Moliyaviy natijalari


— asosiy faoliyatdan olingan foyda; DF —


Download 150.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana18.06.2023
Hajmi150.88 Kb.
#1554821
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10-MAVZU (1)

 — asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DF — davr xarajatlari; 
BD — asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ — asosiy faoliyatdan kо‘rilgan boshqa zararlar. 


- xо‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar) — bu, asosiy faoliyatdan 
olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan kо‘rilgan daromadlar va minus 
zararlar sifatida hisoblab chiqiladi: 
UF = AFF + MD − MX (10.5) 
 
Bu yerda: 
UF — umumxо‘jalik faoliyatidan olingan foyda; 
MD — moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; 
MX — moliyaviy faoliyat xarajatlari. 
STF - soliq tо‘lagungacha olingan foyda — bu umumxо‘jalik faoliyatidan 
olingan foyda, plyus favqulodda (kо‘zda tutilmagan) vaziyatlardan kо‘rilgan foyda 
va minus zarar sifatida aniqlanadi: 
STF = UF + FP − FZ. (10.6) 
 
Bu yerda: 
STF — soliq tо‘lagungacha olingan foyda;
 
— favqulodda vaziyatlardan olingan foyda;
FZ — favqulodda vaziyatlardan kо‘rilgan zarar. 

yilning sof foydasi — bu, soliq tо‘langandan keyin xо‘jalik yurituvchi 
subyekt ixtiyorida qoladi, о‘zi dadaromadi (foydasi)dan tо‘lanadigan soliqni va 
minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va tо‘lovlarni chiqarib 
tashlangan holda soliqlar tо‘lagunga qadar olingan foydani ifodalaydi: 
SF = STF − DS − BS (10.7) 
 
Bu yerda: 
SF — sof foyda; 
DS — daromad (foyda)dan tо‘lanadigan soliq; 
BD — boshqa soliqlar va tо‘lovlar. 
Har bir korxona (firma) yashashi va ravnaq topishi uchun foyda olishi kerak. 
Korxona foydani о‘z rivojini ta’minlovchi birinchi muhim omil deb biladi. 
Foydani maksimallashtirish bilan shug‘ullanmaydigan korxonaning yashab ketish 
imkoniyati kam bо‘ladi. Makroiqtisodiyot sohasida uzoq muddatga foydani 
maksimallashtirish masalasiga katta e’tibor berilishi shunday iboratki, shu asosda 
firma faoliyati oldindan bashorat qilinadi, 
Mulk egasini о‘zi boshqaradigan, unchalik katta bо‘lmagan korxona 
(firma)da, ularni yuritish bilan bog‘liq bо‘lgan hamma qarorlarda foydani 
kо‘paytirish asosiy о‘rin tutadi. Juda katta va yirik korxona (firma)larda rahbar 
(boshqaruvchi)lar kundalik qarorlarni qabul qilishda mulk egalari har doim ham 
boshqaruvchilar faoliyatini nazorat ostida saqlay olmaydilar. Shuning uchun 
boshqaruvchilarda va korxonaga rahbarlik qilishda ma’lum darajada erkinliklar 
bо‘lib, ular foydani maksimallashtirish bilan yetarli shug‘ullanmasliklari, mulk 
egasi bо‘lmaganliklari uchun uzoq muddatli manfaat о‘rniga qisqa manfaatni afzal 
kо‘rishlari mumkin. Boshqaruvchilar kо‘pincha foydani maksimallashtirish о‘rniga 
daromadni kо‘paytirish yoki aksiyadorlarni qiziqtirish uchun dividendni oshirishga 
harakat qilishlari mumkin. Bundan tashqari, ular yuqori lavozimga erishish yoki 
katta mukofotlar olish maqsadida foyda keyinchalik kamayib ketsa ham hozirgi 
kunning о‘zida oshirishga harakat qiladilar. Shu tufayli bunday rahbarlar о‘z 


lavozimlaridan chetlashtirilishi va korxonani boshqa rahbarlarga topshirish 
zaruriyati yuzaga keladi. 
Yuqorida keltirilgan foyda turlaridan tashqari, uning yana bir qancha turlari 
mavjud: 
 real foyda; 
 tarmoq foydasi; 
 iqtisodiy renta; 
 maksimal foyda. 
Real foyda — bu, haqiqatda erishilgan natija, ya’ni real sarflar asosida 
olingan foydadir. Bu foyda korxona xо‘jalik faoliyatini tashkil etishda asosiy 
manbadir. 
Tarmoq foydasi deganda, tarmoqda faoliyat kо‘rsatayotgan korxonalar kabi 
qilingan bir xil foyda olish yoki bir xil rentabellikka ega bо‘lish. Tarmoq foyda 
korxona (firma)ning faoliyat kо‘rsatayotgan sohada qolishini ta’minlaydi. Bunday 
foydaning yuzaga kelishi bozorning uzoq muddatli barqarorlikka erishganidan 
dalolat beradi. О‘rtacha foydani kо‘pincha iqtisodiy foyda deb ataydilar. 
Iqtisodiy foyda qachon paydo bо‘ladi? Agar korxona bir mahsulotni 
tayyorlab, sotib, haqikdtda 100 ming sо‘m foyda olgan bо‘lsa-yu, ana shu 
mablag‘ni boshqa mahsulot ishlab chiqarishga sarflab, uni sotganda 150 ming 
sо‘mlik foyda olsa, bunday foydani iqtisodiy foyda deb tushunish kerak. Bu holda 
foyda ijobiy tus oladi. Ijobiy iqtisodiy foyda korxonani biron-bir investor faoliyat 
boshlashiga rag‘batlantirsa, ijobiy haqiqiy foyda ishlab chiqarish yoki firmaning 
ancha oyoqqa turib olganidan darak beradi. 
Iqtisodiy renta — bu, cheklangan ishlab chiqarish omillaridan foydalanish 
natijasida sodir bо‘lgan foyda hisoblanadi. Masalan, ikkita korxona bir xil yerga 
ega bо‘lib, yerni olish bilan bog‘liq xarajatlar bir xil bо‘lishgan sharoitida birinchi 
yer transport tarmog‘iga yaqin bо‘lganligi uchun mahsulotni tashishga 10 mln. 
sо‘m kam sarf qilinishi mumkin, ana shu 10 mln. sо‘m uning qо‘shimcha foydasi 
hisoblanadi. Iqtisodiy renta ishlab chiqarish omillari cheklanganligidan kelib 
chiqadi va u yoki bu ishlab chiqarish omiliga berish holatini bildirgan baho bilan 
shu omilning eng kam bahosi о‘rtasidagi farkdan iborat bо‘ladi. 
Maksimal foyda — bu, bir birlik qо‘shimcha mahsulotni sotishdan olingan 
daromadni shu bir birlik qо‘shimcha mahsulotga qilingan xarajat mikdori bilan 
bab-barobar kelishi natijasida olingan foyda. Shu holda rentabellikning eng yuqori 
darajasiga erishilgan bо‘ladi. Shunga kо‘ra, foydani maksimallashtirish degani, eng 
yuqori rentabellikni ta’minlash, deganidir. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat sohasida о‘tkazilayotgan tub iqtisodiy 
tadbirlar majmuida foydani taqsimlash masalalari muxim о‘rin tutadi, zero uni, 
adolat yuzasidan va tо‘g‘ri taqsimlash jamoa va xar bir xodimning 
manfaatdorligini uyg‘unlashtirish uchun sharoit yaratadi. 

Download 150.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling