Moliyaviy menjmentning uslubiy asoslari
Download 103 Kb.
|
moliyaviy menejment
- Bu sahifa navigatsiya:
- Subyektlarda moliyaviy menejmentni tashkil etishning mohiyati va xususiyatlari
Moliyaviy menjmentning uslubiy asoslari Reja: Subyektlarda moliyaviy menjmentni tashkil etishning mohiyati va xususiyatlari(86811) Moliyaviy menjmentning mohiyati, maqsadi va vazifalari. Subyektlar moliyaviy menejmentining mexanizmi va strategiyasi Subyektlarning moliyaviy faoliyati tizimi va uni boshqarishning zarurligi. 5. Rivojlanish sharoitida subyektlarning moliyaviy strategiyasini tanlash va boshqarish Subyektlarda moliyaviy menejmentni tashkil etishning mohiyati va xususiyatlari Har qanday subyektni, u yirik sanoat korxonasi yoki kichik korxona bo‘lsin, boshqarish kerak. Subyektlarni boshqarish san’ati «menejment», boshqaruv xodimlari esa «menejer» deb ataladi. «Menejment» so‘zi subyektni samarali boshqarish tizimini anglatadi. Bunda mulk va sarmoya egalari biznesni o‘zlari boshqarishlari shart emas, balki buning uchun maxsus tanlab olingan hamda kerakli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassis-menejerlarni jalb qilish ham mumkin. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda yollanib ishlovchi mohir menejerlarga tadbirkorlikdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad – yuqori foyda olish ishonib topshirilmoqda. Menejer kasbi esa eng yuqori haq to‘lanadigan kasblardan biri bo‘lib bormoqda. Subyektni boshqarish keng qamrovli faoliyat bo‘lib, uning tarkibiga quyidagi vazifalarni kiritish mumkin: qisqa va uzoq muddatli davr uchun subyektning maqsadlarini aniqlash va faoliyat yo‘nalishlarini samarali rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish; subyektning ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy faoliyatini rejalashtirish; ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish va texnologik jarayonning kundalik izdan chiqishlarini bartaraf etish; moddiy-texnik ta’minotini tashkil etish va boshqarish; marketing faoliyatini tashkil etish va boshqarish; moliyaviy boshqaruv; mehnatni tashkil etish, xodimlarni tanlash, majburiyatlarni taqsimlash va boshqarish; tavakkalchilik (risk) elementlarini boshqarish; axborotlarni yig‘ish va tahlil etish tizimini yaratish; Subyekt faoliyatining samaradorligini oshirish; boshqaruv qarorlarini bajarilishining ishonchli va samarali nazorati tizimini yaratish va boshqalar. Subyektdagi boshqaruv vazifalarini bajarishga tashqi va ichki omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ichki omillarga subyekt faoliyatining ko‘lami, resurslarni taqsimlash, texnologik qurollanish darajasi, mehnatni tashkil etish usullari, ishlab chiqarish xarajatlari va baho siyosati kabi dastaklar kiradi. Bu omillarni ma’lum darajada oldindan rejalashtirish va nazorat qilish mumkin, lekin ulardan samarali foydalanish darajasi boshqaruv qarorlarining natijasi bilan o‘lchanadi. Subyekt ko‘lamining uni boshqarishga ta’siri bunga yorqin misol bo‘ladi. Yirik aksiyadorlar jamiyatini boshqarish bilan kichik subyekt yoki chakana savdo do‘konini boshqarish o‘rtasida katta farq mavjud. Subyekt qancha yirik bo‘lsa, uni boshqarish ham shunchalik murakkablashib boradi. Tashqi omillar subyektdan tashqaridagi muhit ta’sirida vujudga keladi. Ular qatoriga bozor konyukturasi va raqobat muhiti, mol yetkazib beruvchi va iste’molchilarning hatti-harakatlari, tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlar, siyosiy va ijtimoiy omillar, huquqiy-me’yoriy negiz va davlat boshqaruvi kabi omillar kiradi. Boshqaruvga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar subyektning ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va boshqa faoliyatining natijalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi sababli, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda har bir omilni hisobga olish zarur. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan boshqaruvning yangicha shakli vujudga kelmoqda. Rejaga ishlashning o‘rniga foydaga va iste’molchilarning talabiga ishlash muhim bo‘lib bormoqda. Subyektni boshqarish ma’lum bir tamoyillarga asoslanib amalga oshiriladi: Mehnat taqsimoti tamoyili mehnatni tashkil etish va boshqarishda vazifalar va majburiyatlarni mas’ul xodimlarning o‘rtasida oqilona taqsimlash jarayonini anglatadi. Vakolatlilik va majburiyat. Vakolat boshqaruv qarorlarini qabul qilishga imkon bersa, majburiyat uning natijalari uchun javobgarlik tamoyilini belgilab beradi. Intizom subyektning xodimlari va ishchilarning belgilangan mehnat tartibi va qoidalarga so‘zsiz rioya etishini va hurmat bilan yondoshishini talab etadi. Boshqaruvda yakkaboshchilik va kollegiallik. Yakkaboshchilik tamoyili subyekt xodimlarining yagona rahbarning buyruqlariga qat’iy bo‘ysunushini talab qiladi. Bu tamoyilni amalga oshirishning asosiy sharti har bir ijrochining xuquqlari, burchi va majburiyatlarini qat’iy belgilab qo‘yishdir. Yakkaboshchilikni kollegiallik, ya’ni qabul qilinadigan qarorlarda mutaxassislar va xodimlarning keng ishtirokini ta’minlash qo‘shib olib borish mumkin. Demokratiya va oshkoralik har bir xodimning tashabbuskorligiga, o‘z qobiliyatlarini namoyon qilishiga va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda faol qatnashishiga imkoniyat yaratadi. Maqsadning yagonaligi tamoyili subyektdagi barcha boshqaruv xodimlari, mutaxassislar va ishchilarning yagona maqsad va vazifalar yo‘lida birlashishining zaruriyatini yuzaga keltiradi. Shaxsiy manfaatlar bilan subyektning manfaatlarini qo‘shib olib borish. Subyektning har bir xodimi o‘z shaxsiy manfaati yo‘lida qattiq mehnat qilish bilan birga, o‘z manfaatlarini subyektning manfaatlaridan ustun qo‘ymasligi lozim. Shu bilan birga menejerlarning subyekt manfaatlarini ko‘zlab qabul qilgan qarorlari xodimlar va ishchilarning manfaatlariga zid bo‘lmasligi lozim. Rag‘batlantirish tamoyili asosida subyekt xodimlarining mehnati natijalarini munosib taqdirlash orqali mehnat unumdorligi va ishlab chiqarishning samaradorligini yuksaltirish yotadi. Rejalilik. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni rejali boshqarish iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashning muhim shartidir. Bu tamoyil ishlab chiqarishni rivojlanishining qisqa va uzoq muddatlarga mo‘ljallangan yo‘nalishlari, sur’atlari va nisbatlarini belgilashni ifodalaydi. Shaxsiy tashabbuskorlik. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorning, shaxsiy manfaati uchun tashabbuskorlik bilan harakat qiluvchi, omilkor shaxslarni rag‘batlantiradi. Javobgarlik va tavakkalchilik. Boshqaruvchi o‘z faoliyatining natijalari uchun ma’lum bir javobgarlikka ega bo‘lishi, bunda ma’lum tavakkalchilik (risk)ning elementlarini ham hisobga olishi lozim. Boshqaruv etikasiga rioya etish. Bu tamoyil boshqaruv xodimlaridan bilimli, madaniyatli va xushmuomala bo‘lishni, xodimlarga ishonish va ularni eshita bilishni talab etadi. Boshqaruvning shakli va usullarini takomillashtirib borish. Kuchli raqobat sharoitida subyektning sinmasligi uchun menejerlar doimo o‘z ustilarida tinmay ishlab, boshqaruv usullarini takomillashtirib borishlari va bozordagi o‘zgarishlarga moslashishlari kerak. Boshqarish usullari va qarorlarni qabul qilish jarayoni Boshqaruv usullari bu boshqaruv xodimlarining boshqaruv obyektiga maqsadli yo‘naltirilgan ta’sir o‘tkazish usullarining yig‘indisidir. Boshqaruv usullari vositasida moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan oqilona foydalangan holda, yuqori natijalarga erishish maqsadida iqtisodiy jarayonlarga ta’sir etiladi. Ishlab chiqarishning samaradorligi ko‘p jihatdan boshqaruv usullarining mukammalligi bilan uzviy bog‘liqlikka ega. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish, iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik usullari mavjud. Tashkiliy-farmoyish usullari subyekt boshqaruvchilarining vakolati va hokimligi kuchidan foydalangan holda, tashkiliy-farmoyish vositalari orqali boshqarish jarayonini bildiradi. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar samarali faoliyat yuritishini ta’minlashga ta’sir etish tizimidan iboratdir. Ko‘p hollarda tashkiliy ta’sir ma’muriy xuquqni qo‘llash, ya’ni buyruq va farmoyishlarni amalga oshirishga asoslanadi. Tashkiliy-farmoyish usullari tashkiliy aniqlikni ta’minlaydi, boshqaruvning har bir bo‘g‘ining vazifalarini belgilab beradi, boshqaruv apparatini intizomi va faoliyatining samaradorligini ta’minlaydi, xodimlarni tanlaydi va joy-joyiga qo‘yadi, buyruqlar va farmoyishlarning bajaralishini nazorat etadi, ishda tartib o‘rnatadi va hokazo. Iqtisodiy usullarning mohiyati subyektning faoliyatini iqtisodiy ta’sir vositalari (baho, kredit, biznes-reja, xarajatlar va tannarx, foyda, soliqlar, mehnat xaqi, iqtisodiy rag‘batlantirish va hokazo) orqali boshqarishdir. Iqtisodiy usullarning yana bir jihati xodimlar va ishlab chiqarish jamoasiga ularning manfaatini ta’minlovchi iqtisodiy sharoitlarni yaratishdan iboratdir. Boshqaruv usullarining tizimida iqtisodiy usullar yetakchi o‘rinni egalaydi. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usuli xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlari va psixologik xususiyatlariga ta’sir etish bilan bog‘liq boshqarish vositasidir. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullarini qo‘llash subyektda yuz berayotgan ijtimoiy xodisalarni chuqur o‘rganish va xodimlarning kayfiyatiga ta’sir etuvchi psixologik (ruhiy) omillarni bilishni talab etadi. Masalan, mehnat psixologiyasi xodimlarning shaxsiy xususiyatlari va qobiliyatlarini, kadrlarni o‘qitish usullarini, ish va dam olish tartibini, kadrlarni tanlash va baholash usullarini, mehnat jarayonining psixologik jihatlarini o‘rganadi. Boshqaruvning psixologik usullari jamoada maqbul psixologik holat tashkil etish yo‘li bilan kishilarning o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Boshqarish jarayoni boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan amalga oshiriladi. Subyektning faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarish bir qator muhim masalalarning yechimini topish bilan bog‘liq. Har qanday boshqaruvchi ishlab chiqarishni tashkil etar ekan, birinchi navbatda quyidagi savollarga javob topmog‘i lozim: +anday tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish iste’molchilarning moddiy ehtiyojlarini to‘laroq qondirishga imkon beradi? Mavjud resurslarning qancha qismini jalb etgan holda, qanday hajmda mahsulot ishlab chiqargan ma’qul? Bu mahsulotlarni yaratishda qanday ishlab chiqarish tizimi va texnologiyasidan foydalaniladi? Mahsulot kim uchun ishlab chiqariladi, uning iste’molchilari kimlar? Subyekt iste’molchilarining talabida, bozor konyukturasida va ishlab chiqarish texnologiyasida yuz beradigan doimiy o‘zgarishlarga moslashib boradimi? Boshqaruv qarorlarini qabul qilish bir nechta bosqichdan iborat bo‘ladi: maqsadni shakllantirish; muammolarni aniqlash; axborot yig‘ish, turkumlash va tahlil etish; qarorning turli variantlarini ishlab chiqish; muqobil variantlarni solishtirib ko‘rish; yakuniy qarorni qabul qilish; qarorni amalga oshirish chora-tadbirlarini belgilash; qarorni bajaruvchi xodimlar o‘rtasida majburiyatlar va vazifalarni taqsimlash; qabul qilingan qarorni baholash. Maqsadni shakllantirish. Har qanday mohir boshqaruvchi ma’lum bir maqsadlarga amal qiladi. Maqsad boshqaruv qarorini qabul qilishga asos bo‘lib xizmat qiluvchi topshiriq yoki sharoitdan iborat. Masalan, subyektning mulkdorlari yoki boshqaruvchilarining asosiy maqsadi yuqori foyda olish va ishlab chiqarishni kengaytirishga yo‘naltirilishi mumkin. Maqsadlar aniq va ularga erishish mumkin darajada bo‘lishi lozim. Muammolarni aniqlash. +arorni qabul qilish jarayoni doimo biror bir muammoning yechimini topish bilan bog‘liq bo‘ladi. Muammo qo‘yilgan maqsad bilan unga erishish vositalari o‘rtasida yuzaga keladigan farqlanishdir. Muammolarni to‘g‘ri aniqlab olish va ularning yechimini izlash maqsadga erishishda muhim omil hisoblanadi. Axborotlarni yig‘ish, turkumlash va tahlil etish. Bu bosqichda maqsadga erishishni ta’minlaydigan axborot yig‘iladi, yig‘ilgan axborot turkumlanadi, tahlil qilinadi va baholanadi. Axborot yig‘ish jarayonida muammoga tegishli barcha ijobiy va salbiy ma’lumotlarni to‘plash maqsadga muvofiqdir. Bu bosqich murakkab jarayon bo‘lib, malaka, bilim va tadbirkorlikni talab qiladi. +arorning turli variantlarini ishlab chiqish va muqobil variantlarni solishtirib ko‘rish. Keyingi bosqichda tadbirkorning haqiqiy imkoniyatlari baholanib, bir necha muqobil variantlar ishlab chiqiladi. Variantlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, qarorni optimallashtirish imkoniyati shuncha keng bo‘ladi. Ishlab chiqilgan muqobil variantlarni iqtisodiy samaradorlik nuqtai-nazaridan solishtirib ko‘rish orqali eng yaxshi variant tanlab olinadi. +aror qabul qilishning keyingi bosqichlarida tanlab olingan variant asosida yakuniy qaror qabul qilinadi, uni amalga oshirish chora-tadbirlari belgilanadi, qarorni bajaruvchilar o‘rtasida vazifalar va majburiyatlar taqsimlanadi, hamda erishilgan natijalar bo‘yicha qabul qilingan qaror baholanadi. Boshqaruv qarorlariga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat: qabul qilinadigan qarorning demokratik xususiyati; aniq vazifalarni yechishga yo‘naltirilganligi; ilmiy asoslanganligi; qisqa va lo‘ndaligi; qarorni bajarish tezkorligi. Download 103 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling