Moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida


Download 79.5 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2023
Hajmi79.5 Kb.
#1635196
  1   2   3
Bog'liq
Turkmaniston Olimpiada Matematika (2)


Moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida

Turkmaniston ta’lim vazirligining 2023-yil 19-yanvardagi 1/77-son xati va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 16-fevraldagi 2/24-4/7-109-son xatini ijrosi taminlash maqsadida universitet rektori tomonidan fakultetda iqtidorli talabalarga mutaxassislik va xorijiy til fanlardan alohida chuqurlashtirilgan dastur asosida o‘qitish tashkil qilinganligi bois, 23-28-aprel kunlari Turkmaniston Respublikasi Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universitetida Oliy ta’lim talabalari uchun xalqaro ochiq matematika olimpiadasi(OMOUS-2023)da faol qatnashgan talabalarni moddiy ragʻbatlantirish hamda Termiz davlat universiteti talabalarni ragʻbatlantirish Kengashining 2023-yil 17-maydagi 9-sonli yig’ilish bayonnomasi asosida iqtidorli talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida


B U Y U R A M A N:



  1. Turkmaniston Respublikasi Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universitetida bo’lib o‘tgan Oliy ta’lim talabalari uchun xalqaro ochiq matematika olimpiadasida faol qatnashgan talabalar ilovaga muvofiq ragʻbatlantirilsin.

  2. Universitet bosh hisobchisi B.Aminovga talabalarning stipendiya olish manbasidagi “Talabalarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi” mablagʻlari hisobidan (1 (bir) oylik stipendiya miqdorida) belgilangan miqdordagi pul mablagʻlarini ilovada keltirib oʻtilgan talabalarning plastik kartochkasiga oʻtkazib berilishini taʼminlasin.

  3. Ushbu buyruqning ijrosini nazorat qilish Moliya-iqtisod ishlari bo’yicha prorektor O.Abdug‘aniyev zimmasiga yuklatilsin.

Asos: Termiz davlat universiteti talabalarni ragʻbatlantirish Kengashining 2023-yil 17-maydagi
9-sonli bayonnomasi va Fizika-matematika fakultet dekani N.Ibragimovning bildirish xati.



Rektor A.Maraximov




Download 79.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling