Murakkab efirlar qishloq xojaligida ishlatilishda axamiyati Efirlar, oddiy efirlar


Yog’lar Uchlamchi spirt gliserin va karbon kislotalardan hosil bo’lgan murakkab efirlarni trigliseridlar


Download 267.91 Kb.
bet4/6
Sana23.04.2023
Hajmi267.91 Kb.
#1388696
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Murakkab efirlar

Yog’lar
Uchlamchi spirt gliserin va karbon kislotalardan hosil bo’lgan murakkab efirlarni trigliseridlar deyiladi. Karbon kislotalarda uglerod atomlari soni 8 tadan 24 tagacha bo’lgan normal tuzilishli karbon kislotalardan hosil bo’lgan trigliseridlarga yog’lar deyiladi.

Bu yerda R bir asosli yuqori karbon kislotalar radikallari. Yog’lar tuzilishini birinchi marta fransuz olimi Shevrel 1811 –yilda aniqlagan. 1854 – yilda Bertlo yog’larni gliserin bilan yuqori kislotalardan sintez yo’li bilan olgan.
Hozirgi vaqtda tabiiy yog’lardan 100 ga yaqin turli xil to’yingan va to’yinmagan kislotalar ajratib olingan. Yog’larning tarkibida kislotalar turlicha bo’lishiga qarmay, barcha yog’lar tarkibida albatta gliserin bo’lishi isbotlangan. Yog’larning tarkibida eng ko’p ichraydigan kislotalar C16 dan C18 gacha uglerod atomlari bo’ladigan to’yingan va to’yinmagan kislotalardir.
Hayonlarning yog’lari - qattiq moddalar (baliq moylaridan tashqari) asosan to’yingan kislotalarning qoldiqlaridan iborat, masalan to’yingan kislotalar :
C15H31COOH – palmitin
C17H35COOH – stearin
C13H27COOH – miristin
O’simliklarning moylari – suyuq moddalar, asosan to’yinmagan karbon kislotalarning hosilalaridan iborat.
Masalan :
C17H33COOH – olein
C17H31COOH – linol
C17H29COOH – linolen
Tabiiy yog’lar va moylar turli gliseridlar aralashmasidan iborat bo’ladi. Masalan paxta moyi tarkibida 13 ta trigliserid borligi va ularning miqdorlari aniqlangan.
Trigliseridlarning molekulasida turli kislotalar qoldig’I bo’lishi, ularda izomeriya hodisasiga sabab bo’ladi :

Molekulasida faqat bir xil kislota qoldig’I bo’ladigan trigliseridlar tabiiy yog’lar deyarli uchramaydi. Bunday yog’lar sintez yo’li bilan olinadi.
Yog’lar umumiy holda gliseridlar (trigliseridlar) deyiladi. Ularni to’la nomlashda yog’ molekulasini tashkil qiluvhci kislotalar qoldiqlarining nomlari bir – biriga qo’shib aytiladi :
Masalan : yuqoridagi misollarda keltirilgan trigliseridlar quydagicha nomlanadi :

  1. Oleopalmitostearin

  2. Oleostearopalmitin

  3. Stearooleopalmitin

Olinish usullari : Yog’larni tabiiy manbalardan (hayon va o’simliklardan) va sintez usuli bilan olinadi. Ammo yog’larni sintez qilib olish tabiiy manbalardan olishga qaraganda qimmat bo’ladi. Shu sababli yog’lar tabiiy manbalardan quydagi usullar bilan olinadi:


  1. Download 267.91 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling