Muallif: Qadamova Anabibi Umarbek qizi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 1-kurs talabasi


Download 16.72 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi16.72 Kb.
#1052355
Bog'liq
Anabibi


Kitob - saodatga eltuvchi nur!

Muallif: Qadamova Anabibi Umarbek qizi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 1-kurs talabasi.


Kalit so‘zlar: kitob, kitob - saodat kaliti, ilm - boylik, kitob - sehrgar.


Annotatsiya: Ushbu maqolamda hozirgi kunda va o‘tmishda insonlar hayotida kitobning tutgan o‘rnini ochib berishga harakat qildim. Hozirgi kunda yoshlar o‘rtasida savodxonlikni oshirish maqsadida qilinayotgan ishlarni ham keltirib o‘tdim.


Kitob musibatli kunda yordamga keluvchi do‘st, to'g'ri yo‘l ko‘rsatuvchi ustoz, baxtiyor kunlarimizning asl sababchisi. Kitob o‘qigan kam bo‘lmaydi. Niholning o‘sishi, gullashi uchun suv naqadar zarur bo‘lsa, kishining kamol topishi uchun kitob shu qadar zarurdir. Kitobxonlik — ta’lim-tarbiyaning asosiy bo‘g‘ini, o‘qish — hayotning eng buyuk falsafasi, muvaffaqiyatlar kalitidir.


Kitoblar zamonlar to‘lqinlarida suzuvchi va o‘zining qimmatbaho yukini avlodlardan avlodlarga avaylab eltuvchi tafakkur kemalaridir. Kitob o‘qish- jamiyatning umumiy saviyasini ko‘taradigan, demak, taraqqiyotga, rivojlanishga xizmat qiladigan muhim omildir. Shuni hisobga olgan holda jannatmakon yurtimizda kitobga muhabbat, e’tibor o‘zgacha. Buyuk mutafakkirlardan biri aytganidek, kitob- sehrgar. Kitob dunyoni qayta qurdi. Unda odamzodning aqli mujassam, u kishilik tafakkurining ustuni. Kitobsiz olam yovvoyilar olamidir. Bugun yoshlar orasida shunday bebaho boylikka bo‘lgan e’tibor qanday? Keling, shu masalada mulohaza yuritib ko‘ramiz. Kitob insoniyat ijodiyotining chinakam hayratlanarli va e’tiborga loyiq ko‘rinishidir. Kitoblarda kechmish, zamonlarning aql-idroki yashaydi, xoki, tuproqlari, tush singari allaqachonlar to‘zg‘ib ketgan odamlarning ovozi burro va aniq yangrab turadi. Insoniyat yaratgan, qayta-qayta o‘ylab ko‘rgan va u erishgan narsalarning bari-xuddi sehrli sandiqdek kitoblar saqifalarida saqlanib qolgan. Ushbu sehrli sandiqlarni ochish va undan foydalanish bugun ko‘ngildagidek emasligi, sir emas. To‘g‘ri, ayrim tengdoshlarimiz kitobsiz hayotini tasavvur qilolmaydi. Shu tufayli yuksak natijalarga erishib, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanmoqda. Ammo ayrim tengdoshlarimiz borki ular vaqtning qadrini bilmaydi. Oltindek fursatlarni qandaydir keraksiz suhbatlaru, nojo‘ya amallarga sarflaydi. Kelajaklari uchun qayg‘urishmaydi. Kitoblarda qanchadan-qancha katta ilm hazinasi yashiringanligini hayollariga ham keltirishmaydi. Mustaqil yurtimizda o‘qib-o‘rganish uchun barcha sharoitlar yetarli. Buyuk adib Asqad Muxtorning shunday fikrlari bor:"O‘qishlar har xil bo‘ladi. Birov ermak uchun o‘qiydi, birov hordiq chiqarish uchun; birov o‘qiyotgan kitobini ilmiy tahlil qilish uchun ya’ni "burch yuzasidan”, birov bo‘lak mashg‘ulot bo‘lmaganidan vaqt o‘tkazish uchun, birov asardagi voqeaga, qahramonning taqdiriga qiziqib o‘qiydi”.Shu tufayli bir asar insonlarga turlicha ta’sir qiladi. Bolalar kitobni shunchaki qo‘lga olishlari emas, undan hayotni, insoniylikni, odob-axloqni, sabr-toqatni, sadoqatni, jasurlikni, kamtarlikni o‘rganishlari kerakligini uqtirish va ularning murg‘ak tafakkurida tug‘ilgan har bir fikrni tinglab muhokama qilish bolaning dunyoqarashini shakllantirishda muhim omil sanaladi. Ilm sahroda do‘st, hayot yo‘llarida tayanch, yolg‘izlik damlarida yo‘ldosh, baxtiyor daqiqalarda rahbar, qayg‘uli damlarda madadkor, odamlar orasida zebu ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda quroldir. Zero, buyuk mutafakkir Rudakiy aytganidek, "Ilmdan yaxshiroq hazina bo‘lmas, qo‘lingdan kelgancha tera olsang bas”. Bunday satrlar har bir o‘zbek farzandining diliga muxrlanishini niyat qilib qolamiz. Kitobga, kitobxonlikka katta e’tibor qaratilayotgan bir vaqtda maktablar, umuman, ta’lim muassasalari kutubxonalarini ham talab darajasida jihozlash, kerakli adabiyotlar bilan ta’minlash masalasi oldimizda turgan muhim vazifadir. To‘g‘ri, biz izlagan asarlarni boshqa joylardan topish mumkin. Ammo maktab kutubxonasida qancha kitob fondi bo‘lishi kerak? Bu o‘quvchi soniga bog‘liqmi yoki boshqa talablargami? Aslida, bir inson, bir ta’lim muassasasi uchun shuncha kitob yetarli deb cheklanib bo‘lmaydi. Lekin xalqimizning boy merosi hisoblangan xalq og‘zaki ijodi, yirik adiblarimiz va jahon adabiyotining durdona asarlari har bir kutubxonadan topilishi kerak. Masalaning moliyaviy tomonini hisobga olsak, kutubxona masalasida yirik tashkilotlar qatori ota-onalar, o‘qituvchilar homiyligidan foydalanish mumkin. Yurtimizda “Bir farzandga uch kitob” kabi aksiyalar o‘tkazib kelinmoqda. Ammo bu usul hali kutilgandek natija bermayapti. Ayrim ota-onalargina maktab kutubxonasi uchun yiliga bir-ikki kitob sovg‘a qilishi, ko‘pi bunga majbur emasligini iddao qilayotgani sir emas. Ota-onalar yig‘ilishlarida bu ishning muhimligini hayotiy misollar bilan, ta’sirchan tushuntirish ishlarini yo‘lga qo‘yish kerak. Yiliga har bir ota-ona, har bir o‘qituvchi maktab kutubxonasi uchun kamida bir donadan kitob sovg‘a qilsa, besh-olti yilda kutubxona ancha boyirdi. Nazarimda, muammoni quyidan yechishning eng samarali usuli bu. Katta natijaga ham kichigidan boshlab erishiladi, katta toqqa ham pastdan chiqiladi. O‘zimizda mavjud muammoni kimdir kelib, hal qilib berishini kutib o‘tirish zamondan orqada qolish emasmi?! Qo‘ldan keladigan ishni qilish kerak. Xalq — katta kuch. Oila, mahalla, maktab birdamligi ko‘plab muammoni o‘z joyida hal qilishga qodir. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak kitob insonnning eng yaqin do’sti, biz bu bemminnat do’stimizdan unumli foydalanib ma’nan boyishimiz mumkin.Kutubxona — ta’lim muassasasining yuzi, yoshlarning eng sevimli maskaniga aylanishi kerak. Aytishadi-ku, kitob saodat topish uchun o‘qilmaydi. Unutmaslik kerakki, kitob o‘qishning o‘zi — oliy saodatdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1.O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi .T.Davlat ilmiy nashriyoti. 2001.
2. Odobnoma 5-sinf. T.Sharq. 1998.
3.Bolalar ensiklopediyasi.T.Davlat ilmiy nashriyoti.2019.
Download 16.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling