Monolit temir beton innovatsion texnologiyalari


Download 140.5 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi140.5 Kb.
#1565915
  1   2   3   4
Bog'liq
MONOLIT TEMIR BETON INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI


MONOLIT TEMIR BETON INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI

REJA:

1. Temir-beton konstruksiyalarning ishlash sxemasi.
2. Temir-beton konstruksiyalarni ishlab chiqarish
3. Oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalar.
4. Temir-beton konstruksiyalarni ishlab chiqarish usullari

Bino va inshootlarni montaj qilishda kompleks qismlardan tashkil topgan yig‘ma temir-beton buyumlar ishlatiladi. Masalan, poydevor bloklari, devor va qavatlararo panellar, yopma plitalar, yig‘ma zinalar, ustun va to‘sinlar, inshoot va temir-beton qoziqlar, ravoq va h.k.


Temir-beton konstruksiyalar Fransiyada ixtiro etildi va ilk bor oddiy shakldagi buyumlar ishlab chiqarildi. Jumladan, deraza va eshiklarning ustki to‘sinlari, yopma plitkalar, poydevor bloklar qurilishda keng tarqaldi. Keyinchalik inshootlarning ayrim qismlari quyma betondan ishlanadigan bo‘ldi. O‘zbekistonda yig‘ma temir-beton va quyma betonlar o‘tgan asrning 40-yillarida gidrotexnik inshootlar qurilishida ishlatila boshlandi. Hozirgi vaqtda qurilishlarda quyma beton konstruksiyalarni qo‘llash va ularning xillarini yanada takomillashtirish ustida amaliy ishlar olib borilmokda.
Temir-beton konstruksiyalarni ishlab chiqarish
Qurilishda ishlatiladigan barcha temir-beton konstruksiyalar ikki usulda tayyorlanadi: qurilish ob’ektining o‘zida ishlanadigan yaxlit (monolit) beton konstruksiyalar; zavod yoki tajriba maydonlarida tayyorlab qurilishga keltiriladigan yig‘ma konstruksiyalar. Bunda yaxlit konstruksiyalar tayyorlash uchun qolip yasaladi, uning ichki sirtiga beton qorishmaning yopishmasligi uchun mashina moyi yoki ohak surtiladi, keyin ichiga armatura joylanib beton qorishma quyiladi.
Beton ochiq havoda 7-10 kun qotganidan keyin (agar konstruksiya ustiga brezent yopib suv bug‘ida qotirilsa, 26-30 soatdan keyin) qolipdan ajratib olinadi. Qishda yaxlit beton konstruksiyalardan bino qurish qiyinchiliklar tug‘diradi. Chunki beton qorishma harorat 3-4°S bo‘lganda isitilmasa, unda qotish jarayoni to‘xtaydi. Agar beton yaxshi qotmay muzlab qolsa, konstruksiyaning umumiy mustahkamligi 50-60 %ga qadar kamayib ketadi. Yig‘ma temir-beton elementlar maxsus zavodlarda yoki ishlab chiqarish ishlari yaxshi mexanizatsiyalashgan tajriba maydonlarida ishlanadi. Yig‘ma temir-beton elementlardan qurilgan binoning tannarxi yaxlit beton konstruksiyalardan qurilganiga nisbatan birmuncha qimmatroq bo‘ladi.
Beton tabiiy toshlar singari siqilishga mustahkamligi yuqori. Ammo, uning egilishga va cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamligi birmuncha kichik. Betonning bu xususiyatini yaxshilash maqsadida unga po‘lat armaturalar qo‘yiladi (1-rasm). Beton po‘lat sterjen bilan armaturalangan bo‘lsa, u temir-beton deb ataladi. Aslida armatura temirdan emas, po‘latdan tayyorlanganligi sababli, temir-beton o‘rniga po‘lat-beton deyish to‘g‘riroq bo‘lardi.

1- rasm. Beton va temir-beton to‘sinning egilish sxemasi:
a- egilish kuchi yuqori, b- egilish kuchi me’yorida

Beton qorishmasi ochiq havoda qotganda hajmi biroz kichraya-di, ya’ni kirishadi. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin. Sement xamiri toshga aylanish jarayonida ortiqcha kimyoviy birikmagan suvning bir qismi bug‘lanib ketadi va natijada sement toshida kirishish ro‘y beradi. Bu esa beton qorishmasining qotishida sement xamirining armatura bilan mahkam yopishishiga imkon beradi. Armatura sirti qancha katta bo‘lsa, yopishish mustahkamligi bilan konstruksiyaning umumiy pishikdigi ortadi. Qulay sharoitda armatura bilan betonning yopishish mustahkamligi ortib boradi. Diametri 3 sm.li po‘lat ilmoq beton qorishmasiga 30 sm. gacha botirib qotirilgandan keyin, u 5-6 t yukni bemalol ko‘tara oladi. Betonning armatura bilan mahkam yopishishligi uning siqilishidagi mustahkamligini yanada oshirishga imkon beradi. Yuzi 1 sm2 ga teng bo‘lgan armatura, odatda, 15-20 sm2. yuzali beton o‘rnini bosishi mumkin. Shu sababli temir-beton konstruksiyalar tabiiy tosh va betonlarga nisbatan ancha yengil va nafisdir. Armaturani zanglashdan saqiovchi beton qatlamining qalinligi 1,0- 2,5 sm qilib olinadi.


Betonning cho‘zilishga mustahkamligi siqilishdagiga nisbatan 15-30 marta kam. Temir-betonda bu kamchilik uning cho‘zilish zonasiga armatura qo‘yish yo‘li bilan bartaraf qilinadi. Ammo, temir-beton konstruksiyalarning cho‘zilish zonasida bir necha yillardan keyin juda kichik darzlar (darzning eni 0,2 mm. dan kichik) paydo bo‘ladi. Bunday darzlar odatda konstruksiya uchun zararsiz deb topilgan. Agar darzlarning eni yuqoridagi ko‘rsatkichdan ortib ketsa, armatura zanglaydi, uning o‘tga chidamliligi va beton bilan yopishqokushgi kamayib, muqofazalovchi qatlam buziladi. Bu qatlam 10-35 mm. dan ortsa, konstruksiyaning umumiy mustahkamligi kamayadi. Armaturalar konstruksiyada joylanishiga va ko‘taradigan yukning miqdoriga qarab bir necha turga bo‘linadi: buyumning cho‘ziluvchan qismiga joylashgan, cho‘zuvchi kuchlarni qabul qiladigan ishchi armaturalar (2-rasm, 1, 2); armatura qovurg‘asining beton konstruksiyasi bilan birgalikda ishlashini ta’minlaydigan montaj armaturalari (plitalarda taqsimlash armaturalari deb ataladi, 2-rasm, 3); ishchi va montaj armaturalarini o‘zaro birlashtiradigan, konstruksiyada darzlarning hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan ko‘ndalang joylashgan armaturalar xomutlar deb ataladi (2-rasm, 4, 5). Buyumga moslab tayyorlangan armatura qovurg‘a qolipga qo‘zg‘almaydigan qilib o‘rnatiladi. Armatura bilan qolip devorlari o‘rtasida saklovchi qatlam qoldiriladi.
Temir-beton yig‘ma konstruksiyalarni tayyorlashning yangi usullaridan biri, ulardagi ishchi armaturani qorishmani solishdan oldin taranglashdir. Bu usul beton konstruksiyalarning egishdagi mustaxkamligini oshirishda, yig‘ma buyumlarni yengil va tejamli qilib ishlashda katta ahamiyatga ega.

2-rasm. Temir-beton to‘sinbop armatura qovurg‘a:
1-to‘g‘ri armaturalar; 2- o‘rdaksimon bukilgan armaturalar; 3- montaj armaturalar; 4- ochiq xomutlar; 5-tutash xomutlar; 6- anker ilmoqlar.

Oldindan taranglashning ma’nosi shundaki, armatura qolipga o‘rnatilgandan keyin cho‘ziladi va tayanchlarga mahkamlanadi. Shundan keyin qolipga beton qorishmasi joylanadi. Beton mustahkamligi loyihada ko‘rsatilgan mustahkamlikning 70-80 %iga yetganda, cho‘zilgan armatura bo‘shatiladi. Shunda armatura qisqarishga intilib, beton konstruksiyani kuch tushadigan tomonga nisbatan sezilarsiz darajada egadi (14.3-rasm).



3-rasm. Armaturasi oldindan taranglashgan betonning ishlash sxemasi:
a-kuch qo‘yilishdan oldin; b-kuch quyilgandan keyin.

Natijada, betonga yuk qo‘yilganda undagi armaturada xavfli cho‘ziluvchanlik zo‘riqishi paydo bo‘lmaydi.


Hozirgi vaqtda armaturani taranglashning bir necha usullari mavjud:
a) armatura dastasi gidravlik domkratlar vositasida taranglanadi. Bunda armaturaning bir uchi qolipga mahkamlanadi, ikkinchi uchi esa domkratlar bilan tortib taranglanadi, keyin qolipga beton quyiladi. Beton qotgandan so‘ng, armatura bo‘shatiladi (4-rasm, d-j).
b) po‘lat armatura elektrotermik usulda taranglashda elektr toki bilan kerakli uzunlikkacha qizdiriladi va tezda qolipga o‘rnatilib, uning ikki uchi mahkamlanadi. Armaturaning sovishida cho‘zuvchi kuchlanish hosil bo‘ladi va qolipga betoi qorishmasi quyiladi (4-rasm, a-g).
v) sanoat qurilishida ko‘p ishlatiladigan temir-beton to‘sin va fermalar tayyorlanayotganda ularning cho‘zilish qismida naysimon teshik qoldiriladi. Armatura dastasi shu teshikdan o‘tkaziladi va domkratlar yordamida kerakli kuchlanishgacha taranglanadi. Keyin teshik sementli qorishma bilan nasos vositasida to‘ldiriladi, bu esa armaturaning to‘sin bilan birikishini ta’minlaydi. Qorishma qotgandan keyin armatura bo‘shatiladi (4-rasm, z-y).



4-rasm. Armaturani oldindan taranglash usullari:
a-g - elektrotermik usulda cho‘zish; d-j - domkratlar bilan cho‘zish; z-y - beton qotgandan keyin domkratlar bilan cho‘zish; 1-cho‘zishga tayyorlangan armatura; 2- anker; 3-tayanch; 4- buyum; 5- teshik; 6- qorishma; 7-domkratning armaturani cho‘zguncha bo‘lgan holati; 8- cho‘zgandan keyingi holati.

Armaturasi oldindan taranglangan temir-beton konstruksiyalarni tayyorlashda 20-30 %gacha armatura po‘latini, 50-60 %gacha beton qorishmasini tejash mumkin.


Beton konstruksiyalari va buyumlarni stend usulida tayyorlashda beton qorishmasini qoliplash, qotirish va buyumni pardozlash kabi ishlar bir joyda, ya’ni stendda bajariladi. Yuqoridagi jarayonlar bir stenddan ikkinchisiga o‘tish orqali ketma-ket bajariladi.
Stend texnologiyasi katta uzushshkdagi va og‘ir buyumlarni tayyorlashda, shuningdek, oqim-agregat usuli bilan tayyorlash mumkin bo‘lmagan konstruksiyalarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.

Download 140.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling