Moliyaviy natijalari


 Korxona foydasi va uni maksimallashtirish


Download 150.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi150.88 Kb.
#1554821
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10-MAVZU (1)

10.2. Korxona foydasi va uni maksimallashtirish 
 
Korxonalar va uning barcha bо‘g‘inlari ishini tavsiflovchi muhim sifat 
kо‘rsatkichlaridan biri foyda va rentabellikdir. Foyda bozor munosabatlarining 
muhim kategoriyasi sifatida iqtisodiyotda ma’lum funksiya (vazifa)larni bajaradi: 
 ishlab chiqarish faoliyatining natijasidan olingan iqtisodiy samarani 
tavsiflaydi, chunki u sо‘nggi moliyaviy natijani ifodalaydi; 
 turli darajadagi byudjetlarni shakllantiradi; 
 xodimlarning manfaatlarini himoya qiladi va bu borada iqtisodiy dastak va 
stimul rolini о‘ynaydi; 
 - ilmiy — texnikaviy, tashkiliy va ijtimoiy ishlarni amalga oshirishga 
imkoniyat beradi. 
Foyda sanoat, tarmoq va korxonaning hamma ishlab chiqarish xо‘jalik 
faoliyati natijalarini umumlashtiruvchi kо‘rsatkichdir. Balansdagi foyda yoki 
foydaning umumiy summasi — korxona balansidagi mavjud ishlab chiqarish va 
ishlab chiqarishdan tashqari, xо‘jaliklarning moliya-xо‘jalik faoliyatlari natijasida 
olingan foyda summasidir. Foydaning umumiy summasi tovar mahsulotini 
sotishdan, ishlab chiqarishdan tashqari, bajarilgan ishlar va xizmatlardan olingan 
daromadlardan, korxona yordamchi xо‘jaliklarining mahsulotlarini sotishdan 
olingan daromadlardan, realizatsiyadan tashqari foyda va uy-joy kommunal 
xо‘jaligi, har xil jarimalar, penya va hokazolardan tashkil topadi. 
Xо‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning 
quyidagi kо‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi: 

mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda (YAF), bu sotishdan olingan sof 
tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi о‘rtasidagi tafovut 
sifatida aniklanadi: 
 
YAF = SST - MIT, 
Bu yerda: YAF — yalpi foyda; 
SST — sotishdan olingan sof tushum; 
MIT — sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi. 
- asosiy faoliyatdan kо‘rilgan foyda — bu, mahsulotni sotishdan olingan 
yalpi foyda bilan davr xarajatlari о‘rtasidagi tafovut va qо‘shimcha asosiy 
faoliyatdan kо‘rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida 
aniqlanadi:
AFF = YAF − DX + BD + BZZ (10.4) 
Bu yerda: 

Download 150.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling