Мs excel da


Download 402 Kb.
bet1/3
Sana09.01.2022
Hajmi402 Kb.
#268078
  1   2   3
Bog'liq
Excelda ishlash






O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

Surxondaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi

Sariosiyo tumani xalq ta’limi bo’limi
9- maktabning

Informatika fani o’qituvchisi


Qudratov Nuriddinning


« МS EXCEL DA MATEMATIK FORMULALAR BILAN ISHLASH»

mavzusida tayyorlagan



(-sinf uchun)


Sariosiyo-2012

Informatika 8-sinf 23-dars

Мавзу: МS Excel да matematik formulalar bilan ishlash

Darsning maqsad va vazifalari:

Maqsadlar:

Ta’limiy maqsad:O’quvchilarni elektron jadvalning matematik, mantiqiy, statistik va matn funksiyalari bilan tanishtirish. Excel elektron jadvalida bu funksiyalardan foydalanish ko’nikmasini hosil qilish.

Tarbiyaviy maqsad:O’quvchilarga estetik tarbiya berish, vaqtdan unumli foydalanish ruhida tarbiyalash

Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni oshirish, ularni hisobchilik kasbiga yo’llash

Vazifalar:

- o’quvchilar elektron jadval yacheykalariga sonli va matnli ma’lumotlar yoza olishlari,

- elektron jadvalda formulalarni qо‘llay bilishlari kerak.

Asosiy tushunchalar:

-Absolyut va nisbiy murojaat;

-matematik, mantiqiy, statistik va matn funksiyalari;

-funksiya argumenti;

-katakcha formati.

Darsga kerakli bo’lgan jihozlar:

Informatika va hisoblash texnikasi asoslari darsligi va plakat tayyorlab qo‘yiladi. Tarqatma materiallar tayyorlab qo‘yiladi O‘qituvchi tomonidan kompyuterlarga MS Excel dasturi ishga hozirlanadi. Mavjud elektron darslik va elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi.

Dars uslubi:

Savol-javob va munozara



DARS REJASI:

1.

O`qituvchining kirish so`zi.

3( daqiqa)

2.

Uyga berilgan МS Excel da matematik amallar va funksiyalarni qo‘llash hamda Takrorlash darsi mavzusiga oid bilimlarni tekshirish.

8 (daqiqa)

3.

O‘quvchilar bilimini tekshirish. Munozara orqali oldingi o’tilgan mavzuni mustahkamlash –

3 (daqiqa)

4.

Yangi mavzu bayoni. O‘qituvchining ma’ruzasi. Mavzuni kompyuter orqali amaliy ishlash bilan tushuntiriladi

20(daqiqa)

5.

Mavzuni mustahkamlash. (7 daqiqa)

7 (daqiqa)

6.

O`quvchilarni rag‘batlantirish, baholash (Baholash uchun rag’bat kartochkalari o‘qituvchi tomonidan rag‘bat doirachalari oldindan tayyorlab qo‘yiladi va ularni dars boshida tushuntirilib o’tadi. Bunda qizil ranglisi-5 ball, yashil-4 ball, binafsha-3 ball, ko’k-2 ball, sariq-1 ball bilan belgilanadi)

2 (daqiqa)

7.

Uyga vazifa berish

2 (daqiqa)



Download 402 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling