Mohlaroyim nodira (1792 – 1842)


Download 403.57 Kb.
Sana28.10.2023
Hajmi403.57 Kb.
#1730458
Bog'liq
5. Nodira. G`azallar

Mohlaroyim NODIRA

(1792 – 1842)

Nodira 1792-yili Andijonda tavallud topgan. Andijon hokimi Rahmonqul otaliqning qizi.

  • Nodira 1792-yili Andijonda tavallud topgan. Andijon hokimi Rahmonqul otaliqning qizi.
  • Nodiraning onasi - Oyshabegim qizining komila shaxs bo‘lib yetishuviga ko‘p hissa qo‘shdi.

Bo‘lg‘usi shoira zamona xoni oilasiga yaqin qarindosh bo‘lgan xonadonda voyaga yetdi. Rahmonqul otaliq Qo‘qon xoni Olimxonning tog‘asi edi. Shuning uchun 1807-yili Olimxon ukasi Umarxonni tog‘asining qizi Mohlaroyimga uylantirdi. Umarxon Marg‘ilon begi lavozimiga tayinlanganidan keyin oilasini shu shaharga olib ketdi.

  • Bo‘lg‘usi shoira zamona xoni oilasiga yaqin qarindosh bo‘lgan xonadonda voyaga yetdi. Rahmonqul otaliq Qo‘qon xoni Olimxonning tog‘asi edi. Shuning uchun 1807-yili Olimxon ukasi Umarxonni tog‘asining qizi Mohlaroyimga uylantirdi. Umarxon Marg‘ilon begi lavozimiga tayinlanganidan keyin oilasini shu shaharga olib ketdi.
  • Ular Qo'qonda o'n ikki yil birgalikda baxtiyor hayot kechiradilar. Muhammad Alixon va Sulton Mahmud ismli farzandlar ko'radilar.

Shoiraning “Nodira”, “Komila”, “Maknuna” (yashirin) taxalluslari bilan o'zbek va tojik tillarida ijod etgani va asarlarining umumiy miqdori o'n ming misra atrofida ekani aniqlandi.

  • Shoiraning “Nodira”, “Komila”, “Maknuna” (yashirin) taxalluslari bilan o'zbek va tojik tillarida ijod etgani va asarlarining umumiy miqdori o'n ming misra atrofida ekani aniqlandi.
  • Nihoyat, u haqda adabiyotshunos M. Qodirovaning maxsus monografiyasi maydonga keldi.

1842-yili Buxoro amiri Nasrulloxon lashkar tortib kelib, Qo‘qonni bosib oldi. Uning buyrug‘i bilan Nodira, o‘g‘illari Muhammadalixon, Sulton Mahmudxon va nevaralari ham vahshiyona qatl etildi.

  • 1842-yili Buxoro amiri Nasrulloxon lashkar tortib kelib, Qo‘qonni bosib oldi. Uning buyrug‘i bilan Nodira, o‘g‘illari Muhammadalixon, Sulton Mahmudxon va nevaralari ham vahshiyona qatl etildi.

Nodiradan xalqimizga 2 devon qoldi. Nisbatan to‘la deb hisoblanadigan turkiy devonida 189 g‘azal mavjud. Ulardan ayrimlari tojikcha. Forsiy she’rlari «Devoni Maknuna»da jamlangan.

Nodiradan xalqimizga 2 devon qoldi. Nisbatan to‘la deb hisoblanadigan turkiy devonida 189 g‘azal mavjud. Ulardan ayrimlari tojikcha. Forsiy she’rlari «Devoni Maknuna»da jamlangan.

NODIRA LIRIKASI

“Eshit” radifli g`azali

Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit,

Sen shah-u, men benavo, lutf ayla, faryodim eshit.

Barcha yor-u oshnodin aylading begonalig',

Necha kunlar bo'ldi hargiz qilmading yodim eshit...

*

Nodiraning „Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit" misrasi bilan boshlanadigan ushbu g'azali, chamasi Amir Umarxonning tiriklik chog'ida yaratilganga o'xshaydi. Unda kuyunchak dil izhori o'z ifodasini topgan, yonginasida turgan yorining vaslidan bebahralik qiynoqqa solgan ayol fig'oni mahorat bilan aks etgan

“Qilmag'iI, zinhor izhor ehtiyoj” g`azali

Qilmag'il, zinhor izhor ehtiyoj,

Kim, aziz elni qilur xor ehtiyoj.

Hech kirn olamda forug'bol emas,

Har kima o'z miqdoricha bor ehtiyoj…

*

Nodiraning ushbu „Qilmag'il, zinhor izhor ehtiyoj" so'zlari bilan boshlanadigan g'azali Umarxonning vafotidan so'ng yozilganga o'xshaydi. She'rdagi ayrim ishoralar, shoiraning o'z mahzun holatini, muhtojligini bildirmaslikka chaqirishi shunday deyishga asos berganday bo’ladi.

Chindan ham olamdagi odamki bor ehtiyojmand, ya'ni nimagadir muhtoj. Birov baxtga, birov davlatga, birov e'tiborga, boshqasi muhabbatga, kimlardir Alloh visoliga, o'zgasi nafsga ehtiyojmand. Muhtojlik shunday kuchki, undan forig' bo'lgan odam yo'q.

“Kel, dahrni imtihon etib ket” g`azali

Nodiraning „Kel, dahrni imtihon etib ket" misrasi bilan boshlanadigan g'azali favqulodda teran fikrlarga boyligi, ifodaning kutilmagan tarzda yorqinligi bilan kishini o'ziga tortadi. She'rning lirik qahramoni dunyoni imtihon etishga, „Sayri chamani jahon etib kef'ishga chorlanadi. U — ko'ngil kishisi, ishq ahlidan. Shu bois ham o'zgalarning g'amiga befarq bo`lolmaydi:

Bedardlarning jafolaridin

Faryod etib, fig'on etib ket.

Faryod-u fig'on shu qadar adoqsizki, qahramonning ko'ngli emas, ko'zi ham o'zgalarga saboq berish darajasiga yetgan. Shu bois hatto ko'z yosh hayrat sabog'ini uning ko'zidan „ravon qilish"i, ya'ni olishi mumkin:

Ey ashk, ko'zimning maktabidin

Hayrat sabaqin ravon etib ket.

Bilimingizni sinang!

1. Nodiraning komil shaxs bo’lib yetishuviga kim ko’p hissa qo’shgan?

2. Nodira forsiy asarlarini qaysi taxallus bilan yozgan?

3. Nodiraning qaysi asari o’zbek so’z san’atining ajoyib namunasi hisoblanadi?

4. Nodiraning turmush o’rtog’i kim va qanday taxallus bilan ijod qilgan?

5. Nodiraning qaysi devoni nisbatan to’la va nechta g’azal mavjud?

  • Nodira kimning g’azaliga nazira yozgan?
  • 7. Nodiraning qanday chistonlari bor?

Download 403.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling