Murakkab efirlar qishloq xojaligida ishlatilishda axamiyati Efirlar, oddiy efirlar
Download 267.91 Kb.
|
Murakkab efirlar
Murakkab efirlar qishloq xojaligida ishlatilishda axamiyati Efirlar, oddiy efirlar Ikki molekula spirtdan bir molekula suv ajralishi natijasida hosil bo’lgan mahsulotlarga efir deyiladi. Efirlarning umumiy formulasi R – O – R|, efirlar molekulasidagi radikal R| ning xususiyatiga qarab uch hilga bo’linadi : Agar ikkala radikal ham (R va R|) uglevodorod radikallaridan (alifatik radikallar) tuzilgan bo’lsa oddiy efirlar deyiladi. Agar R| - anorganik kislotalar qoldig’I : - NO2- – nitrat, NO – nitrit, SO3H – sulfat, PO3H2 – fosfat kislota qoldig’I va boshqalar bo’lsa, anorganik kislotalarning murakkab efirlari deyiladi. Agar R| - organik kislotalar qoldig’I bo’lsa, organik kislotalarning murakkab efirlari deyiladi. Oddiy efirlar : uglevodorod radikallari o’zaro bir – biri bilan kislorod atomi orqali bog’langan organik birikmalarga oddiy efirlar deyiladi. Odiy efirlarni H – O – H suvdagi ikkita vodorod atomlariga bir xil yoki har xil alifatik radikallarning almashinishidan hosil bo’lgan maxsulotlar deb qarash mumkin. Agar radikallar bir xil bo’lsa , oddiy efirlarni umumiy formulasi R-O-R, agar har xil bo’lsa R –O –R| boladi. Masalan : CH3 – O –CH3 – dimetil efir, CH3 – O – C2H5 metil etil efir deyiladi. Oddiy efirlarni nomlashda harakterli qo’shimcha bo’lmaydi. Oddiy efirlarning nomlari uni hosil qiladigan radikallarning nomlardan tuziladi. Bunda birinchi bo’lib oddiy radikal nomlanadi. Masalan : Agar oddiy efirlardan har ikkala radikal ham bir xil bo’lsa, “di” old qo’shimchasini qo’shish shart emas : oddiy efirlar bir xil sondagi uglerod atomlari bo’lgan bir atomli spirtlar bilan izomer bo’ladi : Olinishi : oddiy efirlar tabiatda uchramaydi. Ular faqat sun’iy usulda olinadi. Oddiy efirlarni olishni eng qulay usullaridan spirtlarni konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida digidratatsiyalab olinadi : Galogen alkillarga alkogolyatlarni ta’sir ettirib olinadi : Galogen alkillarga kumush oksidi ta’sir ettirib ham oddiy efir olinadi : 2C2H5Cl +Ag2O →C2H5 –O –C2H5 + 2AgCl↓ Download 267.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling