Mundarija kirish I bob. Yoshlarni ijodiy qobilyatlarini rivojlantirishga xamkorlik sa`natining nazariy asoslari


Download 1.16 Mb.
bet1/10
Sana07.04.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1337689
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mundarija 2



MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………3
I BOB. YOSHLARNI IJODIY QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISHGA XAMKORLIK SA`NATINING NAZARIY ASOSLARI
1.1.Yoshlarni ijodiy qobilyatlarini rivojlantirishga ganchkorlik sa`nati o`rni va amaliy ahamiyati……………………………………………………………….….12
1.2.Ganchkorlik sa`nati tarixining mazmun va moxiyati…………………………16
II BOB. YOSHLARNI IJODIY QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISHGA TUZISHDA GANCHKORLIK SANATIDA AMALIY AXAMIYATI
2.1.Aylana oynaga ganch qo`yish ishlarini bajarish metodikasi………………….36
2.2.Ganch o`ymakorligida ishlatiladigan asbob-uskunalar va ulardan foydalanish yo`llari. Ganchkorlik sanatida naqshlik sa`natini o`rni……………………………43
XULOSA………………………………………………………………………....50
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..54
ILOVALAR……………………………………………………………………...57

KIRISH


Bizning vazifamiz — to‘plangan tajriba va ilg‘or xalqaro amaliyotga suyangan holda, o‘zimizning taraqqiyot va yangilanish modelini qat'iy amalga oshirishdan iborat.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Bugungi kunda jahonning qaysi bir rivojlangan mamlakatlarini olmaylik, ta'lim sohasida, ayniqsa maktab yoshidan boshlab san'at, xususan, tasviriy va amaliy san'at haqidagi bilimlarini rivojlantirishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Mamlakatimizda o‘rta ta'limning yana o‘n bir yillik bo‘lishi va unda kasbga yo‘naltirish maqsadida o‘quv markazlarining tashkil etilishi, shuningdek akademik litsey, kasb–hunar kollejlari, oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning badiiy va estetik tarbiyasiga katta e'tibor berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zlarining Konstitutsiyamizning 24 yilligiga bag‘ishlangan ma'ruzalarida «...farzandlarimiz uchun zarur sharoitlar yaratish, yangi–yangi ta'lim–tarbiya, madaniyat, san'at va sport maskanlarini barpo etish, yosh oilalar uchun uy–joylar qurish, yoshlarni ish bilan ta'minlash, ularni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni yangi, yuksak bosqichga...» 1 ko‘tarish zarurligini aytib o‘tadilar Kadrlar tayyorlash mazmuni va tuzilmasini yangilash, uni maorif, fan, texnika, texnologiya, iqtisod, madaniyat sohalarida respublika hamda xorijda erishilgan yutuqlar asosida qayta ko‘rib chiqish, ta'lim tizimini isloh qilish, uning yagona o‘quv–ilmiy ishlab chiqarish majmui tarzida muttasil rivojlanib borishini ta'minlash, davlat ta'lim standartlarini yaratish va amalga kiritishning ilmiy asoslarini, ishlab chiqish, ta'lim tizimi, ilm–fan, ishlab chiqarishga turli darajadagi kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning o‘zaro ta'sir ko‘rsatish mexanizmini ishlab chiqish, milliy uyg'onish mafkurasi asosida o‘quvchi– yoshlar hamda mutaxassislarni tarbiyalashning surunkali dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish, uzluksiz ta'lim tizimining barcha bo‘g‘inlaridagi o‘quv–tarbiya jarayonlarini ilmiy–uslubiy jihatdan ta'minlash, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik tajribalarni joriy etish, kadrlar tayyorlash jarayonini o‘quv–dasturiy hujjatnomalar, didaktik va uslubiy jihatdan ta'minlashni yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini fundamental hamda amaliy ilmiy–tadqiqot ishlari asosida rejalashtirish va ishlab chiqish, ta'lim tizimining barcha bosqichlarida o‘quv jarayonining axborot bilan ta'minlanishini yuksaltirish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash, o‘quvchilarning shaxsiy xususiyat va qobiliyatlarini, shuningdek, yetuk mutaxassisning shakllanishi, o‘qishi, tarbiyasi va mehnatini baholash muammolari bo‘yicha psixologik–pedagogik tadqiqotlar olib borish, ta'lim jarayoni sifatini xolis baholash tizimini yaratish va amaliyotda qo‘llash hamda shunga o‘xshash boshqa yechimini kutib turgan muammolarni bartaraf etish, uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta'lim muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish, kapital ta'mirlash, ularni zamonaviy o‘quv–laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va o‘quv–metodik qo‘llanmalar bilan jihozlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish orqali ularning moddiy–texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan chora–tadbirlarni ko‘rish, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish, bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ushbu muassasalaridagi shart–sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va uning qulayligini ta'minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish, umumiy o‘rta ta'lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish borasida izlanishlar olib borilmoqda va mavjudlari dartaraf qilinmoqda.
Darhaqiqat, inson ijodiy faolligi uning har tomonlama kamol topishida muhim omil bo‘lib, uni estetik to‘laqonliksiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Inson hayoti jism va buyumlar qurshovida kechadi. Rang–barang buyum va jismlar borliqqa go‘zallik va nafosat baxsh etadi, insonga shu qonuniyatlar orqali qarashga undaydi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni jahon andozalariga javob beradigan barkamol etib tarbiyalashda amaliy va badiiy bezak san’ati fani alohida ahamiyat kasb etadi. Yoshlarga badiiy ma’lumot berishda tabiat unsurlarini stillashtirish mashg‘ulotlarining ahamiyati benihoya katta bo‘lib, bu ularning umumiy dunyoqarashlarini o‘stirishda muhim. Yozuv kompozitsiyasi, yozuvlarni yozishni o‘rganish, oddiy naqsh namunalarini chizish, boyash va pardozlash mahoratini rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling