Moddalar shimishi


Download 23.98 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi23.98 Kb.
#1522392
  1   2
Bog'liq
DARAXNING ILDIZ TIZIMINI O’RGANISH USULLARI


dARAXNING ILDIZ TIZIMINI O’RGANISH USULLARI
1.Moddalar shimishi
2. Ildizning nafas olishi
3. O`g`itlar
 


MODDALAR SHIMISHI

O`simliklar ildizining muhim vazifasi yerdan suv va unda erigan oziq moddalarni shimib olib, yer usti qismiga uza-tishdan iborat.
Endi suv va unda erigan oziq moddalarni ildizdan barg-gacha ko`tarilishi bilan tanishamiz. Tuproqdagi suv va unda erigan oziq moddalar dastlab ildiz tukchalariga, so`ngra ular bilan yonma-yon joylashgan po`stloq hujayralariga o`tadi. Hujayradan-hujayraga so`rilgan suv va unda erigan oziq moddalar ildizning o`tkazuvchi zonasiga yetib boradi va u yerdan o`simlikning yer usti qismigako`tariladi.
Boshqa tirik organizmlar kabi, O`simliklar ham suv bi¬lan tirik. Ularda boradigan ko`pgina biologik jarayonlar suv tufayli amalga oshadi. Eng muhimi suvda O`simliklar uchun zarur bo`lgan oziq moddalar eriydi. Suv orqali ular hu-jayra, to`qimalarga va boshqa organlarga o`tadi. Suv yetarli bo`lganda O`simliklar hujayrasi tarang holatda bo`ladi. Aks holda, O`simliklar so`lib qoladi. So`ligan o`simliklarga suv quyilganda, ular qanday qilib tiklanishi sizga ma`lum.
Tuproqdagi suv ildiz tukchalariga, ulardan es po`stloq hujayralariga qanday o`tadi? Bu savolga juda ko`p misollar bilan javob berish mumkin. Kuzatgan bo`lsangiz, ayniqsa bahorda o`simliklarning poyasi yoki shoxi kesilsa, ulardan suv tomchilari sizib chiqadi. Siz buni shira harakati boshlan-gan vaqtda kesilgan tok, terak, tol novdalarida ko`p ko`r-gansiz. Yoki yantoq ildiz bo`gzidan kesib tashlansa, undan suv tomchilari yumalab tushishining guvohi bo`lasiz. Bu suyuqlik o`z-o`zidan chiqmay, balki ildiz bosimi kuchi ta`sirida harakatga keladi. Ildiz bosimining kuchi dastlab tup-roq bilan tukchalar orasida hosil bo`ladi. Bu kuch suvni va unda erigan oziq moddalarni bir hujayradan ikkinchisiga o`tishda pastdan yuqoriga ko`tarilishga majbur etadi. Ildiz bosimining kuchi ob-havoga va haroratga ham bogliq bo`ladi. Tuproqda va havoda issiqlik yetarli bo`lsa, u holda ildiz tuk-chalari tuproqdagi suvni yaxshi shimadi va bosim kuchi ostida hujayralarga yetkazib beradi. Sovuq vaqtda ildiz tukchalari suvni yaxshi shimmaydi. Qish kirishi bilan ko`p yillik o`sim¬liklarning ildiz tukchalari o`z faoliyatini to`xtatadi. Bahor kelib, kunlar isishi bilan ildiz tukchalari yana faollashadi.
Yoz oylarida O`zbekiston sharoitida yogingarchilik deyar-li bo`lmay, harorat ko`tarilib, o`simliklarning suvga ehtiyoji ortadi. Shuning uchun deyarli hamma madaniy o`simliklar sugorib o`stiriladi.
Shunday qilib, o`simliklar ildizining bosim kuchi ta`sirida ildiz tukchalari orqali yerdan suv va unda erigan moddalar¬ni o`ziga shimib oladi.
ILDIZNING NAFAS OLISHI
O`simliklarning boshqa organlari singari, ildizi harn nafas oladi. Tuproqdagi havo ildizning yupqa po`stlogi orqali Lining ichkarisidagi barcha tirik hujayralarga kirib boradi. Har qaysi tirik hujayra atrofidagi havodan kislorodni olib, o`zidan karbonat angidrid ajratib turadi. Yosh ildiz hujayralari havo¬dan kislorod oladi. O`simlildar ildizi yetarli darajada havo olishi uchun urug yumshoq yerga ekiladi. Hosil yetilguncha yer bir necha marta yumshatiladi. Go`zani, sabzavot va poliz ekinlarini chopiq qilishning bcfisi ham shunda.
Qatqaloqda va tuproqda havo kam bo`ladi. Shuning uchun barcha daraxt va butalarning tagini vaqt-vaqti bilan yumshatib turish tavsiya etiladi. Bahorgi yomgirlardan va yer sugo-rilgandan keyin tuproq zichlashib, ildizning nafas olishi qi-yinlashadi va uchki qismi chirib ketadi. Natijada tuproqda havo kamayib ketib, o`simliklarga salbiy ta`sir etadi. Havo yetishmasligi tufayli o`simliklar kasallanadi va hosili kama¬yib ketadi. Shuning uchun tuproqning unumdorligini os-hirishda sugorish qoidalariga rioya qilish zarur.
O`G`ITLAR
O`simliklar yaxshi o`sishi, mo`l hosil berishi va uzoq yil yashashi uchun yerga o`git solish kerak. O`git tarkibida turli mineral tuzlar, mikroelementlar va boshqalar bo`lgani uchun ham o`simliklar tarkibida xilma-xil mineral tuzlar uchraydi. Lekin ular o`simliklarning turiga qarab bir-biridan bir oz farq qiladi. O`simliklar tuproqdan o`zi uchun kerakli tuzlarni oladi. Agar kerakli mineral tuzlar yetishmasa, ul-arda ichki va tashqi o`zgarishlar sodir bo`lishi yoki qurib qolishi mumkin.
O`simliklarning mineral tuzlarga bo`lgan ehtiyojini aniq-lashga doir ko`pgina ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Natijada ularda qaysi tuz yetishmasa, qanday o`zgarishlar sodir bo`lishi aniqlangan. Bu sohada rus olimi Dmitriy Nikolayev-ich Pryanishnikov (1865—1948) juda katta ishlar olib bor-gan. U hayotining asosiy qismini o`simliklarning oziqlanishi-ni o`rganishga bagishlagan.
O`gitlar asosan ikki guruhga bo`linadi. Birinchisi, ham-mamizga ma`lum bo`lgan organik o`git, ya`ni go`ng. U tup-roqda chirib, uning holatini yaxshilaydi va hosildorligini oshi-radi, o`simliklar uchun zarur bo`lgan moddalar hosil qila-di. Ikkinchisi mineral o`gitlar. Bu o`gitlar kimyo zavodlari-da maxsus tayyorlanadi. O`zbekistonda Navoiy, Chirchiqda va boshqa joylarda mineral o`gitlar ishlab chiqaradigan zavod-lar bor. Mineral o`gitlar har xil bo`ladi. Ularning eng aso-siysi azotli (selitra), fosforli va kaliyli o`gitlardir. Ular o`sim-liklarga har xil ta`sir qiladi. Masalan, azotli o`gitlar o`sim¬liklarning o`sish`ini tezlashtirsa, fosforli va kaliyli o`gitlar mo`l hosil to`planishiga va uning tez pishib yetilishiga yordam beradi. O`simliklarning talabiga qarab, azotli o`git yetishmasa selitra va kaliyli o`git yetishmasa kaliy xlorid solinadi. Qis-qacha aytganda o`gitlar mo`l hosil garovidir. Lekin o`git so-lishda uning me`yoriga qat`iy rioya qilish zarur. Agar tupro-qqa mineral o`gitlarme`yoridan ortiqcha solinsa, uning ekologik holati yomonlashadi. Chunonchi, me`yoridan or¬tiqcha solingan o`git tuproqdagi tirik mavjudotlarga salbiy ta`sir ko`rsatadi va uning tarkibini buzadi. Eng muhimi, ko`p miqdorda mineral o`git solingan yerda yetishtirilgan hosil (qovun, tarvuz, kartoshka va boshqalar) tez buziladi, uni iste`mol qilgan odam zaharlanishi mumkin.
Demak, me`yorida ishlatilgan o`gitlar tuproqning hola¬tini yaxshilaydi va o`simliklarning hosildorligini oshiradi.

Download 23.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling