Motsart — och va yupun daho
Download 140.87 Kb.
|
Motsart
Motsart — och va yupun daho Mosart shu darajada kambag‘al ediki, u o‘zining faqirona, g‘arib uyini isitish uchun bir bog‘lam o‘tin xarid qila olmasdi. Shu bois nomini abadiylashtirgan ilohiy musiqalarni yaratayotib, qo‘llariga jun paypoq kiyib o‘tirar, shu bilan issiqni saqlamoqchi bo‘lardi. Mosart o‘ttiz besh yoshida sil kasali bilan og‘rib, vafot etgan. Bu davrga kelib, uning hayotiy quvvati, darmoni tamomila poyoniga yetgan, ochlik, sovuq va hayotning tartibga solinmagan uqubatlari bu odamni adoyi tamom qilgandi. Volfgang Amadey Mosart (Mozart) (1756.27.1, Zalsburg — 1791.5.12, Vena) — avstriyalik kompozitor. Vena klassik maktabining yirik namoyandasi. Sozanda, o‘qituvchi va kompozitor. Leopold Mosartning o‘g‘li va shogirdi. Yoshligidanoq noyob musiqiy iste’dod va xotira egasi, virtuoz sozanda (pianinochi, skripkachi), mohir dirijyor va kompozitor sifatida tanilgan: 5 yoshidan ilk musiqa asarlarini ijod etgan, 6 yoshdan butun Yevropa bo‘ylab gastrolda bo‘lgan. 1770 y.dan Bolonya Filarmoniya akademiyasi a’zosi. Zalsburg knyaz- arxiepiskop saroyida konsertmeyster (1769—77) va organchi (1779—81), Avstriya imperatori Iosif II saroyida musiqachi va kompozitor (1787 y.dan). Ma’rifatchilik davri g‘oyalari ta’siri ostida kamol topgan Mosartning ijodi 18-a.ning badiiy cho‘qqilaridan biri. Mosart uslubida klassitsizmga xos ratsionalizm mezonlari b-n birga sentimentalizm xususiyatlari o‘zaro tutashgan. Keng qamrovli musiqiy-badiiy obrazlar dunyosida jo‘shqinlik va chuqur ehtiros, iroda va matonat, ayni paytda nafis-lik va mayinlik xususiyatlari keng o‘rin olgan. Uning shodlik, xushchaqchaq tuyg‘ularga boy, hayotbaxsh ijodida fojia mavzulari, dard-alam kayfiyatlari ham chuqur ifoda topgan. Eng yirik musiqa ustalari o‘rtasida M. o‘z ijodining serqatlamligi va kengligi b-n ajralib turadi. Mosart deyarli barcha musiqa janrlariga murojaat etib, 600 ga yaqin asar yaratgan, musiqa tarixida go‘zallik va mukammal garmoniya timsoli sifatida o‘z nomini qoldirgan. Mosart operaning yangi turlarini yaratgan. «Figaroning uylanishi» opera-komediyasi (1786), «Don Juan» opera-dramasi (1787), «Seholi fleyta» milliy opera-ertagi (1791) va b. (jami 17 ta) jahon musiqali teatri xazinasining durdonalariga aylangan. Bulardan «Zaida» (1780), «Haramdan olib qochish» (1782), «Qo-hira g‘ozi» (1783) kabi operalarida Sharq mavzulariga murojaat qilgan. Mosart ijodida simfoniya (50 ga yaqin), cholg‘u konsert (40 ga yaqin), torli kvartet (23 ta), fortepiano sonatasi (21 ta) rivoj topdi. Mosart, shuningdek, turli cholg‘u asarlar, kantata, messa, kamer ansambllar, qo‘shiklap muallifi. Uning so‘nggi asari — «Rekviem» (1791, shogirdi F. Zyusmayer tugallagan) mazkur janrning mumtoz namunasiga aylangan. Zalsburgda xalqaro «Mosarteum» (tarkibida ilmiy, o‘quv, konsert bo‘limlari mavjud) muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda (1880 y.dan). osart shu darajada kambag‘al ediki, u o‘zining faqirona, g‘arib uyini isitish uchun bir bog‘lam o‘tin xarid qila olmasdi. Shu bois nomini abadiylashtirgan ilohiy musiqalarni yaratayotib, qo‘llariga jun paypoq kiyib o‘tirar, shu bilan issiqni saqlamoqchi bo‘lardi. Mosart o‘ttiz besh yoshida sil kasali bilan og‘rib, vafot etgan. Bu davrga kelib, uning hayotiy quvvati, darmoni tamomila poyoniga yetgan, ochlik, sovuq va hayotning tartibga solinmagan uqubatlari bu odamni adoyi tamom qilgandi. Mosartning g‘aribona dafn etilish marosimi hammasi bo‘lib bir funt sterlingga tushgan. Uning oddiy qarag‘ay tobutini faqat olti kishi kuzatib borgan, ammo yomg‘ir yoqqani bois ular tezda qabristondan ortga qaytganlar. Bizning dunyoda yangilikning o‘zi yo‘q. Muqaddas kitoblarda ham baxtli va baxtdan mosuvo oilalar to‘g‘risida ma’lumotlarni uchratish mumkin. «Qo‘shiqlar qo‘shig‘i»ning shoh Sulaymonga oid bandida kelin-kuyovning to‘ydagi suhbati bag‘oyat romantik ruhda ehtiros bilan kuylanadi. «Sening erkalashlaring menga sharobdan afzal!» ─ deydi kelin. «Sen go‘zalsan, sevgilim! ─ javob beradi kuyov. ─ Men seni sevaman… suyukligim…» Yoqub va Rohila o‘rtasidagi voqea sevishganlar tarixidagi eng ta’sirchan lavhadir. Ibrohimning nabirasi Yoqub ota-onasi bilan yashardi. Uylanish vaqti yetgach, onasi uni o‘zining yurtiga kelin tanlash uchun yuboradi. Yoqub u yerda Rohilani uchratib, sevib qoladi. Odatga ko‘ra, Yoqub qizning otasi qo‘lida yetti yil ishlashi, shundan keyin u qizini berishga rozilik bildirardi. Ammo nikoh kechasi ota kuyovni aldaydi: Yoqubni Rohilaga emas, boshqa xunuk qiziga uylantiradi. Yoqub uning qo‘lida yana yetti yil ishlaydi. U sevgilisiga yetishishni orzu qiladi, xizmat qilgan yillari ham xuddi bir kunday o‘tib ketadi. Yoqubning muhabbati shu qadar kuchli edi. Sizning mehr-muhabbatingiz-chi? Foydasiz tanqiddan tiyilish uchun yetmaydimi u? Esingizda bo‘lsin, siz tanqid qilishdan faqat yutqazasiz, xolos. Tanqid yordamida ahvolni og‘irlashtirish mumkin. Shusiz ham vaziyat murakkablashgandir, ehtimol. Mosart haqida yozilgan barcha tarjimai hollarda uning uylanishi hayotini yakunlagan, deb hisoblaydilar. Masalan, Karl Kobald qayd etishicha, «Mosartning uylanishi og‘ir hayot yo‘liga kirishining muqaddimasi bo‘lgandi. Qashshoqlik bilan tinka-madorni quritadigan kurash boshlandi. Bu yashab qolish uchun boy berilgan kundalik kurash edi». Uning ikki o‘g‘li bor edi. Xotini Konstansa er-xotinlik davrida olti marta homiladorlik va ko‘z yorishni boshdan o‘tkazgan. To‘ng‘ich farzandi bir necha oylik bo‘lgach, o‘ldi. Keyingi yili ikkinchi o‘g‘il Tomas tug‘ildi. Oila bir haftalik chaqaloq bilan Shulershtrassga, shinam uyga joylashdi. «Figaroning uylanishi» operasi o‘sha go‘shada yozilgan. Mosart va Konstansa uchun Venada o‘tkazilgan to‘rt yil eng baxtiyor lahzalar edi. Keyinchalik dunyoga kelgan ikki qizaloq ham go‘dakligida nobud bo‘ldi (birining oltita nomi bo‘lib, cho‘qintirgan otasi juda ko‘p bo‘lsa-da, bu yordam bera olmadi). 1786 yilda dunyoga kelgan o‘g‘il ham tug‘ilganidan bir oy o‘tgach o‘lgan. Eng kichik farzand Frans Ksaver Volfgang 1791 yilning iyun oyida dunyoga keldi. Noyabr oyida esa Mosart hayotdan ko‘z yumdi. Aka-uka Frans va Karl (ular o‘rtasidagi farq yetti yil bo‘lgan) naslni davom ettirishlari kerak edi. Ammo Milanda yashagan to‘ng‘ichi ham, hamma vaqt Polshada istiqomat qilgan musiqachi bo‘lmish kichigi ham zurriyot qoldirmadi. To‘qqiz yilda olti marta tug‘ish — ayol chekiga tushgan og‘ir mashaqqat. O‘lgan to‘rt nafar bola va chilparchin bo‘lgan orzu-umidlarni aytmaysizmi? Aftidan, Konstansa erini kun bo‘yi tanqid qilishga to‘la haqli edi. Ayniqsa, Mosartning so‘nggi kunlari nihoyatda mashaqqatli kechgan. Konstansa xasta va og‘ir mehnat tufayli butunlay holdan toygan erini ishdan chalg‘itishga uringan, hatto «Rekviem» (cherkov uchun motam kuyi)ni yashirgan. U havo ochiq kunlarda, Mosartni Prater parkiga olib borib, sayr qildirardi. Nima bo‘lganda ham Konstansa erini hushdan ketib qolguncha ishlatmaslikka urinardi. U singlisi Sofini bolalariga hamda ro‘zg‘origa qarashga ko‘maklashish uchun kelishini so‘radi. 20 noyabr kuni Volfgang omma oldida oxirgi marta chiqish qilib, so‘ng yotib qoldi. Umri nihoyasiga yetayotgan bir vaqtda yana ko‘chishga to‘g‘ri keldi. Ular «Figaroning to‘yi» operasi yozilgan shinam uyni tark etishadi. Sababi oddiy: mablag‘ yetishmasdi. Endi ular Venaning bir chekkasiga joylashadilar. Eng qayg‘uli voqealardan birida aytilishicha, ularning familiyasi yozilgan kumush anjom garovxonadan joy oldi. Bir kuni esa o‘tin xarid qilishga pul topilmadi. Shunda isinib olish uchun… raqsga tushdilar. E’tibor bering, er-xotin bir-birlarini tanqid qilishmadi, balki raqsga tushishdi. Vaholanki, ular bir-birlarini ayblashlari, bu haqorat darajasiga yetishi ham mumkin edi. Mosart daho bo‘lgan. Bunga hech kim shak-shubha bildirmaydi. Ammo er-xotindan faqat bittasi daho bo‘lsa, oilaviy hayotni baxtli qila oladimi? Konstansa oilani eplay olmaydigan erkakka turmushga chiqqani turgan gap. Uning eri favqulodda iqtidorli va haddan ziyod mehnatsevar kishi bo‘lgan, albatta. Mosartning nomi ma’lum doiralarda xitob bilan tilga olinar, ammo o‘zi hayot kechirish uchun pul ishlab topishdan ancha yiroq kishi edi. Konstansaning Volfgang bilan kechirgan har bir kuni, bu ─ mashaqqatlar, qiyinchiliklar, kasallik, homiladorlik, erining ish bilan haddan ziyod mashg‘ul bo‘lgani hamda oilaning og‘ir moddiy ahvolidan iborat edi. Bu turli serhimmat kishilarga tobe bo‘lishni ham o‘z ichiga olardi. Kichik shahardagi turli g‘iybatlarni aytmaysizmi, ko‘hna Venani-ku asti qo‘yavering! Bunday sharoitga chidash uchun benihoya kuchli sabr-toqatga ega bo‘lish kerak edi. 5 dekabrda umri tugayozgan musiqachi uchun shifokor chaqirishdi, ammo u haddan ziyod kechikib keldi. Jon berayotgan Mosartning yonida chuqur qayg‘uga botgan umidsiz ikki ayol ─ Konstansa hamda uning singlisi Sofi turardi. Konstansaning o‘sha oqshomdagi ahvoli to‘g‘risida hikoya qilishlaricha, u cho‘kkalab, yordam so‘rab, Xudoga iltijo qilgan. Yana bir gap: Konstansa jonsiz erining yoniga cho‘zilib, uning izidan ketmoqchi bo‘lgan. Vol`fgang Amadey Motsart (Mozart) (1756.27.1, Zal`tsburg — 1791.5.12, Vena) — avstriyalik kompozitor. Vena klassik maktabining yirik namoyandasi. Sozanda, o’qituvchi va kompozitor. Leopol`d Motsartning o’g’li va shogirdi. Yoshligidanoq noyob musiqiy iste’dod va xotira egasi, virtuoz sozanda (pianinochi, skripkachi), mohir dirijyor va kompozitor sifatida tanilgan: 5 yoshidan ilk musiqa asarlarini ijod etgan, 6 yoshdan butun Yevropa bo’ylab gastrolda bo’lgan. 1770 y.dan Bolon`ya Filarmoniya akademiyasi a’zosi. Zal`tsburg knyaz`- arxiepiskop saroyida kontsertmeyster (1769—77) va organchi (1779—81), Avstriya imperatori Iosif II saroyida musiqachi va kompozitor (1787 y.dan). Ma’rifatchilik davri g’oyalari ta’siri ostida kamol topgan Motsartning ijodi 18-a.ning badiiy cho’qqilaridan biri. Motsart uslubida klassitsizmga xos ratsionalizm mezonlari b-n birga sentimentalizm xususiyatlari o’zaro tutashgan. Keng qamrovli musiqiy-badiiy obrazlar dunyosida jo’shqinlik va chuqur ehtiros, iroda va matonat, ayni paytda nafis-lik va mayinlik xususiyatlari keng o’rin olgan. Uning shodlik, xushchaqchaq tuyg’ularga boy, hayotbaxsh ijodida fojia mavzulari, dard-alam kayfiyatlari ham chuqur ifoda topgan. Eng yirik musiqa ustalari o’rtasida M. o’z ijodining serqatlamligi va kengligi b-n ajralib turadi. Motsart deyarli barcha musiqa janrlariga murojaat etib, 600 ga yaqin asar yaratgan, musiqa tarixida go’zallik va mukammal garmoniya timsoli sifatida o’z nomini qoldirgan. Motsart operaning yangi turlarini yaratgan. «Figaroning uylanishi» opera-komediyasi (1786), «Don Juan» opera-dramasi (1787), «Seholi fleyta» milliy opera-ertagi (1791) va b. (jami 17 ta) jahon musiqali teatri xazinasining durdonalariga aylangan. Bulardan «Zaida» (1780), «Haramdan olib qochish» (1782), «Qo-hira g’ozi» (1783) kabi operalarida Sharq mavzulariga murojaat qilgan. Motsart ijodida simfoniya (50 ga yaqin), cholg’u kontsert (40 ga yaqin), torli kvartet (23 ta), fortepiano sonatasi (21 ta) rivoj topdi. Motsart, shuningdek, turli cholg’u asarlar, kantata, messa, kamer ansambllar, qo’shiklap muallifi. Uning so’nggi asari — «Rekviem» (1791, shogirdi F. Zyusmayer tugallagan) mazkur janrning mumtoz namunasiga aylangan. Zal`tsburgda xalqaro «Motsarteum» (tarkibida ilmiy, o’quv, kontsert bo’limlari mavjud) muassasasi faoliyat ko’rsatmoqda (1880 y.dan). otsart shu darajada kambag’al ediki, u o’zining faqirona, g’arib uyini isitish uchun bir bog’lam o’tin xarid qila olmasdi. Shu bois nomini abadiylashtirgan ilohiy musiqalarni yaratayotib, qo’llariga jun paypoq kiyib o’tirar, shu bilan issiqni saqlamoqchi bo’lardi. Motsart o’ttiz besh yoshida sil kasali bilan og’rib, vafot etgan. Bu davrga kelib, uning hayotiy quvvati, darmoni tamomila poyoniga yetgan, ochlik, sovuq va hayotning tartibga solinmagan uqubatlari bu odamni adoyi tamom qilgandi. Motsartning g’aribona dafn etilish marosimi hammasi bo’lib bir funt sterlingga tushgan. Uning oddiy qarag’ay tobutini faqat olti kishi kuzatib borgan, ammo yomg’ir yoqqani bois ular tezda qabristondan ortga qaytganlar. Bizning dunyoda yangilikning o’zi yo’q. Muqaddas kitoblarda ham baxtli va baxtdan mosuvo oilalar to’g’risida ma’lumotlarni uchratish mumkin. «Qo’shiqlar qo’shig’i»ning shoh Sulaymonga oid bandida kelin-kuyovning to’ydagi suhbati bag’oyat romantik ruhda ehtiros bilan kuylanadi. «Sening erkalashlaring menga sharobdan afzal!» — deydi kelin. «Sen go’zalsan, sevgilim! — javob beradi kuyov. — Men seni sevaman… suyukligim…» Yoqub va Rohila o’rtasidagi voqea sevishganlar tarixidagi eng ta’sirchan lavhadir. Ibrohimning nabirasi Yoqub ota-onasi bilan yashardi. Uylanish vaqti yetgach, onasi uni o’zining yurtiga kelin tanlash uchun yuboradi. Yoqub u yerda Rohilani uchratib, sevib qoladi. Odatga ko’ra, Yoqub qizning otasi qo’lida yetti yil ishlashi, shundan keyin u qizini berishga rozilik bildirardi. Ammo nikoh kechasi ota kuyovni aldaydi: Yoqubni Rohilaga emas, boshqa xunuk qiziga uylantiradi. Yoqub uning qo’lida yana yetti yil ishlaydi. U sevgilisiga yetishishni orzu qiladi, xizmat qilgan yillari ham xuddi bir kunday o’tib ketadi. Yoqubning muhabbati shu qadar kuchli edi. Sizning mehr-muhabbatingiz-chi? Foydasiz tanqiddan tiyilish uchun yetmaydimi u? Esingizda bo’lsin, siz tanqid qilishdan faqat yutqazasiz, xolos. Tanqid yordamida ahvolni og’irlashtirish mumkin. Shusiz ham vaziyat murakkablashgandir, ehtimol. Motsart haqida yozilgan barcha tarjimai hollarda uning uylanishi hayotini yakunlagan, deb hisoblaydilar. Masalan, Karl Kobal`d qayd etishicha, «Motsartning uylanishi og’ir hayot yo’liga kirishining muqaddimasi bo’lgandi. Qashshoqlik bilan tinka-madorni quritadigan kurash boshlandi. Bu yashab qolish uchun boy berilgan kundalik kurash edi». Uning ikki o’g’li bor edi. Xotini Konstantsa er-xotinlik davrida olti marta homiladorlik va ko’z yorishni boshdan o’tkazgan. To’ng’ich farzandi bir necha oylik bo’lgach, o’ldi. Keyingi yili ikkinchi o’g’il Tomas tug’ildi. Oila bir haftalik chaqaloq bilan Shulershtrassga, shinam uyga joylashdi. «Figaroning uylanishi» operasi o’sha go’shada yozilgan. Motsart va Konstantsa uchun Venada o’tkazilgan to’rt yil eng baxtiyor lahzalar edi. Keyinchalik dunyoga kelgan ikki qizaloq ham go’dakligida nobud bo’ldi (birining oltita nomi bo’lib, cho’qintirgan otasi juda ko’p bo’lsa-da, bu yordam bera olmadi). 1786 yilda dunyoga kelgan o’g’il ham tug’ilganidan bir oy o’tgach o’lgan. Eng kichik farzand Frants Ksaver Vol`fgang 1791 yilning iyun` oyida dunyoga keldi. Noyabr` oyida esa Motsart hayotdan ko’z yumdi. Aka-uka Frants va Karl (ular o’rtasidagi farq yetti yil bo’lgan) naslni davom ettirishlari kerak edi. Ammo Milanda yashagan to’ng’ichi ham, hamma vaqt Pol`shada istiqomat qilgan musiqachi bo’lmish kichigi ham zurriyot qoldirmadi. To’qqiz yilda olti marta tug’ish — ayol chekiga tushgan og’ir mashaqqat. O’lgan to’rt nafar bola va chilparchin bo’lgan orzu-umidlarni aytmaysizmi? Aftidan, Konstantsa erini kun bo’yi tanqid qilishga to’la haqli edi. Ayniqsa, Motsartning so’nggi kunlari nihoyatda mashaqqatli kechgan. Konstantsa xasta va og’ir mehnat tufayli butunlay holdan toygan erini ishdan chalg’itishga uringan, hatto «Rekviem» (cherkov uchun motam kuyi)ni yashirgan. U havo ochiq kunlarda, Motsartni Prater parkiga olib borib, sayr qildirardi. Nima bo’lganda ham Konstantsa erini hushdan ketib qolguncha ishlatmaslikka urinardi. U singlisi Sofini bolalariga hamda ro’zg’origa qarashga ko’maklashish uchun kelishini so’radi. 20 noyabr` kuni Vol`fgang omma oldida oxirgi marta chiqish qilib, so’ng yotib qoldi. Umri nihoyasiga yetayotgan bir vaqtda yana ko’chishga to’g’ri keldi. Ular «Figaroning to’yi» operasi yozilgan shinam uyni tark etishadi. Sababi oddiy: mablag’ yetishmasdi. Endi ular Venaning bir chekkasiga joylashadilar. Eng qayg’uli voqealardan birida aytilishicha, ularning familiyasi yozilgan kumush anjom garovxonadan joy oldi. Bir kuni esa o’tin xarid qilishga pul topilmadi. Shunda isinib olish uchun… raqsga tushdilar. E’tibor bering, er-xotin bir-birlarini tanqid qilishmadi, balki raqsga tushishdi. Vaholanki, ular bir-birlarini ayblashlari, bu haqorat darajasiga yetishi ham mumkin edi. Motsart daho bo’lgan. Bunga hech kim shak-shubha bildirmaydi. Ammo er-xotindan faqat bittasi daho bo’lsa, oilaviy hayotni baxtli qila oladimi? Konstantsa oilani eplay olmaydigan erkakka turmushga chiqqani turgan gap. Uning eri favqulodda iqtidorli va haddan ziyod mehnatsevar kishi bo’lgan, albatta. Motsartning nomi ma’lum doiralarda xitob bilan tilga olinar, ammo o’zi hayot kechirish uchun pul ishlab topishdan ancha yiroq kishi edi. Konstantsaning Vol`fgang bilan kechirgan har bir kuni, bu — mashaqqatlar, qiyinchiliklar, kasallik, homiladorlik, erining ish bilan haddan ziyod mashg’ul bo’lgani hamda oilaning og’ir moddiy ahvolidan iborat edi. Bu turli serhimmat kishilarga tobe bo’lishni ham o’z ichiga olardi. Kichik shahardagi turli g’iybatlarni aytmaysizmi, ko’hna Venani-ku asti qo’yavering! Bunday sharoitga chidash uchun benihoya kuchli sabr-toqatga ega bo’lish kerak edi. 5 dekabrda umri tugayozgan musiqachi uchun shifokor chaqirishdi, ammo u haddan ziyod kechikib keldi. Jon berayotgan Motsartning yonida chuqur qayg’uga botgan umidsiz ikki ayol — Konstantsa hamda uning singlisi Sofi turardi. Konstantsaning o’sha oqshomdagi ahvoli to’g’risida hikoya qilishlaricha, u cho’kkalab, yordam so’rab, Xudoga iltijo qilgan. Yana bir gap: Konstantsa jonsiz erining yoniga cho’zilib, uning izidan ketmoqchi bo’lgan. Download 140.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling