Moliyaviy natijalari
— asosiy faoliyatdan olingan foyda; DF —
Download 150.88 Kb. Pdf ko'rish
|
10-MAVZU (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- (10.5) Bu yerda: UF
- (10.7) Bu yerda: SF
— asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DF — davr xarajatlari; BD — asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar; BZ — asosiy faoliyatdan kо‘rilgan boshqa zararlar. - xо‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar) — bu, asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan kо‘rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi: UF = AFF + MD − MX (10.5) Bu yerda: UF — umumxо‘jalik faoliyatidan olingan foyda; MD — moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; MX — moliyaviy faoliyat xarajatlari. STF - soliq tо‘lagungacha olingan foyda — bu umumxо‘jalik faoliyatidan olingan foyda, plyus favqulodda (kо‘zda tutilmagan) vaziyatlardan kо‘rilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi: STF = UF + FP − FZ. (10.6) Bu yerda: STF — soliq tо‘lagungacha olingan foyda; — favqulodda vaziyatlardan olingan foyda; FZ — favqulodda vaziyatlardan kо‘rilgan zarar. - yilning sof foydasi — bu, soliq tо‘langandan keyin xо‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladi, о‘zi dadaromadi (foydasi)dan tо‘lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va tо‘lovlarni chiqarib tashlangan holda soliqlar tо‘lagunga qadar olingan foydani ifodalaydi: SF = STF − DS − BS (10.7) Bu yerda: SF — sof foyda; DS — daromad (foyda)dan tо‘lanadigan soliq; BD — boshqa soliqlar va tо‘lovlar. Har bir korxona (firma) yashashi va ravnaq topishi uchun foyda olishi kerak. Korxona foydani о‘z rivojini ta’minlovchi birinchi muhim omil deb biladi. Foydani maksimallashtirish bilan shug‘ullanmaydigan korxonaning yashab ketish imkoniyati kam bо‘ladi. Makroiqtisodiyot sohasida uzoq muddatga foydani maksimallashtirish masalasiga katta e’tibor berilishi shunday iboratki, shu asosda firma faoliyati oldindan bashorat qilinadi, Mulk egasini о‘zi boshqaradigan, unchalik katta bо‘lmagan korxona (firma)da, ularni yuritish bilan bog‘liq bо‘lgan hamma qarorlarda foydani kо‘paytirish asosiy о‘rin tutadi. Juda katta va yirik korxona (firma)larda rahbar (boshqaruvchi)lar kundalik qarorlarni qabul qilishda mulk egalari har doim ham boshqaruvchilar faoliyatini nazorat ostida saqlay olmaydilar. Shuning uchun boshqaruvchilarda va korxonaga rahbarlik qilishda ma’lum darajada erkinliklar bо‘lib, ular foydani maksimallashtirish bilan yetarli shug‘ullanmasliklari, mulk egasi bо‘lmaganliklari uchun uzoq muddatli manfaat о‘rniga qisqa manfaatni afzal kо‘rishlari mumkin. Boshqaruvchilar kо‘pincha foydani maksimallashtirish о‘rniga daromadni kо‘paytirish yoki aksiyadorlarni qiziqtirish uchun dividendni oshirishga harakat qilishlari mumkin. Bundan tashqari, ular yuqori lavozimga erishish yoki katta mukofotlar olish maqsadida foyda keyinchalik kamayib ketsa ham hozirgi kunning о‘zida oshirishga harakat qiladilar. Shu tufayli bunday rahbarlar о‘z lavozimlaridan chetlashtirilishi va korxonani boshqa rahbarlarga topshirish zaruriyati yuzaga keladi. Yuqorida keltirilgan foyda turlaridan tashqari, uning yana bir qancha turlari mavjud: real foyda; tarmoq foydasi; iqtisodiy renta; maksimal foyda. Real foyda — bu, haqiqatda erishilgan natija, ya’ni real sarflar asosida olingan foydadir. Bu foyda korxona xо‘jalik faoliyatini tashkil etishda asosiy manbadir. Tarmoq foydasi deganda, tarmoqda faoliyat kо‘rsatayotgan korxonalar kabi qilingan bir xil foyda olish yoki bir xil rentabellikka ega bо‘lish. Tarmoq foyda korxona (firma)ning faoliyat kо‘rsatayotgan sohada qolishini ta’minlaydi. Bunday foydaning yuzaga kelishi bozorning uzoq muddatli barqarorlikka erishganidan dalolat beradi. О‘rtacha foydani kо‘pincha iqtisodiy foyda deb ataydilar. Iqtisodiy foyda qachon paydo bо‘ladi? Agar korxona bir mahsulotni tayyorlab, sotib, haqikdtda 100 ming sо‘m foyda olgan bо‘lsa-yu, ana shu mablag‘ni boshqa mahsulot ishlab chiqarishga sarflab, uni sotganda 150 ming sо‘mlik foyda olsa, bunday foydani iqtisodiy foyda deb tushunish kerak. Bu holda foyda ijobiy tus oladi. Ijobiy iqtisodiy foyda korxonani biron-bir investor faoliyat boshlashiga rag‘batlantirsa, ijobiy haqiqiy foyda ishlab chiqarish yoki firmaning ancha oyoqqa turib olganidan darak beradi. Iqtisodiy renta — bu, cheklangan ishlab chiqarish omillaridan foydalanish natijasida sodir bо‘lgan foyda hisoblanadi. Masalan, ikkita korxona bir xil yerga ega bо‘lib, yerni olish bilan bog‘liq xarajatlar bir xil bо‘lishgan sharoitida birinchi yer transport tarmog‘iga yaqin bо‘lganligi uchun mahsulotni tashishga 10 mln. sо‘m kam sarf qilinishi mumkin, ana shu 10 mln. sо‘m uning qо‘shimcha foydasi hisoblanadi. Iqtisodiy renta ishlab chiqarish omillari cheklanganligidan kelib chiqadi va u yoki bu ishlab chiqarish omiliga berish holatini bildirgan baho bilan shu omilning eng kam bahosi о‘rtasidagi farkdan iborat bо‘ladi. Maksimal foyda — bu, bir birlik qо‘shimcha mahsulotni sotishdan olingan daromadni shu bir birlik qо‘shimcha mahsulotga qilingan xarajat mikdori bilan bab-barobar kelishi natijasida olingan foyda. Shu holda rentabellikning eng yuqori darajasiga erishilgan bо‘ladi. Shunga kо‘ra, foydani maksimallashtirish degani, eng yuqori rentabellikni ta’minlash, deganidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat sohasida о‘tkazilayotgan tub iqtisodiy tadbirlar majmuida foydani taqsimlash masalalari muxim о‘rin tutadi, zero uni, adolat yuzasidan va tо‘g‘ri taqsimlash jamoa va xar bir xodimning manfaatdorligini uyg‘unlashtirish uchun sharoit yaratadi. Download 150.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling