Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali sirtqi bo’limi “Amaliy psixologiya ” yo‘nalishi 931-20-guruh talabasi Shahnoza Quvanova “ Oilaviy tizimning asosiy parametrlari


Download 15.53 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi15.53 Kb.
#1428950
Bog'liq
Quvanova taqriz


Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali sirtqi bo’limi “Amaliy psixologiya ” yo‘nalishi 931-20-guruh talabasi
Shahnoza Quvanova “ Oilaviy tizimning asosiy parametrlari (Oilaviy tizimning ichki va tashqi chegaralari, egiluvchanlik, bosqichma-bosqichlilik, uyushqoqlik)” mavzusida yozgan kurs ishiga
TAQRIZ
Tarix va ijtimoiy hayot tamoyillari shuni ko‘rsatmoqdaki, jamiyatning har tomonlama rivojlanishi va unda yuksak darajadagi hayot, turmush tarzining qaror toptirilishi, avvalo, har bir shaxsning o‘ziga xos psixologik bilim va salohiyatining ne chog‘lik to‘la-to‘kis namoyon etayotganligi bilan belgilanadi. Shu boisdan bo‘lsa kerak, hozirgi kunda barcha rivojlangan va rivojlanish yo‘lidan borayotgan mamlakatlar birinchi galda o‘z fuqarolarining ma’naviy, intellektual, jismoniy va ruhiy barkamolligiga va bundan ijtimoiy manfaatlar uchun samarali foydalanish yo‘llarini izlashga jiddiy e’tibor qaratmoqdalar. Shu nuqtai nazardan, har bir mamlakatda inson va uning ijtimoiy munosabatlari o‘rtasida uyg‘unlikni ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy- psixologik xizmat tizimining joriy etilishi alohida ahamiyat kasb etadi.
Talaba Shahnoza Quvanova “ Oilaviy tizimning asosiy parametrlari (Oilaviy tizimning ichki va tashqi chegaralari, egiluvchanlik, bosqichma-bosqichlilik, uyushqoqlik)” mavzusida yozgan kurs ishi II bob, 6 paragraf, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Kurs ishining kirish qismida mavzuning bugungi kundagi dolzarbligi, predmeti, maqsadi, vazifalari va tuzilishi imkon darajasida yoritib berilgan.
Kurs ishining birinchi bobida oilaviy tizimning asosiy parametrlari (oilaviy tizimning ichki va tashqi chegaralari, egiluvchanlik, bosqichma-bosqichlilik, uyushqoqlik) haqida umumiy ma’lumot berilgan.
Kurs ishining ikkinchi bobida tizimli oilaviy disfunksiya tipining klassifikatsiyasi haqida batafsil bayon etilgan. Kurs ishining xulosa qismida har ikkala bobdan kelib chiqib umumiy xulosa berilgan.
Talaba Quvanova Shahnozaning kurs ishi yuzasidan tanlangan mavzu nazariy jihatdan aniq yoritib berilgan. Kurs ishida ayrim juz’iy kamchiliklar mavjud. Kamchiliklar kurs ishining mazmuniga ta’sir qilmaganligi uchun ishni himoyaga tavsiya etaman.


Taqrizchi: A.Sharofiddinov
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali sirtqi bo’limi “Amaliy psixologiya ” yo‘nalishi 931-20-guruh talabasi
Shahnoza Quvanova “ Oilaviy tizimning asosiy parametrlari (Oilaviy tizimning ichki va tashqi chegaralari, egiluvchanlik, bosqichma-bosqichlilik, uyushqoqlik)” mavzusida yozgan kurs ishiga ilmiy rahbar
Xulosasi
Oila- ijtimoiy hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini, tarbiyaning uzluksizligini taʼminlaydigan, kelajak avlod, qadriyatlar tizimiga oʼz taʼsirini koʼrsatadigan ijtimoiy makon. Oila erkak va ayol o‘rtasidagi rasmiy nikohga asoslangan, ota-ona va farzandlar ortasidagi munosabatlardan tashkil topgan, jamiyatning axloqiy meʼyorlari va qoidalari qoʼllab-quvvatlanadigan, insoniyat madaniyatini kelajak avlodga yetkazib beradigan va uni rivojlantiradigan birlamchi ijtimoiy guruhdir. Oila qancha mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham shuncha barqaror bo‘ladi.
Talaba Shahnoza Quvanova “ Oilaviy tizimning asosiy parametrlari (Oilaviy tizimning ichki va tashqi chegaralari, egiluvchanlik, bosqichma-bosqichlilik, uyushqoqlik)” mavzusida yozgan kurs ishi II bob, 6 paragraf, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Kurs ishining kirish qismida mavzuning bugungi kundagi dolzarbligi, predmeti, maqsadi, vazifalari va tuzilishi imkon darajasida yoritib berilgan.
Kurs ishining birinchi bobida oilaviy tizimning asosiy parametrlari (oilaviy tizimning ichki va tashqi chegaralari, egiluvchanlik, bosqichma-bosqichlilik, uyushqoqlik) haqida umumiy ma’lumot berilgan.
Kurs ishining ikkinchi bobida tizimli oilaviy disfunksiya tipining klassifikatsiyasi haqida batafsil bayon etilgan. Kurs ishining xulosa qismida har ikkala bobdan kelib chiqib umumiy xulosa berilgan.
Talaba Shahnoza Quvanovaning kurs ishi yuzasidan tanlangan mavzu nazariy jihatdan aniq yoritib berilgan. Kurs ishida ayrim juz’iy kamchiliklar mavjud. Kamchiliklar kurs ishining mazmuniga ta’sir qilmaganligi uchun ishni himoyaga tavsiya etaman.
Ilmiy rahbar: N.Samatova
Download 15.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling