Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba Ergashev Mirafzal G‘anisher o‘g‘li


Download 16.59 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi16.59 Kb.
#1608120
Bog'liq
Тақриз Рахбар мулоҳазаси 31.08.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKASIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Talaba Ergashev Mirafzal G‘anisher o‘g‘lining
Pochta sohasida logistik markazlarni loyihalashtirish va tashkil etish muammolari” mavzusidagi bitiruv ishiga
RAHBAR MULOHAZASI

Zamonaviy iqtisodiyotni asosiy rivojlantirish yo‘nalishlaridan biri xizmatlar sohasi ulushining barqaror o‘sishi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda xizmatlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, servis sohasidan daromadlar ko‘payishi, ushbu sohada bandlik darajasi o‘sishi, raqobatning kuchayishi, xizmatlar eksporti va importi oshishi tendensiyalari aksariyat mamlakatlarga xosdir. Zamonaviy axborot texnologiyalarini yuqori rivojlantirish darajasi xalqaro xizmatlar savdosining dinamik rivojiga katta ta’sir ko‘rsatadi, ulardan keng foydalanish hatto ishlab chiqaruvchidan uzoq masofada joylashgan iste’molchilar uchun ham turli xizmatlardan foydalanishni osonlashtiradi.


Logistik markaz – o‘z xududi va infrastrukturasiga ega bo‘lgan funksional obekt bo‘lib, transport va logistikaning xamkorligini ta’minlaydi va yuk oqimlarini umumlashtiradi,tovar aylanishini tezlashtiradi.
Xizmat ko‘rsatish tushunchasini iqtisodiy nuqtai-nazardan ifodalashda, ushbu faoliyatning natijasini tovar sifatida tasavvur qilamiz. Xizmat ko‘rsatish faoliyati natijasida iste’molchilarning shaxsiy va umumiy ehtiyojlari qondiriladi.
Shu sababli bakalavr Ergashev Mirafzal G‘anisher o‘g‘lining Pochta sohasida logistik markazlarni loyihalashtirish va tashkil etish muammolari mavzusidagi bitiruv ishi bugungi kunning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan.
Bitiruv ishi kirish, to‘rtta bob, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Bitiruv ishi DAK talablariga rioya qilingan holda yozilgan.
Umuman olganda, ushbu bitiruv ishi “yaxshi” bahoga bajarilgan va uning muallifi Ergashev M.G‘. 5350500 –“Pochta aloqasi texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasiga loyiq.



O‘zbekiston pochtasi” AJ Logistika bo‘limi boshlig‘i

M.M.Qayumov

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKASIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Talaba Ergashev Mirafzal G‘anisher o‘g‘lining


Pochta sohasida logistik markazlarni loyihalashtirish va tashkil etish muammolari” mavzusidagi bitiruv ishiga

TAQRIZ


O‘zbekiston Respubliksida amalga oshirilayotgan ijtimoiy iqtisodiy islohatlar mamlakatimizning strategik maqsadga erishishga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasida pochta aloqasi ijtimoiy va siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan va milliy iqtisodiyotimizni yuksalishida muhim vazifalarni bajaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona va tashkilot oldida dolzarb iqtisodiy masalalar turadi. Chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida hususiy tadbirkorlikka keng yul ochiladi, bu esa, o‘z navbatida halol raqobat muhitini shakllanishig olib keladi.
O‘zbekiston pochta aloqasining milliy tarmog‘i geografik prinsipi bo‘yicha «O‘zbekiston pochtasi» aksiyadorlik jamiyati (AJ) tomonidan tashkil qilingan va u «O‘zbekiston pochtasi» AJ ning 14-ta hududiy filiallarini o‘z ichiga olgan hamda ularni transport vositalari bilan birlashtiradigan yagona tizimni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi pochta aloqasining milliy operatori - Umumjahon pochta ittifoqi oldida respublikaning majburiyatlarini bajaradi va «O‘zbekiston pochtasi» AJ qulay narxlarda pochta jo‘natmalarining barcha turlari bo‘yicha mamlakatlar bilan almashuvni amalga oshiradi .
Logistika - ma’lum maqsadlarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan mablag‘ va xizmatlarni maqsadga muvofiq tayyorlash, foydalanishni tashkil qilish va boshqarishdir. Logistikaning maqsadi - ma’lum tovarni ma’lum vaqtda eng kam (minimal) harajatlar bilan oldindan tayyorlash. Logistikani iqtisodiyotning ishlab chiqarish infratuzilmasi, desa ham bo‘ladi.
Shu sababli bakalavr Ergashev Mirafzal G‘anisher o‘g‘lining Pochta sohasida logistik markazlarni loyihalashtirish va tashkil etish muammolari mavzusidagi bitiruv ishi bugungi kunning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan.
Umuman olganda, ushbu bitiruv ishi “yaxshi” bahoga bajarilgan va uning muallif Ergashev M.G‘. 5350500 –“Pochta aloqasi texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasiga loyiq.



Pochta aloqasi texnologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi

G‘.R.Mamatqulov

Download 16.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling