Mundarija Kirish I bob Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatining psixologik tavsifi


Download 144.5 Kb.
bet1/9
Sana09.02.2023
Hajmi144.5 Kb.
#1179536
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim davrining o\'zziga xos xususiyatlari


Mundarija
Kirish……………………………………………………………………………..
I Bob Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatining psixologik tavsifi…….
1.Maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshga xususiyatlari………………
2.Maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshga doir psixologik xususiyatlari va ularning bola sog‘lom rivojlanishidagi ahamiyati……………………………….
II Bob O’yin bola hayotining asosiy turi sifatidagi o’rni…………
2.1. Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatlarning o’rni………………….
2.2. Kichik va o'rta guruh yoshidagi bolalarda qurilish o'yinlarining o’rni…..
Xulosa va tavsiyalar………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………


Kirish
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5198-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada kengaytirish, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish sharoitlarini yaratish, davlat va xususiy sektor sherikligi shartlarida maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi shakllarini joriy etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash bo`yichi farmoyish qabul qilindi. Ma`lumki, maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`lim tizimining boshlang`ich halqasi bo`lib hisoblanadi. U sog`lom, har tomonlama yetuk bola shaxsi shakllanishini ta`minlashga, uni muntazam ravishda ta`lim olishga tayyorlab, o`qishga bo`lgan havasini uyg`otishga qaratilgan bo`lib, bu 6-7 yoshgacha bo`lgan davrda davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta`lim jarayonida maktabgacha yoshdagilar ta`lim va tarbiyasining shaxsiy yo`nalganlik modeli ustuvor bo`lib hisoblanadi. Shaxsiy yondashuvning maqsadi–bu shaxsning shakllanishi bo`lib, belgilangan standart bo`yicha uni o`zgartirish emas, balki uni qanday bo`lsa, shundayligicha qabul qilishdir. Maktabgacha ta`lim muassasasi ta`lim – tarbiya muassasasi hisoblanadi va uning vazifasiga bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilishga doir qiziqishlarini, madaniy–axloq-odob extiyojlarini, dastlabki mehnat ko`nikmalarini rivojlantirish, unda bilimga muxabbat uyg`otish, salomatligini mustahkamlash kiradi. Maktabgacha ta`lim muassasasi ”Ta`lim to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonuni talablariga hamda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan davlat talablariga muvofiq maktabgacha ta`lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
Shuningdek, ushbu yil O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 oktabr kuni maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Prezidentning Davlat maslahatchilari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi. Shuning uchun ham biz maktabgacha ta'lim tizimini qayta ko‘rib chiqish masalasini davlat siyosati darajasiga ko‘tarib, bu borada katta ishlarni boshladik. Agar shu ishni har tomonlama puxta o‘ylab amalga oshirmasak, butun ta'lim tizimida sifat o‘zgarishiga erishishimiz, ta'limning uzluksizligini ta'minlashimiz qiyin bo‘ladi, deya ta'kidladi Shavkat Mirziyoyev. 
Bugungi kunda maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi bog‘chalar qurish bo‘yicha davlat dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasi hisobga olinib, nodavlat ta'lim muassasalari, jumladan, nodavlat bog‘chalar tarmog‘ini kengaytirishga ham katta ahamiyat qaratilmoqda. Bu esa tizimda sog‘lom raqobatni shakllantirish hamda ta'lim xizmatlari turini ko‘paytirishga xizmat qiladi.  Biz qabul qilayotgan barcha-barcha qarorlarni amalga oshiradigan, farzandlarimizga bilim asoslarini, eng zarur hayotiy tushuncha va ko‘nikmalarni o‘rgatadiganlar yuqori malakali tarbiyachi va murabbiylardir, deya ta'kidlandi yig‘ilishda. Bu sohada zamonaviy talablarga javob beradigan ilg‘or pedagogik usul va uslublarni ishlab chiqish, o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratish va nashr etish ham g‘oyat dolzarb vazifadir.  Maktabgacha ta'lim muassasalariga shifokorlar ajratish, tibbiyot hamshiralarining malakasini oshirish, tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun dori-darmon, sanitariya-gigiyena vositalari bilan to‘liq ta'minlash, bolalarning ovqatlanishini belgilangan me'yorlar darajasida tashkil etish zarurligi ta'kidlandi.  Maktabgacha ta'lim muassasalariga mo‘ljallangan o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlarni nashr etishga doir standartlarni qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash masalasiga ham e'tibor qaratildi.  Bir so‘z bilan aytganda, biz maktabgacha ta'lim sohasida har jihatdan zamonaviy tizim yaratishimiz kerak, dedi davlat rahbari. Kelgusi 3-4 yilda 5-6 yoshdagi barcha bolalarni maktabgacha ta'limga to‘liq qamrab olishga erishmog‘imiz shart. Bu ertangi kunimizni hal qiladigan masala va biz buni albatta amalga oshiramiz. 

Download 144.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling