Muallif: Tangirov Q. J


Download 15.73 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi15.73 Kb.
#1016101
Bog'liq
qo`shish


UOK.619.618.(075.8)
KBK:48.76 (Uzb)
MUALLIF:


Tangirov Q.J. Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti Zooinjeneriya veterinariya va ipakchilik kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi veterinariya fanlari nomzodi


Taqrizchilar:

Toshboev B.X. Surxondaryo viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i
Chorshanbiyev Sh.X. Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti Zooinjeneriya, veterinariya va ipakchilik kafedrasi katta o‘qituvchisi, veterinariya fanlari nomzodi

Ushbu o‘quv qo‘llanma Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti Zooinjeneriya, veterinariya va ipakchilik kafedrasining 18.03.2022 y. 12-sonli yig‘ilishida, Agrologistika va biznes fakulteti Uslubiy Kengashining 23.03.2022 y. 5-sonli, Agrologistika va biznes fakulteti kengashining 25.03.20022 y 8/1-sonli va institut olimlar Kengashining 4.04.2022 y. 8/4-5-sonli qarori bilan tasdiqlangan va nashr etishga tavsiya etilgan.


O‘quv qo‘llanma O‘zROO‘MTV tomonidan 29.08.2020 yilda tasdiqlangan “Akusherlik va hayvonlarni sun’iy urug‘lantirish fanining o‘quv dasturi” asosida tayyorlangan bo‘lib, oliy o‘quv yurtlarining 5410600 – Zooinjeneriya (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar va zootexnik mutaxassislari uchun mo‘ljallangan. O‘quv qo‘llanmada fan va amaliyotning keyingi yillardagi yutuqlarini hisobga olgan holda hayvonlar jinsiy a’zolarining tuzilishi va topografiyasining farqlanishi, turli hayvonlarni sun’iy urug‘lantirish, bug‘ozlik fiziologiyasi va patologiyasi, bug‘ozlik va bepushtlik diagnostikasi, hayvonlarning tug‘ishida yordam ko‘rsatish va yangi tug’ilgan hayvonlarni parvarishlash, akusher-ginekologik kasalliklar, sut bezlari kasalliklarining diagnostikasi, davolash va oldini olish hamda hayvonlarda bepushtliklarning diagnostikasi va guruh usulida oldini olish usullari bayon qilingan.




KIRISH
Aholining chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan talabini yanada yaxshiroq qondirish. Davlatimiz agrar siyosatining asosiy jabhalaridan biri hisoblanadi. Respublikamiz Prezidentining qator farmonlari va vazirlar mahkamasining qarorlarida aholining chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish iqtisodiy hamda siyosiy masala deb ta’kidlanadi.
Chorvachilik tarmog‘ini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish butun agrar tarmoqni rivojlantirish strategiyasining muhim qismidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida 28.01.2022 yilda qabul qilingan PF-60-sonidagi III strategiya “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash” bandida 2022-yilda chorvachilikda o‘sish sur’atini o‘rtacha 6,2 foizga oshirish choralarini ko‘rish. Shu jumladan qoramollar bosh sonini 14,5 mln boshga, shundan sigirlar bosh sonini 4,9 mln boshga yetkazish, buning natijasida go‘sht ishlab chiqarishni 2,7 mln tonnaga, sut — 12,2 mln tonnaga, 8,2 mlrd dona tuxum va 468,4 ming tn parranda go‘shti, 700 ming tonna baliq ishlab chiqarish ko’zda tutilgan. Chorva mollari bosh sonini ko‘paytirish va mahsuldorligini oshirish bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish bo’yicha quyidagi maqsadlar rejalashtirildi.
Chorvachilik sohasida 1868 ta loyihani amalga oshirish bo‘yicha moliyalashtirish manbalari aniq ko‘rsatilgan manzilli dasturni ishlab chiqish;
Download 15.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling