Musiqa nazariyasi fanidan oraliq nazorat uchun test topshiriqlari to‘plami (metodik qo‘llanma) chirchiq 2018 kirish


Download 235.5 Kb.
bet1/9
Sana31.10.2023
Hajmi235.5 Kb.
#1735572
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
musiqa nazariyasi fanidan testlar



Musiqa nazariyasi fanidan oraliq nazorat uchun test topshiriqlari to‘plami
(METODIK QO‘LLANMA)



CHIRCHIQ 2018


KIRISH

“Test” atamasi birinchi marta amerikalik psixolog J.Kettel tomonidan 1890-yilda kiritilgan. “Test” atamasi inglizcha “test” so‘zidan olingan bo‘lib, tekshirish, nazorat, sinov ma’nolarini bildiradi. Pedagogikada “test” atamasi o‘ziga xos shaklga va mazmunga, turli qiyinlik darajasiga ega bo‘lgan, o‘quvchilar o‘zlashtirishi darajasini xolisona baholash imkoniyatini beradigan topshiriqlar tizimidan iborat.


1992-yil martida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov farmoni bilan Respublikamiz oliy o’quv yurtlariga qabulni test asosida o’tkazish joriy qilindi. Bu ilgarilari foydalanish taqiqlangan yoki cheklangan pedagogik test sinovlarining ta’lim tizimiga keng joriy qilinishiga asos soldi. Mustaqil O’zbekiston MDH mamlakatlari ichida birinchi bo’lib olimlar uchun chet el fanining amalda o’zini oqlagan natijalarini, tabiiyki, O’zbekiston an’analari va tajribasini nazarda tutib anglash, tanlab olish va foydalanish imkoniyatlarini yaratib, jahon pedagogika faniga "darcha" ochdi.
Test topshiriqlarining bajarilish darajasi o’quvchilarning o’quv materiallarini ruhiy jihatdan qay yo’sinda ekanligini aniqlashga yordam beradi:
- axborotni bilish, yod olish va so’zlab berish;
- reproduktiv fikrlash;
- produktiv fikrlash;
- izlanuvchi-ijodiy fikrlash.
Eslab qolish, bilib olish va axborotni tahlil qilish: bu o’rinda eslab qolish qobiliyati bilan bog’liq bo’lgan bilimlar tekshiriladi.
Reproduktiv darajasidagi test topshiriqlari pedagogik yo’nalishdagi testlarda keng qo’llaniladi. Ular yordamida o’rganilgan printsiplar, qoidalar qo’llanishi mohiyati o’rganiladi.
Produktiv darajadagi test: bu o’quvchidan olgan bilimlari asosida nostandart masalalarni yechishda mustaqil fikr yuritishni talab qiladi.
Izlanuvchi-ijodiy darajadagi test: ma’lumki, ijod – bu moddiy va ma’naviy sferada yangilik barpo etish, hozircha javobi yo’q masalani yechish demakdir.
Test topshiriqlarining tarkibini tuzishda quyida keltirilgan 4 xil formalardan birini tanlash mumkin: yopiq, ochiq, o’xshashlikni shakllantirish va ketma-ketlikni tartibga solish. Test topshiriqlarining boshqa turlari ham mavjud (zanjirsimon, matnsimon va h.k)
Yopiq test. Bu xil topshiriqlar shartlar va savollardan iborat bo’lib, unda bitta javob to’g’ri, qolganlari noto’g’ri, lekin haqiqatga yaqin.
Bu topshiriq "yopiq" deb atalishining sababi shundan iboratki, o’quvchi o’z javobini bera olmaydi, u bir qancha berilgan tayyor javoblardan uningcha to’g’ri bo’lgan javobni tanlaydi.
Yopiq test topshiriqlarida bir necha to’g’ri javoblar bo’lishi mumkin. Bir xil test topshiriqlarida shartlarni savol tariqasida berish mumkin. Test ishlab chiquvchi bir qancha berilishi mumkin bo’lgan savollar ichidan aynan keraklisi berilganligiga ishonch hosil qilish zarur. Keyin u shartlarni va javoblarni shunday tuzish kerakki, toki unga berilgan javob yuzaki emas, aql ishlatib topilishi lozim.
Yaxshi tuzilgan test topshirig‘i o’quvchidan o’ylab, butun olgan bilimlarini ishga solgan holda javob berishga undashi lozim. Test topshiriqlari o’zlashtiruvchi uchun murakkab bo’lmay, balki o’z bilimini namoyon etishga imkoniyat berishi shart.
Masalan:
Interval necha tovushdan iborat?
A) 4;
B) 3;
C) 2;
D) 5.
Yopiq test topshiriqlari abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirishlarida, yakuniy va boshqa nazorat turlarida ishlatiladi. Ular kompyuterlar bilan "til topishadilar" va kompyuterlarga kiritiladigan o’rgatuvchi va nazorat qiluvchi test sistemalarida qo’llaniladi.

Download 235.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling