Moliyaviy risklarni tasniflanishi Reja: Risklarning mazmun-mohiyati. Moliyaviy risklarning tasniflanishi


Download 120.45 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.04.2023
Hajmi120.45 Kb.
#1363444
Bog'liq
Moliyaviy risklarni tasniflanishi



Moliyaviy risklarni tasniflanishi 
Reja:
 
1. Risklarning mazmun-mohiyati.
2. Moliyaviy risklarning tasniflanishi. 
1. Riskning mazmun-mohiyati Qadimgi zamonlardan risk foydani 
shakllantirish omili hisoblanadi. J.B.Sey va KurselSeneylar fikricha risk foydaning 
faqat bir qismini shakllantirish omili hisoblanadi4 . 19-asrlarda odamlarning risk 
qilishga tayyorligi ular foydasining shakllanishi va o`zlashtirilishiga olib kelishi 
bilan izohlanardi. Hozirgi kunda shakllanayotgan foydaning asosiy qismi riskni 
samarali boshqarishdan vujudga keladi. “Risk” atamasi yevropaning ko`p tillarida 
mavjud. Misol uchun greklarda “ridsikon” so`zi mavjud bo`lib, u qoya, cho`qqi 
ma`nosini bildiradi. Italiyaliklar tilida “risiko” so`zi xatar, tahdid ma`nosini, 
“risicare” so`zi qoyadan mohirona o`tish ma`nosini bildiradi. Frantsuzlardagi 
“risdoe” so`zi tahdid, qoyani aylanib o`tmoq ma`nosini beradi. Iqtisodiy 
lug`atlarda risk – xavf-xatar, zarar va yo`qotish ehtimoli, xavf ehtimoli yoki 
muvaffaqiyat umidida xavf tomon borish ma`nosida kelishi ko`rsatilgan. “Risk” 
so`zi ispancha-portugalcha so`zdan olingan bo`lib, “suv ostidagi qoya” degan 
ma`noni bildiradi. Taniqli lug`atshunos S.I.Ojegovning rus tili izohli lug`atida 
“risk - bu muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisaga umid” degan ma`no anglatadi 
deyilsa, mashhur Vebster lug`atida riskka “xavf, zarar va talafot ehtimoli” deb 
qaralgan. V.T. Sevryuk “risk - bu hol, bir ishlab chiqaruvchining situativ holati” 
degan ta`rifni bergan bo`lsa, rus olimi A.Ol shanskiy “risk - bu zarar ko`rish yoki 
manfaatni qo`ldan chiqarish bilan bog`liq ehtimollar o`lchamidir”5 , degan ta`rifni 
keltiradi. Risk nazariyasini o`rganishda klassik maktab namoyondalari muhim 
hissa qo`shishgan. A.Smit risk va foyda o`rtasidagi o`zaro proportsionallik 
tushunchasini oydinlashtirishga harakat qilgan. Uning ta`kidlashicha, “riskli 
holatlar yuqori bo`lgan maydonda qonun bo`yicha daromad kichik bo`ladi, bu esa 
o`z navbatida kutilayotgan daromad darajasini ko`paytirish uchun usullar salmog`i 
yanada ortib boradi”. Taniqli lug`atshunos S.Ojegovning rus tili lug`atida “risk - bu 


muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisadan umid” ma`nolarini anglatadi deyilsa, 
mashhur Vebstera lug`atida “risk - bu xavf, zarar yoki talofat ko`rish ehtimoli” , 
deb ifodalangan. Professor V.Usoskin “risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, 
oxirgi, o`z navbatida oldindan ko`ra bilish qiyin yoki mumkin bo`lmagan voqealar 
bilan bog`liq bo`ladi”, deya izohlaydi.
“risk - bu rejalashtirilgan variantga nisbatan daromad ola bilmaslik yoki 
zarar ko`rish ehtimolidir”. Risk to`g`risidagi fikrlarni umumlashtirilgan holda prof 
V.V.Kovalyov quyidagicha ta`rif berib o`tadi: Risk bu moliyaviy yo`qotish 
darajasini belgilab:
a) qo`yilgan maqsadga yetib bormaslik;
b) noaniqliq holatda natijani belgilash;
c) sub`ektiv holatda belgtlangan natijani baholash.
Investitsiya faoliyati ma`lum miqdordagi moliyaviy resurslarni talab qiladi. 
Bu sarflangan resurslardan investorlar ma`lum daromad, foyda olishni ko`zlaydi. 
Mazkur foyda esa investorlarning xarajatlarini, inflyatsiya omilini, tadbirkorlik 
riskini qoplashi lozim. Ammo amaliyotda investorlar har doim ham kutilgan, 
rejalashtirilgan natijalarga erisha olmaydilar. Buning asosiy sabablaridan biri - 
risklarning mavjudligidir. Risk bilan noaniqlikning farqi shundaki, natijalar 
ehtimolligi joriy davr ma`lumotlari asosida baholanayotgan vaqtda risk e`tiborga 
olinadi. Noaniqlik esa bunday ehtimollik o`tgan va kelasi davr ma`lumotlari 
yetishmasligi yoki to`liq emasligi sababli sub`ektiv aniqlangan vaqtda e`tiborga 
olinadi. Har qanday holda ham kelgusi iqtisodiy holatlar istiqbolini belgilash 
(inflyatsiya, foiz stavkasi, talab va taklif, ishlab chiqarish, sotish hajmi va 
boshqalar) kelajakning ma`lum emasligi sababli faqat taxminiy va noaniq natijalar 
bo`lishi mumkin. Chunki o`tgan davr ma`lumotlari asosida faqat noma`lum 
kelajakda yuz berishi mumkin bo`lib o`tgan rivojlanish tendensiyasini aniqlash 
mumkin. Noaniqlik va risklarning har ikkalasi ham loyihadagi yo`qotish va 
zararlarga bog`liq bo`lganligi uchun ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda 
ifodalash maqsadga muvofiqdir. Investitsion loyihalar kelajakka qaratilganligi 
sababli, ularni amalga oshirish natijalarini aniq taxmin qilish muammodir. Bunday 


loyihalar kutilishi mumkin bo`lgan risklar va noaniqliklarni hisobga olgan holda 
bajarilishi kerak. Investitsion qaror bir qator kutilishi mumkin bo`lgan oqibatlarga 
ega bo`lgan hollarda, qaror riskli yoki noaniqliklarga ega deb ataladi. 2. Moliyaviy 
risklarning tasniflanishi Bugungi kunda biz nafaqat risklar haqida ma`lumotlarga 
egamiz, balki ularni tahlil qilib, baho berib, risklarni boshqarish imkoniyatiga 
egamiz. Lekin tahlilni ham, risklar boshqaruvini ham birinchi bosqichi - bu risk 
turini aniqlashdir. Risklarini turli belgilar bo`yicha tasniflash mumkin:
1) Tarkibi bo`yicha risklar quyidagilarga bo`linadilar: iqtisodiy risk; bozor 
riski; inflyatsiya riski; valyuta riski; siyosiy risk; ijtimoiy risk; ekologik risk; 
texnologik risk; 14 marketing riski; moliyaviy risk; kredit riski; bankrotlik riski; 
ilm-texnika riski; informatsion risk va boshqalar;
2) muddati bo`yicha risklar quyidagilarga bo`linadilar: qisqa muddatli 
risklar; uzoq muddatli risklar;
3) olinadigan natijaga qarab risklar: spekulyativ risk - ular ta`sirida katta 
zarar yoki katta foyda olish imkoniyati bor; sof risklar - ular ta`sirida nolga teng 
bo`lgan zarar(foyda) ko`rish mumkin;
4) loyihaga ta`sir etish darajasi bo`yicha risklar quyidagilarga bo`linadi: 
mumkin bo`lgan risklar - ular ta`sirida kutilgan foydadan ayrilish mumkin; kritik 
risklar - loyiha pul tushumlaridan ayrilish xatari; katastrofik risklar - daromaddan 
va kiritilgan investitsiyalardan ayrilish xatari.
Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida uning har bir bosqichi 
(fazasi) o`ziga xos risklar bilan bog`liqdir. Birinchi bosqichda (investitsiya oldi 
fazasida) ko`proq loyiha tashabbuskorlari marketing riskiga, bozor riskiga, 
informatsion va ijtimoiy risklarga ta`sirchan bo`ladi. Investitsiya bosqichida 
ko`proq ilm-texnika riski, moliyaviy risklar, tashqi iqtisodiy risklar va siyosiy 
risklar o`z ta`sirini ko`rsatadi. Ekspluatatsiya bosqichida esa loyiha ishtirokchilari 
texnologik, ekologik, fors-major, nolikvidlik, iqtisodiy va moliyaviy risklar bilan 
yuzma-yuz bo`lish ehtimoli mavjud. Bundan tashqari, loyiha faoliyatida eng ko`p 
uchraydigan risklar ham mavjud. Masalan: iqtisodiy qonunlarning va iqtisodiy 
holatning o`zgarib turishi; investitsiyalash va foydadan foydalanish shartlari bilan 


bog`liq risklar; savdo va mahsulot yetkazib berishga cheklashlar kiritish; 
chegaralarning berkilishi; siyosiy holatning noaniqligi yoki hududdagi yohud 
mamlakatdagi 
noma`qul 
ijtimoiy-siyosiy 
o`zgarishlar, 
texnik-iqtisodiy 
ko`rsatkichlar dinamikasi, yangi texnika-texnologiya parametrlari, mahsulot sifati 
haqidagi 
ma`lumotlarning 
to`liq 
emasligi 
yoki 
noaniqligi, 
bozor 
kon`yunkturasining, ya`ni baho, valyuta kurslari, yalpi ichki mahsulot va 
boshqalarning o`zgarib turishi, tabiiy iqlim sharoitlarining o`zgarishi, tabiiy 
ofatlarning yuz berishi, ishlab chiqarish texnik risklari - asbob-uskunalarning 
buzilishi va to`xtab qolishi; loyiha ishtirokchilari maqsadlarining noaniqligi, 
ularning moliyaviy holati va ishdagi obro`si haqidagi ma`lumotlarning to`liq 
emasligi va boshqalar. Moliyaviy bozor eng yuqori riskga ega bo`lgan soha deb 
hisoblanadi. Undagi risklar ikkita katta guruhga bo`linadi: - tizimli risklar; - 
tizimsiz risklar. Tizimli risklar (investitsiya portfeli risklari) - bu xatar ta`siriga 
ba`zi bir qimmatli qog`ozlar emas, balki butun bozor, uni katta bir qismi risklarga 
uchraydi. Bu holda iqtisodiy nobarqarorlik tufayli yoki boshqa sabablarga ko`ra 
ko`pchilik emitent va qimmatli qog`ozlar egalari zarar 15 ko`rishlari mumkin. 
Tizimli risklarga quyidagilar kiradi: foiz riski; valyuta riski; inflyatsiya riski; 
siyosiy risklar. Tizimsiz risklar - xatarga ba`zi bir qimmatli qog`ozlar yoki ularni 
majmuasi uchraydi, ya`ni ma`lum bir korxonaning qimmatli qog`ozlari yoki 
tarmoqning qimmatli qog`ozlari kiradi. Tizimsiz risklarga quyidagilar kiradi: 
tadbirkorlik riski; moliyaviy risklar; nolikvidlik riski. Yuqorida keltirilgan 
tasniflashlarga asoslangan holda, loyiha faoliyatidagi risklarni quyidagi guruhini 
keltirish mumkin:
1) loyiha ishtirokchilari riski;
2) loyiha smeta qiymatining oshish riski;
3) qurilishni o`z vaqtida tugamaslik riski;
4) ish va ob`ekt sifatining pastligi riski;
5) konstruktsion va texnik risklar;
6) ishlab chiqarish riski;
7) boshqaruv riski;


8) sotish riski;
9) moliyaviy risk;
10) mamlakat riski;
11) ma`muriy risk;
12) huquqiy risk;
13) fors-major riski.
Loyiha ishtirokchilari riski - bu ishtirokchilarning loyiha faoliyati doirasida 
o`z majburiyatlarini anglagan holda yoki majburiy tarzda bajarmaslik riski. Loyiha 
smeta qiymatining oshish riskiga- quyidagilar sabab bo`lishi mumkin: loyihalash 
jarayonidagi xatolar, pudratchilarning resurslardan samarali foydalanishni 
ta`minlayolmasligi, loyihani amalga oshirish shartlarini o`zgarishi va boshq. 
Qurilishni o`z vaqtida tugallanmaslik riskiga quyidagilar ta`sir ko`rsatadi: 
pudratchilarning o`z majburiyatlarini bajarmasliklari; tashqi shart-sharoitlarning 
o`zgarishi, qurilish ishlari muddatining cho`zilib ketishi natijasida qo`shimcha 
xarajatlar kelib chiqishi: kredit bo`yicha foizlarni hisoblash, narxlarning inflyatsiya 
natijasida o`sishi oqibatida ish va material qiymatining oshishi kabi qo`shimcha 
xarajatlarni keltirib chiqaradi. Ish va ob`ekt sifatining pastligi riski – pudratchilar 
majburiyatining buzilishi, loyihalashtirishdagi xatolar va boshqalar natijasida kelib 
chiqishi mumkin. Konstruktsion risk - bu investitsiya fazasidayoq loyihaning 
texnik amalga oshmaslik riskidir. 16 Texnologik risk - bu ishlab chiqarish 
texnologiyalarining sanoat darajasida qo`llanilmasligi natijasida ma`lum texnik-
iqtisodiy parametrlardan ob`ekt ekspluatatsiyasidagi cheklanishlar riski. Ishlab 
chiqarish riski - bu ishlab chiqarish jarayonida kamchiliklarni yuzaga kelish riski. 
Boshqaruv riski - bu ishlab chiqarish riskining bir turi, boshqaruvchi shaxsning 
tajriba va malakasini yetarli darajada emasligi natijasida ro`y beradi. Sotish riski - 
bu loyiha mahsuloti sotish hajmining va shu mahsulot bahosining kamayish 
riskidir. Moliyaviy riski. Bu riskning loyiha faoliyatidagi asosiy turlari: a) kredit 
riski; b)valyuta riski; c)foiz stavkasini o`zgarish riskidir. Kredit riski - bu loyihani 
amalga oshirayotgan tashkilotning kreditor bankka kredit shartnomasi bo`yicha 
to`lov majburiyatlarini to`liq yoki umuman to`lay olmaslik riski. Valyuta riski- bu 


risk loyiha mahsuloti mahalliy bozorda sotilganda va hokimiyat mahsulotni milliy 
valyutada sotilishini talab qilayotgan paytda yuqori bo`ladi. Foiz stavkasining 
o`zgarish riski- bu risk kredit resurslari o`zgaruvchan stavkada qo`llanilganda ro`y 
beradi. Mamlakat riski- bu tashqi loyiha risklariga tegishli bo`lib, uning mazmuni 
shundaki, loyiha amalga oshirilayotgan mamlakatning ijtimoiy-siyosiy jarayonlari 
va davlatning siyosati loyiha faoliyati uchun jiddiy qiyinchiliklar yaratishi va hatto 
loyihani barbod qilishiham mumkin. Siyosiy mamlakat riski- hukumatning chet el 
investorlari va kreditorlari ishtirokidagi loyiha faoliyatini to`xtatish yoki 
cheklashga qaratilgan harakati bilan bog`liq. Iqtisodiy mamlakat riski davlatning 
loyihani amalga oshirilishi sharoitida qo`llaydigan soliq, valyuta, bojxona va 
boshqa iqtisodiy shart-sharoitlarni o`zgartirishi bilan bog`liq. Ma`muriy risklar- 
loyiha kompaniyalari va loyiha faoliyatining boshqa ishtirokchilarini davlat 
nazorat va tartibga solish boshqarmalaridan turli litsenziyalar, ruhsatlarni olishi 
bilan bog`liq. Huquqiy risk- bu risk qaysidir darajada mamlakat, ma`muriy va 
boshqaruv risklari bilan bog`liq. Fors-major riski - loyiha faoliyatiga tegishli 
bo`lmagan tashqi risklardan biri bo`lib, unga yer silkinishi, yong`inlar, suv 
toshqini, bo`ronlar va boshqa tabiiy hodisalar. 
Xulosa. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Investitsiya faoliyati ma`lum 
miqdordagi moliyaviy resurslarni talab qiladi. Bu sarflangan resurslardan 
investorlar ma`lum daromad, foyda olishni ko`zlaydi. Mazkur foyda esa 
investorlarning xarajatlarini, inflyatsiya omilini, tadbirkorlik riskini qoplashi lozim 
bo’ladi. Ammo amaliyotda investorlar har doim ham kutilgan, rejalashtirilgan 
natijalarga erisha olmasliklarini aytish mumkin. 

Download 120.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling