Minnadorchilik xati


Download 1.75 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1574246
Bog'liq
Omonova


Farg‘ona viloyati Toshloq tumani MMTB 25-sonli maktab bitiruvchisi Omonova Mavludaxonning
Muhtaram ota-onalariga
MINNADORCHILIK XATI

Mazkur minnatdorchilik maktubini maktab jamoasi, xususan ustozlari nomidan qabul qilgaysiz


Sizning farzadingiz maktabni a’lo baxolar bilan o‘qib, imtyozli shahodatnoma bilan bitirganligi tahsinga loyiq. Odobli, bilimdon va aqilli, mexnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning balki butun jamiyatning, Yangi O‘zbekistonimizning boyligidir.
Umid cho‘qqisiga intilish va unga sazovor bo‘lish bilim olishning mashaqqatli so‘qmoqlaridan odimlashni, tinimsiz mashq va izlanishni talab etadi. Faqat fidokorona mehnat, qunt va iroda, e’tiqot va intilish belgilangan marraga yetishish, yuksak malakali mutaxassis bo‘lib shakillanish garovidir.
Bugun shuni mamnuniyat bilan e’tirof etamizki, farzandingiz bilim olishda yuqori ko‘rsatgichlarga erishib, ustozlarning o‘gitlariga qat’iy amal qilib keldi, na’munali xulqi va jamoat ishlaridagi faolligi bilan tengdoshlariga ibrat bo‘ldi. Teran bilimli, ma’naviy yetuk va jismoniy sog‘lom mutaxassis tarbiyalab yetishtirish- maktab jamoasi zimmasidagi ma’suliyatli burch. Vataniga sodiq, ota-onasiga mehribon, solih va soliha farzand esa xar bir ota-onaning yagona umididir. Mana shunday odobli, intizomli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, kelgusi xayotida yuksak cho‘qqilarga erishishni maqsad qilib qo‘ygan farzandni tarbiyalagan siz azizlarga samimiy minnatdorchiligimizni izhor etamiz.


Toshloq tumani MMTB boshlig‘i : A.B.Soliev.
24.05.2023 yil.
Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling