Murakkab efirlarning to’G’ridan-to’G’ri amidlanishi annotatsiya


Download 0.59 Mb.
bet1/2
Sana09.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1467255
  1   2
Bog'liq
tezis[1]


MURAKKAB EFIRLARNING TO’G’RIDAN-TO’G’RI AMIDLANISHI
Annotatsiya
Biologik tizimlarda va polimerlar, materiallar va tabiiy mahsulotlar kabi kimyoviy sohalarda amidlarning o’rni katta, shuning uchun amidlanish reaksiyalari samarali, yuqori unumli bo’lgan yangi usullari ishlab chiqarish asosiy vazifalardan biridir. Hozirgi vaqtda ushbu maqsadga qaratilgan sa’y-harakatlar iqtisodiy, xavfsiz va yuqori samarali bo’lgan to’g’ridan – to’g’ri va katalitik usullar kashf etilishiga qaratilgan. Amid sintezi sohasi shu qadar muhim darajaga erishdiki, so’ngi o’n yillikda unga bag’ishlangan maqola va sharhlar soni keskin oshdi. Eng so’gi adabiyotlar va maqolalar tasniflangan amidatsiya usullari haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Kalit so’zlar: murakkab efirlar, aminlar, amidatsiya, katalizator, nitroarenlar, dearomatizatsiyalangan.
Murakkab efirlarning to’g’ridan - to’g’ri amid sintezi 1970-yildan beri ma’lum bo’lgan, kamdan – kam qo’llaniladigan usul, chunki reaksiya borishi uchun yuqori haroratni (T>160 OC) talab qiladi. Shuning uchun turli katalizatorlardan foydalaniladi.

Murakkab efirlarni aminlar bilan to’g’ridan-to’g’ri aminlanishi reaksiyasida vaqtni tejash va reaksiya unumini oshirish uchun qulay sharoitlar va turli 20 dan ortiq katalitik usullar ishlab chiqilgan. [1]
Murakkab efirlar amidatsiya reaksiya usullari biri neytral sharoitda dearomatizatsiyalangan ruteniy kompleksi katalizatorligida hech qanday ortiqcha energiya va chiqindilar hosil bo’lmasdan H2 ajralib chiqishi bilan boradigan samarali usuldir. [2]

Ruteniy va boshqa nodir metallar kamyobligi va narxi qimmatligi sababli, 2016-yilda Cu-Mn oksidini etil efirlarining oksidlovchi aminolizi uchun samarali katalizator sifatida ishlatilishini taklif qilingan. Bu usul reaksiya sharoitlari tajriba uchun qulay edi va birlamchi va ikkilamchi aminlar uchun mos edi, lekin usulning samarasi keng emasdi. [3]

2017-yilda marganestli kompleks katalizatoridan foydalanib tajriba o’tkazildi, bu reaksiyaning avfzalligi H2 gazi hosil bo’lishi bo’lgan bo’lsa , katta kamchiligi reakiya uzoq vaqti (48-72 soat)ni talab qilardi. Bu usul yog’ kislotasi efirlari va aminlaridan o’simlik moyiga asoslangan amidlarni sintez qilish uchun birinchi usulidir.[4]

Ko’plab murakkab efirlarni nitroarenlar bilan to’g’ridan-to’g’ri amidlanishi uchun nikel katalizlangan birikma usuli ishlab chiqilgan. Nitroarenlar anilinlarga nisbatan arzonroq va barqaror bo’lgani uchun undan foydalanilgan. Bu usulda olingan amidlar biologik faol birikmalar sintezida keng qo’llaniladi. [5]

Murakkab efirlarni to’g’ridan-to’g’ri mexanikimyoviy ( sharli frezalash) amidlanishi usuli ishlab chiqilgan. Bu usulda katalizator sifatida substroxiometrik KotBU dan foydalanilgan va yuqori samardorlikka ega turli xil 78 ta amid strukturalari olingan. Bular faol farmatsevtika va agrokimyo moddalarini tashkil qiladi.[6]

Murakkab efirlarning to’g’ridan to’g’ri amidlanishi ,,metal katalizatorlar’’ va qattiq reaksiya sharoitlaridan foydalangan holda turli xil usullarni ishlab chiqilgan va lekin bu usullar kimyo iqtisodiyoti va energiya samaradorligidagi ba’zi muammolar tufayli unchalik ma’qullanmagan. Bu usullaridan biri katalizator (DMSO/t-BuOK) qo’llanilgan va bunda yuqori samaradorlikka erishilgan. Bu olingan amid hashorotlarga qarshi vosita sifatida keng qo’llaniladi. [7]

Murakkab efirlarning amidlanishi yana bir usuli bu - aromatik efirlarning aromatik aminlar bilan turli xil katalizatorlar yordamida amidlanishi usulidir. Bunda reaksiya Pd(OAc)3 , K2CO3 va H2O kabi katalizatorlar va harorat 1100C DA 16 soat davomida olib boriladi. Reaksiya natijasida olingan amidlar o’tkir shirin hidga ega bo’lganigi sababli kosmetalogiyada ko’p qo’llaniladi. [8]

Yana bir usuli karbosiklik efirlar va birlamchi amin toluolda katalizator ishtirokida 1100C da 4 saot davomida amidlanishi reaksiyasi usulidir. Bu usul boshqa usullardan asosiy farqi katalizator sifatida eng arzon, eng ko’p qo’llaniladigan va zararli bo’lmagan metallar (ishqoriy va ishqoriy-yer metallari: Li, Ca, Na, K, Sz, va Rb tuzlari) dan foydalaniladi.[9
1 va 2 guruh elementlarini katalizator sifatida ishlatilgan bo’lsada, unda harorat yuqoriligi sabab ularning birikmalaridan foydalanish yolga qo’yildi. Bunda NaOMe yuqori samarali katalizator ekanligi aniqlandi. Uning 5 mol% i ishtirokida 500C da reaksiya amalga oshadi.[10]

Murakkab efirlarning amidlanishi eng samarali usullaridan biri eng faol katalizator temirning xloridli tuzlari (Fecl3, Fecl2) ishtirokida va yana bir avfzalligi juda yuqori bo’lmagan harorat (500C) va 24 soat davomida olib borilgan usulidir. Bu usulda olingan amid hozirda silga qarshi faollik uchun yangi aminopiridin karboksamidlar sintezida qo’llanilmoqda.[11]
2018-yilda Yao va Yuan tomonidan murakkab efirlarni to’g’ridan to’g’ri amidlashda noyob yer metallari katalizator sifatida qo’llagan. Ular geterobimetallik lantan-natriyli kompleksidan foydalanishgan va bunda bir vaqtning o’zida ham efir ham amin faollashib ,,molekulyar amidatsiya’’ sodir bo’ladi deb taxmin qilishgan.[12]

2020-yilga kelib lantan tris amid kompleksidan katalizator sifatida foydalanish yo’lga qo’yiladi. Buning boshqa katalizatorlardan ustuvorligi, katalizator kam 30 mol% sarflanadi, reaksiya 300C da 20 daqiqada sodir boladi. [13]


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling