Muslima Omanillayeva trx-bu-19 talabasi


Download 1.01 Mb.
Sana02.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#188510
Bog'liq
TRX AU-20-guruh talabasi Omonillayeva Xolidaxon.

Namangan Davlat Universiteti ijtimoiy fakulteti tarix yo’nalishi TRX AU-20-guruh talabasi Omonillayeva Xolidaning jahon tarixi fanidan “Ashoka davrida Mauriya davlati” mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi

Mauriya davlati qadimgi davrda Hindistandagi o’z davrining buyuk imperiyalаridan biri bo’lgan. Mauriylar imperiyasi qadimgi Hindistonning mashhur davlat arboblaridan biri, sulolaning uchinchi hukmdori Ashoka davrida gullab yashnadi. Uning davrida mamlakat hududi shimolda Kashmir va Himolay, janubda Maysurgacha, shimoli-g’arbda hozirgi Afg’onistondan sharqda Bengal ko’rfazigacha yoyilgan edi. Imperiya G’arb va Sharq mamlakatlari bilan diplomatik aloqalar o’rnatdi. Bu davlat o’sha davrning yirik imperiyasiga aylanib, shon-shuhrati olamga yoyildi.

Xarita u-n

Bindusaraning o’g’li Ashoka miloddan avvalgi 268- 231-yillarda hukmronlik qilgan. Uning davrida Mauriyalar imperiyasi ravnaq topgan. Hindistonning qo’shni va g’arb mamlakatlari bilan savdo, madaniy va diplomatik aloqalari ancha kengaygan. Buddizm butun Hindiston va qo’shni mamlakatlarga tarqalgan. Turli viloyatlar o’rtasida munosabatlar yaxshilangan, san’at, adabiyot va siyosat to’g’risida asarlar yaratilgan. Imperiyaning poytaxti Pataliputra shahri bo’lgan.

Ashokani rasmi u-n


Mauriya davlati podshosi Ashoka.

Bizgacha yetib kelgan Ashoka farmonlarida mauriylar siyosati, imperiyaninBizgachag boshqarish usullari va o’sha davr tarixi haqida muhim ma’lumatlar bor. Farmonlarda mauriy shohi “Piyadasi Devanampiya” deb ataladi. Bu nom sanskritcha “Xudoga maqbul hukmdor” ma’nosini bildiradi. Shri-Lanka yilnomalariga ko’ra Ashoka 37 yil, Purana ma’lumotlariga ko’ra 36 yil davomida hukmronlik qilgan. Uning davrida Bengal ko’rfazining janubiy sohilidagi Kalinga davlati bilan bo’lgan urush eng katta hodisa bo’lgan. Shoh bu to’g’risida quyidagilarni 13 qoyaga o’ydirib yozdirgan:

“Sakkiz yil ichida shoh Piyadasi tomonidan Kalinga bosib olindi. 150 ming kishi asir olindi. 100 ming odam qatl etildi. Bundan ham ko’prog’I urushda halok bo’ldi”. Kalinga qo’lga kiritilishi bilan Mauriya imperiyasi yanada qudratli bo’ldi. Bu hudud strategik jihatdan, balki savdo-sotiq nuqtai nazaridan ham qulay edi. Kalinga urushidan so’ng Ashoka faol tashqi siyosat yuritdi. Zabt etilgan yurtlarga maxsus elchilar yo’llab, mahalliy hukmdorlarga va’dalar bergan. U o’z o’g’li boshchiligidagi elchilarni Seylonga jo’natganida, Seylon shohi unga taqlidan Devanampiya nomini oladi.

Mauriya Ashoka davrida ko’p davlatlar bilan diplomatik aloqalar o’rnatgan. Jumladan, Makedoniya shohi Antigon Tonat, Kirena shohi Mak, Epir shohi Iskandar, Salavk shohi Antiox va Misr hukmdori Ptolemey huzuriga o’z elchilarini yuborgan. Mauriylar davriga kelib ilk budda ibodatxonalari qurila boshlanadi. Ashoka davrida buddizmning asosiy me’morchilik kompozitsiyalaridan biri stupa bo’lib, bunday qurilmalar Ashoka davrida ko’p qurilgan.

Patanidagi Ashoka davri yodgirligi

Ashokaning diniy siyosati. Mauriylar davrida Budda dini keng tarqaldi. Miloddan avvalgi III asrda buddizm qadimgi hind jamiyati ma’naviyatida asosiy yo’nalish bo’lib qoldi. Ashoka davrida bu dinga oid asarlar yaratildi. Mauriya davlatida aynan Ashoka davrida buddaviylik keng tarqalib taraqiy etdi. Budda dini birlashgan imperiya tayanchi bo’lib qoldi. Rus olimi G.M.Bongard-Levin uzoq izlanishlardan so’ng Ashokaning budda dinining Mauriyada keng yoyilishiga e’tibor berganini aniqladi.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling