Musiqa ta`limida pedagogning interfaolligi abdullaev Azatbay Xudayarovich Nukus shaharixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi, Xalq cholg’ular bulimining o’qituvchisi


Download 35.5 Kb.
Sana05.08.2023
Hajmi35.5 Kb.
#1665278
Bog'liq
А. Абдуллаев


MUSIQA TA`LIMIDA PEDAGOGNING INTERFAOLLIGI
Abdullaev Azatbay Xudayarovich
Nukus shaharixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi,
Xalq cholg’ular bulimining o’qituvchisi
O`qituvchini darsga texnik va metodik tarafdan tayyor turishi, o`qitishni yangi o`quv texnologiyasi bilan qurollantirish jarayoni uzoq va murakkab, tinimsiz izlanishlarni talab etadi. Musiqa fani o`qituvchilarining dars o`tish jirayonida musiqa janrini bolalarga o`rgatish bilan birga tarbiyalashda yangi qulay metodlarni izlab topishi va bu uslublarni yangi va qulaylashtirishi, hayotiy tsikllarni o`zgartirish orqali o`qitish, ta`lim olib borish jarayoni yangilaydi.
O`qituvchi har bir dars davomida musiqa yoki asarni tahlil etadi, o`rganishning oson echimlarini o`ylab topadi, bir nimaga solishtiradi, o`quv jarayonida motiv paydo etadi.
O`qituvchini darsda obrazlarni solishtirib, bir so`z bilan musiqani tahlil etadi. Shoir va bastakorlar hayoti va ijodini hayotiy, siyosiy turmush davr voqealarini, musiqa-tarixi, musiqa nazariyasi to`g`risida tushunchaga bir vaqtning o`zida ega bo`ladi.
Pedagogik qobiliyatning siri qo`llanilayotgan texnologiyada emas, balki pedagog tarbiyachi sifatida, qobiliyatida o`quvchilar qalbiga yo`l topa olishida ko`rinadi. Chunki, insoniy fazilatlar, ma`naviy tuyg`ularga to`la munosabatlari pedagogikalik aloqalari va tajribasining o`rnini bosa olmaydi.
Bolalar musiqa darsida asarning barcha tarbiyaviy ahamiyati, xis tuyg`ulari bilan eshitadi, faraz qiladi, ma`naviy oziq oladi va ta`lim oladi.
Musiqa o`qituvchisi yoki har qanday fan muallimi bo`lishiga qaramay o`z darsiga mehr bilan yondashsa, uning butun sir va uslublarini terang egallaydi, shuningdek, o`z-o`zini anglaydi, shu kasb bo`yicha kamol topadi.
O`qituvchi har bir asarni o`rgatishda darslikda berilgan siyosiy topshiriqlar yordamida o`quvchi va talabalarning har biri dars mazmunini o`zi paydo etishga imkoniyat yaratishi kerak. O`qituvchi darsni mustaxkamlash jarayonida yangi samarali usul ham paydo bo`lishi mumkin. Bu usullar bilimni mustaxkamlashda yordam beradi.
Musiqa o`qituvchisi musiqiy asarni qaytalab bolalarga o`rgatishda ularni zeriktirib qo`ymasligi, balki qo`shiq o`rgatishi davomida qo`shiq mazmuni, avtori, tarixiy ko`rinishini aytib o`rgatib, qiziqtira olishi o`qituvchi qobiliyatiga bog`liq.
Zamonaviy ilg’or texnologiyaning yaxshi tomonlarini, xususiyatlarini, metodik mezonlarini aniqlab, tushunib olishimizga to`g`ri keladi. Darsning maqsadi va yo`nalishi, tadqiqot natijalari asosida yaratilgan pedagogik texnologiya to`g`risida ilmiy iщlari tavsiyalari, o`qituvchi usullaridagi nutq madaniyatining o`rni, pedagogika tarixida bilimga nutq madaniyatiga bo`lgan talab, o`qitishning davr talabi, dastur, reja va mazmuni bilan birga olib boradi.
O`quv jarayonida metodlar tanlashda maqsadni to`g`ri tanlay olishi, darsga tayyorgarlik ko`rishi, mimikalar, nolalar, diktsiyalardan to`g`ri foydalana olishi qo`shiq nolasiga so`z qatorlariga, go`zal asar ijro etishda va tinglovchiga etkaza olishda o`quvchilarga yaxshi, to`g`ri singishiga kuchli pedagogik texnologiya, pedagogikalik tajriba va malaka talab etiladi.
Dars jarayonida ta`lim-tarbiyada o`quvchi asosiy xarakatlantiruvchi kuch, ta`lim jarayonining sub`ekti bo`lishi kerak, ya`ni o`qib-o`rganish o`quvchining vazifasidir. Muallim vazifasi bo`lsa o`qitishdan o`qitishni o`rganishga, bilim berishdan o`quvchilarning bilim va tajribalarini erkin egallashlariga ko`maklashishi lozim. Bunda o`quvchiga imkoniyat berishi, majburiyatni his eta olishga yo`naltirishi kerak.
Pedagogik texnologiyalar qoidalarga asoslanib, texnologiya turlari, mazmunini ochib belgili bu texnologiyalarni dars jarayonida tadqiqot yo`llarin belgilash ta`limning barcha bosqichlarida uning samarasini oshishiga imkoniyat yaratadi. O`qituvchi o`quvchining erkin va to`liq bilim olishi uchun imkoniyat yaratishi, bilim egallashga qiziqtirishi, mehr uyg`otishi bilan shug`ullanadi.
Qo`shiq aytish texnikalariga qaray qo`shiq aytishning yo`llari, YAngi texnikasi paydo bo`ladi va o`quvchi malakasi oshadi.
Dars jarayonini har bir bo`limlariga qarab pedagogik maqsad nazarda tutilganligiga qarab ta`lim tarbiya jarayonining turli metodikasi, texnologiyasi paydo bo`ladi. Har bir dars oldiga ta`lim-tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, ya`ni bir-biri bilan bog`liq maqsadlar qo`yiladi.
Dars jarayonining asosiy maqsadi-o`qituvchining pedagogik mahoratini qayta ko`rib chiqishi, yanada yuqori sifatli metodik yo`nalishlarga intilishi, kelajakdagi g`oyalar, tadqiqotlar, tajribalarga tayanishi kerak. Pedagog o`quv jarayonini olib borishda musiqa komponentlarining har bir bo`limi, usuli, texnologiyalariga e`tibor berishi darsning samarali amalga oshishin ta`minlaydi.
Foydalangan adabiyotlar:

  1. Didaktika.1997 y. «Fan» nashriyoti. -255b.

  2. Azizxojaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Úquv qúllanma.-T.: 2006, 160b.

  3. Ochilov.M. Pedagogik texnologiya. Máruzalar matni. 2006y. …

  4. Yangi pedagogik texnologiya asoslari. Innovatsiya jarayoni. 2007y. -56b.

Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling