Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti ekologiya-Fan nomi Energiya ta’minlash tizimlari-Kafedrasi Mustaqil ish Mavzu


Download 98 Kb.
Sana30.11.2020
Hajmi98 Kb.
#156500
Bog'liq
Mustaqil ish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Ekologiya-Fan nomi

Energiya ta’minlash tizimlari-Kafedrasi



Mustaqil ish

Mavzu:Ekologiya va ahloq

Guruh:OEL091

Bajardi:Qurbonboyev.X

Tekshirdi:Qodirov.F.M

TOSHKENT-2020



Qurbonboyev

Xurshidbek

kif3qurbonboyev@tuit.uz


Ekologiya va ahloq.

Reja:

  • Ekologiya nima?

  • Ekologiya va ahloq bog’liqligi.

  • Xulosa

Biz yashab turgan zaminda ekologiya tushunchasi juda muhim hisoblana-di.Masalan olayotgan nafasimiz tozaligi yoki ichayotgan suvimiz mikrobsiz ligi shu kabi sodda tushunchalar ekologiyani tashkil etadi. Ekologiya deyilganda ko‘chalarni toza tutish, suvlarni muhofaza qilish,havoni ifloslanishdan saqlash tushunilmaydi. Ekologiya- hayot jarayonlarini, insonning atrof-muhiti muammolarini o‘ziga xos uslublarda tadqiq qiladigan mustaqil fandir. Zamonaviy ekologiyaning metodik asosini tizimli yondashish, tabiatdagi kuzatuvlar, eksperiment va modellashtirish tashkil qiladi. Ekologiya ham tabiiy, ham ijtimoiy(gumanitar) fan hisoblanadi. biologik fan tushuniladi. Ekologiya «tabiiy uyimiz»ni o‘rganish, unda yashovchi barcha tirikorganizmlar va bu «uy»ning hayot uchun yaroqli qiluvchi barcha funksional jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Boshqacha qilib aytganda, ekologiya organizmlarning «yashash joyi» to‘g‘risidagi fan bo‘lib, unda asosiy e'tibor organizmlarning o‘zaro va tashqi muhit orasidagi bog‘lanishlar xarakteriga qaratiladi.Ekologiya antropogen va har xil omillar ta'sirida tabiatdagi bog‘lanishlarning buzilishi to‘g‘risida ma'lumot beradi. U tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Har yili o‘rmon xo‘jaliklari tabiatda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni yig‘ib olib, dori tayyorlash uchun topshirishadi. Agar yig‘ib olinayotgan o‘simliklar miqdori qayta o‘sib chiqayotgan o‘simliklar miqdoridan oshsa, unda o‘simliklar sekin—asta yo‘qola boshlaydi. Shuning uchun dorivor o‘simliklarni yig‘ish faqat ilmiy tomondan asoslangan me'yorlar asosida terib topshirilishi kerak. Bu me'yor va yig‘ish muddatlari o‘simliklar jamoasida qayta tiklanishi uchun zarur shart—sharoit va boshqalarni inobatga olib, ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Ekologiya bir necha fanlar kompleksidan iborat bo‘lib, biologic fanlar bu kompleksda asosiy bo‘lib qoladi. Chunki odam, hayvonlar va o‘simliklar dunyosi biologik ob'ektlar bo‘lib, ular bir—birlari va tashqi muhit bilan doimo aloqada. Hozirgi vaqtda ekologiyaning ma'nosi kengayib, u ekosistemalar to‘g‘risidagi fanga aylangan. O‘rta asrlarda yashagan Abu Ali Ibn Sino dorivor o‘simliklarning morfologiyasi, nomlarining kelib chiqishi, tarkibi va geografiyasini o‘rganib, ular to‘g‘risida ma'lumotlar qoldirgan. Ekologik ma'lumotlarni XI asrda Sharqiy Turkistonda yashagan Mahmud qoshg‘ariyning ishlarida uchratamiz. Uning yozgan kitoblarida 200 ta o‘simlik to‘g‘risida ekologik, morfologik va geografik ma'lumotlar bor. O‘rta Osiyo o‘simliklari va hayvonlariga doir botanik va geografik ma'lumotlarni Z. Bobur asarlarida uchratamiz. O‘rta asrlarda ekologiya masalalari bilan Al'bert Velikiy shug‘ullangan. U o‘simliklarning tinim holiga o‘tishini o‘rgangan. Ekologik kuzatishlarga oid ma'lumotlarni XVIII asr tabiatshunoslari- K.Linney, J.Byuffon. P.S.Pallas va I.I.Lepyoxin asarlarida uchratamiz. XIX asrda nemis tabiatshunosi A.Gumbol'dt o‘simliklarning\ temperaturaga bog‘liq tarqalishini o‘rganib, hayot formalarining tasnifini bergan. Moskva universitetining professori K.F.Rul'e hayvonlar ekologiyasi sohasida katta ishlar olib bordi va bir qator asarlar qoldirdi. U suv va yer yuzida yashovchi, hamda boshqa hayvonlarni tiplarga bo‘lgan. N.A.Lepyoxin o‘simliklarning har xil iqlimlarda tarqalishini o‘rganib, baland tog‘da o‘suvchi o‘simliklarning tundra o‘simliklari bilan o‘xshashligini aniqladi.Botanik olim Ogyust Pirma Dekandol o‘simliklar bilan tashqi muhit orasidagi bog‘lanishni o‘rganuvchi fan- epiriologiya yoki autekologiya fanini ajratdi.Ekologiya fanini asoslagan olimlardan bir O.P.Dekandolning o‘g‘li —Al'fons Dekandol hisoblanadi. U o‘zining "O‘simliklar geografiyasi"kitobida issiqlik, yorug‘lik, namlik, tuproqqa asoslanib, o‘simliklar yashaydigan muhit klassifikasiyasini beradi. U o‘simliklarning turli tuproqlar bilan bog‘liqligini birinchi bo‘lib ko‘rsatib berdi. Ch. Darvinning (1859) evolyusion nazariyasi ekologiya tarixida yangi davrni boshlab berdi.17 1877 yilda nemis olimi K.Myobius biosenoz to‘g‘risidagi tushunchani kiritdi. 1895 yilda Varmingning "Tashqi muhit ta'sirida o‘simliklarning tarqalishi" degan kitobi chop etildi. XX asrda ekologiya metodlarining takomillashishi bilan yangi ekologik omillar- kun uzunligi, tuproq eritmasining reaksiyasi, mikroelementlar ta'siri o‘rganila boshlandi.Antropogen omillarning tabiatga ko‘rsatadigan ta'sirining kuchayishi natijasida ekologiya o‘rganadigan masalalar doirasi kengaydi. Masalan, havoning gazlar bilan zaharlanishi, radiasiya va boshqalar.Turli geografik zonalarda tirik organizmlarning tashqi muhit bilan bog‘liqligini birinchi marta V. V. Dokuchaev aniqlaydi. U tabiiy zonalarningiqlim omili bilan bog‘liqligini o‘rgandi. V.I. Vernadskiyning ilmiy ishlarida biosfera to‘g‘risidagi ta'limot berilib, unda tirik organizmlarning biosferadagi roli aniqlandi.V.V.Dokuchaevning ilmiy ishlari G.F.Morozov tomonidan "O‘rmon to‘g‘risida ma'lumotlar" kitobida davom ettirildi. Bunda o‘rmon o‘simliklarining ekologiyasi berildi.Global ekologiyaning taraqqiyotida V.N.Sukachevning biogeosenoz to‘g‘risidagi ta'limoti kuchli burilish yasadi.Umumiy ekologiyaning rivojlanishida D.N.Kashkarov, S. A. Seversov;ekologik parazitologiyada V. N. Beklemishev, V. A. Dogel', Ye. N, Pavlovskiy; ekologik entomologiyada G. A. Viktorov, A. S. Danilevskiy; gidrobiontlar ekologiyasida V. V. Vasnesov, N. A. Gerbil'skiy, K. M. Deryugin, L. A.Zenkevich, S. A. Zernov; o‘simliklar ekologiyasida I. G. Serebryakov, Ye. P.Korovin, K. 3. Zokirov va boshqa olimlar katta hissa qo‘shganlar .

Agarda biz yon atrofimizga e’tiborli bo’lmasak u holda tabiat va inson o’rtasidagi muvozanat buziladi va bir qancha tabiiy ofatlarga olib keladi.Masalan zilzila:U nima sababdan yuzaga keladi albatta tabiiy boyliklarni qazib olishdan yoki oddiy qilib aytganda sigaret chekayotgan inson tufayli kislorod qisman zararlanadi.Yoki boshqa jihatidan qaraylik tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki har yili dunyo bo’ylab sigareta chekadiganlar umumiy hisobda 760 000 tonna chiqindi tashlashar ekan.Bu ham ekologiya va ahloq oqidalariga zid albatta.Biz hayotni asrashimiz kerak,biz hayotni sevishimiz kerak.Buning ortidan biz nimaga erishamiz deganda umrimiz uzayadi va kasalliklar kamayadi. Inson hayotining barqarorligi uchun tabiatga bo'lgan ehtiyojni "inson uchun inson ehtiyojlari" kabi rad etib bo'lmaydi. Ushbu ehtiyojga muvofiq, o'zboshimchalik bilan qarorlar chiqarishga va tabiat ustidan hukmronlik qilishga intilayotgan odam tabiatdagi tirik hayot uchun xavf tug'diradi.Insonning tabiat bilan munosabatlari axloqiy doirada joylashtirilishi kerakligini aytadigan odamlardan biri - Shvaytser, ikkinchisi - Aldo Leopold. Axloq tushunchasini odamlar o'rtasidagi tsikl sifatida ko'rgan Leopold, keyin uni havo, yer va suv bilan bog'laydi.Bu erda atrof-muhit etikasi (atrof-muhit etikasi) kavram tushunchasi, har bir kishi buni amalga oshirishi va ongli ravishda vijdon bilan yashashi mumkin bo'lgan tartibni yaratish uchun.Atrof-muhit etikasi, davr jamiyatlari uchun yangi tushuncha, axloqiy falsafaning pastki sohasi sifatida ko'rib chiqila boshlandi.Agar insonning atrof-muhitga bo'lgan huquqini himoya qiladigan insonga asoslangan tushunchani shakllantirishga qarasak; Atrof-muhit huquqi birinchi marta 1972-yilda Stokgolm konferentsiyasida taqdim etilgan. Ushbu huquq, shuningdek, inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi deklaratsiyasiga kiritilgan. 1982-da u ko'plab mamlakatlarning konstitutsiyalariga kiritilgan. 1992-yil de Rio konferentsiyasi bilan ushbu huquqlarning doirasi kengaytirilgan.Odamlarga berilgan ushbu ekologik huquq ongli ravishda bir o'lchovda boshqarilmasligi sababli, tabiatning boyligini hisobga olgan holda bu etarli emas va axloqiy tanlov qilishda muammolar mavjud. "Atrof-muhit etikasi" tushunchasi paydo bo’lgan. Ekologik axloq tushunchasi bilan bir qatorda, ekologik muammolar va ularni bartaraf etish uchun yorug'lik bo'ldi. Odamlarning dunyo miqyosidagi ushbu ekologik muammolarga befarq emasligi va ilgari falsafada mavjud bo'lgan tibbiy etika va ish axloqi kabi nazariyalar ushbu kontseptsiyaga falsafiy yondashishda samarali bo'lgan. Ushbu nazariyalarga qo'shimcha ravishda, u falsafaning quyi nazariyasiga aylangan.1980 yillarda echimlar, agar choralar ko'rilmasa, ekotizim yanada beqaror bo'lib, yanada o'sishi haqida xabardorlikni oshirish orqali amalga oshirila boshlandi. Insonga yo'naltirilgan va insonga asoslangan tushunchaning o'rniga, insonni tabiatning rezidenti sifatida ko'radigan atrof-muhitga asoslangan yondashuv e'tiborga olingan.Dunyo miqyosida xalqaro miqyosda muhokama qilingan ushbu mavzuda G'arbiy universitetlarda ekologik falsafa va atrof-muhit etikasi kurslari va akademik tadqiqotlar o'tkazildi.FF falsafasi darajasida atrof-muhit masalalari bilan shug'ullanadigan ingliz tilidagi "Eth Environmental Ethics" nashri 1979-dan faoldir.U Amerikaning Orion universitetida "Phil Environmental Philosophy de" jurnalini nashr etdi, bu tadqiqotlar va ishlanmalarga befarq emas va yillar davomida faoliyat yuritib keladi.G'arbiy dunyoda o'tkazilgan boshqa bir tadqiqotda; Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ushbu masalaga e'tiborni jalb qilish uchun tayyorlagan "Bizning umumiy kelajagimiz" kitobi bilan bir qatorda, G'arb dunyosi atrof-muhitni anglash borasida ko'plab qadamlar qo'yganini ko'ramiz.Lekin bizda haligacha atrof muhit tushunchasi pastki o’rinlardan siljiy olmayapti.Odamlar befarqligicha qolmoqda.Yon atrof ifloslanishlar bilan to’la.Axir biz musulmonmiz.Dinimiz Islom dini.Bu dinda inson pokiza saramjon sarishta bo’lishi kerak emasmi?Afsuski bizlarda unday emas.Bu narsaga biz qattiq e’tibor berishimiz kerak.

Xulosa

Albatta mavzuni qaysidir kitobdan nashriy jurnallardan ko’rib o’qib yozgandirman lekin xulosa albatta o’zimniki.Chunki hayotda birovni xulosasi bilan yashab bo’lmaydi.Shunday vaziyatda men O’zbekiston Respublikasi ekologiya vazirligiga murojaat qilmoqchi edim.Bu narsaga jiddiy etibor berishlarini so’rab qolar edim.Agar shu tariqa davom qiladigan bo’lsak qachonlardir hayot tugab qolishi aniq ya’ni bu jarayon tezlashib ketadi.Albatta biz ham bunday masalada sizga yordam beramiz.Hayotni sevamiz qadrlaymiz va eng asosiysi asraymiz!!!
Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling