Mundarija: Kirish I bob. Badiiy obraz hayotning in'ikosi


Download 78.49 Kb.
bet1/7
Sana27.01.2023
Hajmi78.49 Kb.
#1134365
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BADIIY OBRAZ TASNIFI


MUNDARIJA:
Kirish………………………………………………………………………………2
I Bob. Badiiy obraz hayotning in'ikosi…………..………………………………4
1.1 Inson obrazi va uning yaratish vositalari…………………………………4
1.2 Badiiy obraz va uning turlari……………………………………………..9
II bob. Obrazli tafakkur (obrazlilik) san'atning spetsifik xususiyati sifatida..13
2.1. Obraz va obrazlilik……………………………………………………..13
2.2. Badiiy obrazning xususiyatlari…………………………………………22
Xulosa…………………………………………………………………………….32
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………….33


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ijtimoiy-siyosiy hayotimizning barcha sohalari qatori xalq ma’naviyatining ko‘zgusi bo‘lmish adabiyot , xususan, adabiyotshunoslik rivoji ham davlatimiz,jamiyatimizning doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda . Adabiyot har vaqtda bir-biri bilan dini, millati, tili boshqa bo‘lgan insonlar uchun tarjimon bo‘lib kelgan. Adabiyot uchun asosiy tasvir vositasi inson bo‘lib, adabiyot uni turli rakurslarda tasvirlaydi. Inson hayoti, o‘y-xayollari, xarakteri, ruhiyati adabiyot o‘zagi sanaladi. Vaqt silsilsasi inson tafakkuriga ta’sir qilganidek, uning mahsuli bo‘lgan adabiyotda ham ulkan evrilishlar hosil qiladi. Demakki, adabiyot insonning butun tafakkuri va ma’naviyatiga ta’sir qila oladi. Birinchi Prezdentimiz I.A.Karimov aytganidek “Barchamizga a’yonki, XXI asr intellektual salohiyat , tafakkur va ma’naviyat asri sifatida insoniyat oldida yangi –yangi ufqlar ochishi bilan birga, biz ilgari ko‘rmagan, duch kelmagan keskin muammolarni ham keltirib chiqarmoqda.Bugungi murakkab va tahlikali zamonda yozuvchining bashariyatning ertangi kunini o‘ylab odamlarni ezgulikka, insof –diyonat, mehr – muhabbat va bag‘rikenglikka da’vat etishga qaratilgan haroratli so‘zi har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda”,1-deb ta’kidlaydi i“Adabiyotga e’tibor- ma’naviyatga , kelajakka e’tibor “ asarida.
Ijod harakatdagi jarayondir. Uning amaliyotdagi ifodasida ham ushbu qonun o‘z kuchini ko‘rsatadi. U ko‘pchilik norma sifatida qabul qilgan ifoda tarzi, fikr yo‘siniga zid o‘laroq doim mavjud bo‘lgan va qayta –qayta vujudga kelaveradi.
Borliqni badiiy idrok etishni maqsad qilgan badiiy adabiyotning asosida inson obrazi turadi, chunki borliqning o‘zida inson shu xilda mavqe egallaydi. Shunday ekan, borliqni badiiy idrok etishni maqsad qilgan badiiy adabiyotning bu yo‘ldagi asosiy vositasi inson obrazi bo‘lishi ham tabiiydir.

Download 78.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling