Muammoli savollar
Download 24.12 Kb.
|
7-amaliy mashgulot (1)
7- AMALIY MASHG'ULOT. Muammoli savollar: 1) Qanday sonlarga tub sonlar deyiladi? 2)Qanday sonlar murakkab sonlar deb ataladi? Murakkab sonlarni tub sonlar ko’paytmasi shaklida tasvirlash haqidagi teorema nimadan iborat? 3)Eratosfen g’alviri qanday tuzilgan? 4)Qanday tub sonlar egizak tub sonlar deb ataladi? 5)Berilgan sonning tub yoki murakkabligini qanday aniqlash mumkin? Javoblar. 1.Birdan katta natuaral son boʻlib, ikkita natural boʼluvchiga ega: 1 va oʻzi. Faqat ikkita bo’luvchiga ( 1ga va o’ziga ) ega bo’lgan birdan katta bo’lgan natural son tub son deyiladi 2. Agar sonning ikkitadan ortiq bo’luvchilari bo’lsa, bunday sonlar murakkab sonlar deyiladi. Masalan, 2;3;5;7;…- sonlari tub sonlar. 4;6;8;9;…- sonlari murakkab sonlar. Bir tub son ham, murakkab son ham bo’lmaydi. Bir shunday birgina maxsus natural son bo’lib, faqat bitta bo’luvchiga ega. Teorema: Birdan boshqa har qanday natural son hech bo’lmaganda bitta tub bo’luvchiga ega. Teorema: Tub sonlar soni cheksizdir. 100 dan kichik 25 ta tub son bor, 1000 dan kichik 168 ta, 9000000 gacha sonlar orasida 602567 ta tub son bor 3. Eratosfen g‘alviri. Tub sonlar jadvalini tuzishning qulay usulini eramizdan avvalgi III asrda Aleksandriyada yashagan grek matematigi va astronomi aniqlagani uchun uni Eratosfen g‘alviri deb ataladi. Bu usulga ko‘ra 2 dan biror n natural songacha bo‘lgan barcha natural sonlar yozib chiqiladi. So‘ng 2 dan boshqa barcha 2 ga karrali sonlar o‘chiriladi, bunda 2 dan boshqa barcha juft sonlar, ya’ni har ikkinchi son o‘chiriladi. 2 dan keyin o‘chirilmay qolgan 1 - son 3, endi 3 dan tashqari barcha 3 ga karrali sonlarni o‘chiramiz, bunda 3 dan boshlab har 3 -son o‘chiriladi, ba’zi sonlar 2 martadan o‘chiriladi. 3 dan keyin o‘chirilmay qolgan son 5 bo‘lgani uchun 5 dan tashqari barcha 5 ga karrali, ya’ni Har 5 -sonni o‘chiramiz. Shu taxlit l dan katta bo‘lmagan o‘chirilmay
23
qolgan songacha davom etgiriladi. Natijada n gacha bo‘lgan barcha tub sonlar qatoriga ega bo‘lamiz. Masalan n = 40 bo‘lsin. Quyidagi qatorga ega bo‘lamiz. 1
2 3 4 5 6 7 8 9
11
13
15
17
19
21
23
25
27
29
31
33
35
37
39
1 dan 40 gacha bo‘lgan tub sonlar quyidagilardan iborat: 2, 3, 5, 7, 11, 13, 17, 19, 23, 29, 31, 37. 4. Egizak tub sonlarni o’rganish natural qatorda tub sonlar taqsimlanishi xarakteri haqidagi ayrim tasavvurlarni beradi. (Egizak tub sonlar deb, ayirmalari 2 ga teng bo’lgan tub sonlarga aytiladi. Masalan, 3 va 5; 5 va 7; 11 va 13 va hokazo) Egizak tub sonlar to’plami chekli yoki cheksizligi fanga ham ma’lum emas. Hozircha bizga ma’lum bo’lgan eng katta egizak tub sonlar 3029867 va 3029869 sonlaridir. Misol: 919 sonni tub yoki murakkab son ekanligini aniqlash kerak bo’lsin dan kichik bo’lgan barcha tub sonlar 2;3;5;7;11;13;17;19;23;29 919 sonini bu sonlarning har biriga bo’lib tekshiramiz. 919 soni bu tub sonlarning hech biriga bo’linmaganligi sababli 919 soni tub son bo’ladi. 5. Har bir murakkab sonning hech bo’lmaganda bitta tub bo’luvchisi borligi ko’rsatilgan edi. Berilgan murakkab A sonning birdan boshqa eng kichik tub bo’luvchisi dan oshmasligini isbotlaymiz. Haqiqatan A sonning eng kichik tub bo’luvchisi q bo’lsin. A=q·A1 , bunda A1≥q Bundan AA1≥q2A1 ga ega bo’lamiz. Tengsizlikning ikkala tomonini A1 ga qisqartirib A≥q2 yoki q≤ ni hosil qilamiz. A sonning tub yoki murakkab son ekanligini aniqlash uchun A ni dan kichik bo’lgan tub sonlarga bo’lish shart. Agar A son dan kichik bo’lgan birorta tub songa bo’linmasa, bu holda A tub son bo’ladi. Misol: 919 sonni tub yoki murakkab son ekanligini aniqlash kerak bo’lsin.
Download 24.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling