqiqotlarning sanoatdagi ahamiyati


Tayanch iboralar: yer qobig‘i, litosfera, qazilma boyliklari, qora metallar, yoqilg‘i - energetika boyliklar, rudali foydali qazilmalar, kimyoviy xom ashyolar, bezak


Yer qobig‘ining ichida va uning sirtida bo‘lib turadigan xima-xil fizik-kimyoviy va termodinamik jarayonlar natijasida vujudga kelgan tabiiy kimyoviy birikmalar yoki sof tug‘ma elementlar minerallar deb yuritiladi.

Yerning ustki qattik qobig‘i litosfera deb ataladi. U turli tog‘ jinslaridan, kamroq ma’danlardan tuzilgan. Tog‘ jinslari va ma’danlar har xil minerallardan tashkil topgan. Bu atama qadimiy "mineral", ya’ni ma’danli tosh, ma’danning parchasi degan so‘zdan kelib chiqqan.

Minerallar Yer qobig‘ida sodir bo‘ladigan xilma-xil fizik-kimyoviy jarayonlarning tabiiy birikmalaridan iborat. Tabiatdagi minerallar, asosan qattiq holatda uchraydi, lekin simob, suv va neft kabi suyuq minerallar ham bor. Gazsimon minerallardan esa karbonat angidridi, vodorod sulfidi, sulfid angidrid gazi va boshqalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.

Hozirgi vaqtda taxminan 4000 dan ortiq minerallar va ularning turi turi aniqlangan. Tog‘ jinslarining hosil bo‘lishida, asosan faqat 50 taga yaqin mineral qatnashadi. Bunday minerallar jins hosil qiluvchi minerallar deb yuritiladi.

Jins hosil qiluvchi minerallarning paydo bo‘lish konuniyatlarini, tarkib va fizik xossalarini bilmasdan turib tog‘ jinslarini o‘rganish mumkin emas.

Minerallarning muhim fizik xossalarini aniqlashda kimyoviy, termik va boshqa tahlillar natijalaridan foydalaniladi. Ularga kuyidagilar kiradi:

1. Morfologik xossalari - kristalli shakllari, ularning tabiiy o‘simtalari, agregatlarining tuzilishi, konkretsiyalar, jeodalar, oolitlar.

2. Optik xossalari - mineral bo‘lagining rangi, izining rangi, tiniqligi, yaltiroqligi.

3. Mexanik xossalari - mineralning qattiqligi (Moos shkalasi), ulanish tekisligi, sinishi va murtligi.

4. Kimyoviy xossalari - xlorid kislota bilan uzaro reaksiyasi, erishi, mazasi va hidi.

5. Boshqa xossalari - solishtirma og‘irligi va magnitlik xususiyati.

Minerallarni sanoatdagi va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Ma’lumki, O‘zbekiston hududi turli geologik tuzilishiga va o‘ziga yarasha tarixga ega. SHuning uchun ham bu hudud turli foydali qazilmalarga boydir. O‘zbekiston hududida ko‘p yillar geologik tadqiqotlar olib borilishi natijasida turli qimmatbaho qazilma boyliklari borligi, ularning miqdoriy jihati va sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan bir qancha konlari aniqlandi. Bu xalq xo‘jaligini muhim tarmoqlarini, ayniqsa gaz, oltin chiqarish, energetika, kimyo, rangli metallurgiya, ruda bo‘lmagan xom ashyolar va qurilish materiallari sanoatlarini tez sur’atlar bilan rivojlantirish imkoniyatini berdi. Hozirgi davrga kelib aniqlangan qazilma boyliklar manbalari ishlab chiqarish korxonalarini uzoq muddat davomida oltin, mis, tabiiy gaz, neft, qurg‘oshin, rux, ko‘mir va boshqa maxsulotlar bilan ta’minlabgina qolmay, xattoki ishlab chiqarishni ancha kengaytirish imkonini ham beradi.

SHunday qilib, O‘zbekiston hududida foydali qazilmalarning bir qancha turlari borligi aniqlandi.

1. Yoqilg‘i - energetika boyliklar. Bu foydali qazilmalar guruhiga neft, gaz va ko‘mir kiradi.

Neft va gaz konlari Farg‘ona botig‘ida SHimoliy Sux, Janubiy Alamushik, Polvontosh, CHimyon, SHursu va boshqa joylarda topilgan. Bular yura, bur, paleogen va neogen davrlarida yotqizilgan cho‘kindi tog‘ jinslari qatlamlari orasida joylashgan. Paleogen davri yotqiziqlari ayniqsa foydali qazilmalarga boydir.



Neft SHerobod – Surxondaryo botig‘idagi paleogen oxaktoshlari qatlamlarida Xovdag, Uchqizil, Kakayti va boshqa joylarda olinmokda.

Neft va gaz konlari Xisor tizmasining janubi – g‘arbiy tarmoqlaridagi Odamtosh, Gumbuloq, Pachkam
Download 14.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling