Fizikaviy xossalari :
Oddiy efirlardan gomologik qatorining birinchi vakillari dimetil va metal etil efirlari (CH3 – O – CH3, CH3 – O – C2H5) odatdagi sharoitda gazlar, qolganlari oson harakatlanuvchan suyuqlik. (C17H35)2O dan boshlab qattiq. Oddiy efirlar harakterli hidli. Oddiy efirlar suvdan yengil va suvda erimaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi va o’zi ham ko’pgina organik moddalarni eritadi. Oddiy efirlarning qaynash temperaturalari molekulyar massalari teng bo’lgan spirtlarnikidan past bo’ladi. Buning asosiy sababi oddiy efirlarda vodorod bog’lanish bo’lmaganligi sababli ularning molekulalari o’zaro asosiylanmaydi.
Oddiy efirlardan eng ahamiyatlisi va ko’p ishlatiladigani dietil efiri, tibbiyot efiri yoki oson qilib “efir” deb yuritiladi. Etil efiri juda harakatchan, oson alangalanuvchan suyuqlik, o’ziga xos o’tkir hidli. 34,6oCda qaynaydi. Uning bug’i havodan 2,5 marta og’ir, havo bilan portlovchi aralashma hosil qiladi. U bilan ishlaganda texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilish zarur. Etil efiri yog’lar, mumlar va ko’pgina organik birikmalarni yaxshi eritadi. Etil efiri tibbiyotda narkoz sifatida ishlatiladi.
Murakkab efirlar
Karbon kislotalar yoki anorganik oksokislotalar bilan spirtlarning o’zaro ta’sir mahsulotiga murakkab efirlar deyiladi.
Murakkab efirlarga kislotalarning spirtlar bilan reaksiyalari natijasida suv ajralib chiqishi bilan hosil bo’ladigan organik moddalar kiradi.
Kislota va spirtlardan murakkab efir olish reaksiyasi eterifikasiya reaksiyasi deyiladi.
Murakkab efirlarning umumiy formulasi :
R1 – COOR2 yoki
Bu yerda R1 va R2 bir xil yoki har xil radikallar, bunda R1 vodorod atomi ham bo’lishi mumkin (chumoli kislota efirida).
Nomenklaturasi : murakkab efirlarni nomlashlarida harakterli qo’shimcha bo’lmaydi.
Murakkab efirlarni nomlari tegishli kislota va spirtlarning nomlaridan tuziladi.
Masalan : CH3COOC2H5 – sirka kislotasining etil efiri.
Kislota va spirtdan murakkab efirlar hosil bo’lishida kislotadan –OH gruppasi, spirt –OH gruppasidan vodorod ketadi va suv ajralib chiqadi.
Murakkab efirlar bir xil sondagi uglerod atomlari bo’lgan bir negizli karbon kislotalar bilan izomer bo’ladi.
Masalan :
Do'stlaringiz bilan baham: |