Минг куеш шуласи
Download 14.86 Kb.
|
O'ktamova Dinora 210 a guruh
75 БИЛЕТ 1 Йирик, урта ва кичик эпик турлар хусусиятлари. 2 Образлар тизими. 3 "Минг куеш шуласи" (Thousand splendid suns by H Hosseini) романдаги образ ва персонажлар тизими. JAVOBLAR 1) Epik asarlarni janrga ajratish prinsiplari masalasida adabiyotshunoslikda turlichalik mavjud. Bunda bir qator xususiyatlarni e'tiborga olish zarur boladi. Avvalo, epik asarlardagi hayotni badiiy qamrov kolami turlicha bolishidan kеlib chiqiladi. Masalan, epik asar qahramon hayotidan birgina epizodni (hikoya), butun bir etapni (qissa) yoxud qahramon hayotining katta bir davrini (roman) qalamga oladi. Shunga kora, adabiyotshunoslikda katta, o`rta va kichik epik janrlar ajratiladi. 2) Obrazlar tizimi vositasida adib ozining badiiy fikri(tugal bir qarash, tizim holidagi xulosa — konsеpsiya)ni shakllantiradi va ayni shu obrazlar orqali ozi anglagan haqiqatni badiiy fikr tarzida ifoda etadi. , asarlarda yaratilgan obrazlarda adibning hissiy munosabati ham oz aksini topadi. Ijodkorning hissiy munosabati badiiy konsеpsiyani shakllantirishda, asar mazmunining oquvchiga yеtkazilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Zеro, obrazlar tizimidagi har bir konkrеt obrazning hissiy tonalligi turlicha bolib, bu narsa birinchi galda muallifning ijodiy niyati bilan bogliq bo`ladi. 3) Holid Husayning barcha asarlari o’quvchilar tomonidan samimiy qabul qilingan va bu asari ham qalblarimizga kirib brogan. Asarda taqdir zarbalariga bardosh bergan, lekin yelkasiga quyosh tegmagan qiz taqdiri ko’rsatiladi. Asar haqda bitta fikr aytmoqchiman: Bir vaqtda, bir makonda, faqat parallel sodir bo'lgan voqealar. Bundanam oldin erkaklar ayoliga qo'l ko'targani, o'lasi qilib kaltaklagani Bundanam ham oldin onalar bolalarini tashlab ketganlariyu ortga qaytmaganlari Bundan ilgari ham onalar farzandi uchun jonini qurbon qilgani, hayoti evaziga bo'lsada bolasining bir kungina bo'lsada o'zidan ko'proq yashaganini istagani Bundan oldinlari ham samimiy, minnatsiz do'stlik bo'lgani barobarida, inson o'zini, o'zligini sotgani Bundan ilgarilari ham xuddi bizning zamondek odamlar qilgan jinoyatini saxovat deb xaspo'shlagani, bir bechoraga uy qurib berishi qatorida o'n bechorani qon qaqshatgani O'sha vaqtlarida ham insonlar bir lahzaga ta'sirlanganlari, insoniylik nimaligini tushunmoqqa ulgurmay yana maishiy muammolar girdobida o'zini oqlab yashagani Hamisha, hamma joyda urushning yomonligi, faqat uni uyushtirganlargagina foyda keltirgani Rost aytilgan, achitib aytilgan, yig'lab- yig'lab aytganiyu shu jarayonda sizni ham yig'latgan roman. Yo'q, asar emas u, o'qiganingizda ongingizda jonlanadigan kinofilm u. Juldur kiyimli, och nahor bolakaylarning achchiq iztiroblariyu, umr bo'yi Vatanini sog'inib yashagan xasta dillarning ertagi, afsona emas, haqiqatlar so'zlangan ertagi bu. Uni o'qimaslik mumkin emas. O'qiganda ham shunchaki, hissiz, ta'sirsiz o'qish mumkin bo'lmagan kitob bu. Bu sizning qo'lingizdan tutib jafokash Afg'onistonning har bir ko'chasini aylantiradigan, urush asorati sabab uyidan, jigaridan ajralgan begunoh ma'sumlarning hayotini aytib beradigan asar bu. Download 14.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling