Moliyaviy natijalari
Download 150.88 Kb. Pdf ko'rish
|
10-MAVZU (1)
X- MAVZU. KORXONA FAOLIYATINING MOLIYAVIY NATIJALARI 10.1. Korxona daromadlari Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning daromadi talab va taklif asosida о‘rnatilgan narxga bog‘liqdir. Shu bilan birga bozor mukammal raqobatlashgan va manopol raqobatlashgan holatda faoliyat kо‘rsatadi. Manopol raqobatlashgan holat yirik bozorlarda kam uchraydi. Mukammal raqobatlashgan bozorda korxonalar erkin faoliyat kо‘rsatib, narxga ta’sir kо‘rsata olmaydi. Bunday holatda korxonalar daromadni ishlab chiqarish xajmini oshirish hisobiga kо‘paytirish mumkin. Demak, raqobatlashgan bozorda umumiy daromadni ) (УД о‘zgarmas narxni ) (н о‘zgaruvchan ishlab chiqarish xajmiga ) (ИХ kо‘paytirish orqali aniqlash mumkin: ИХ н УД (10.1) Bu yerda УД - umumiy daromad; н - narx; ИХ - ishlab chiqarish xajmi. Umuman olganda, daromad sotilgan mahsulot miqdoriga bog‘liq bо‘lganligi uchun, u ) (ИХ УД kо‘rinishida yoziladi. О‘rtacha daromad ) (УрД - sotilgan bir birlik mahsulotga tо‘g‘ri keladigan daromaddir, ya’ni: н ИХ ИХ н ИХ УД УрД . (10.2) (10.2) formuladan kо‘rinib turibdiki, о‘rtacha daromad raqobatlashgan bozorda н narxga teng bо‘ladi. Har bir korxona egasining strategik maqsadi kо‘proq daromad olishdir. Erkin raqobatlashgan bozorda daromadni oshirishni narx о‘zgarmas bо‘lganda qо‘shimcha bir – birlik maxsulot ishlab chiqarib sotishdan olingan chekli daromad narxga teng bо‘lguncha davom ettirish mumkin. Chekli daromad ( ЧД ) - bu qо‘shimcha bir birlik ne’matni sotish natijasida umumiy daromadning о‘sgan qismi ) (ИХ УД , ya’ni: н ИХ ИХ н Q ИХ н d ИХ ИХ УД ЧД ) ( ) ( . (10.3) Yuqoridagilardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki korxonalarning daromadi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va ishlab chiqarish xajmini chegaralangan darajagacha oshirish imkonini beruvchi xо‘jalik faoliyatini tashkil etish lozim. Korxonalarning ishlab chiqarish, xо‘jalik faoliyati natijasida olinadigan daromadlar quyidagilardan iborat: Yalpi tushum Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlar Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar Favqulodda foyda Yalpi tushum mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan, undan qо‘shilgan qiymat, aksiz solig‘i va eksport boj poshlinasi, chegirilgan tushum sifatida aniqlanadi. Unga tovarlarning qaytarilishi, xaridorlar uchun berilgan chegirmalar va boshqalar kiritilmaydi. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlarga quyidagilar kiradi: Undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida tо‘lanmagan qarzlar va xо‘jalik shartnomalari shartlarini buzg‘anlik uchun boshqa xil jazo jarimalari, shuningdek yetkazilgan zararlarni undirish bо‘yicha daromadlar. Hisobot yilida aniqlangan о‘tgan yillardagi foyda. Ishlab chiqarish va maxsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bevosita bog‘liq bо‘lmagan operatsiyalardan renta daromadi, xо‘jalik yurituvchi subyektlar xuzuridagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar sifatidagi boshqa daromadlar. Xо‘jalik yurituvchi subyektning asosiy fondlarini va boshqa mol-mulklarini sotishdan olingan daromadlar. Da’vo bildirish muddati о‘tgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar. Tovar-moddiy boyliklarni puxta baholash. Tovar-moddiy boyliklarni tо‘liq baholash summasi mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishiga kо‘ra soliq solinadigan daromadga kiritiladi). Davlat subsidiyalaridan daromadlar Xolisona moliyaviy yordam. Boshqa operatsion daromadlar. Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi: Olingan royaltilar va sarmoya transferti. О‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xо‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ulush qо‘shgan xolda qatnashishdan olingan daromad, aksiyalar bо‘yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xо‘jalik yurituvchi subyektga tegashli qimmatli qog‘ozlar bо‘yicha daromadlar. Mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing tо‘lovini olish). Valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutalaridagi operatsiyalar bо‘yicha ijobiy kurs tafovutlari. Sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, shо‘ba korxonalarga va hokazolarga) mablag‘larni qayta baholashdan olingan daromadlar. Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar. Favqulodda foyda moddalari - bu kо‘zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega bо‘lgan, xodisa yoki xо‘jalik yurituvchi subyektning odatdagi faoliyati doirasidan chetga chiqadigan tusdagi operatsiyalar natijasida paydo bо‘ladigan va olinishi kutilmagan foydadir. Bunga daromadlarning favqulodda moddalari yoki asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar bо‘limida aks ettirilishi kerak bо‘lgan о‘tgan davrlardagi foyda kirmaydi. Download 150.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling