Mustahkamlikni normal kesimlar bo‘yicha hisoblash. Yakka armaturali to‘g‘ri burchakli kesimlarni hisoblash


Download 362.5 Kb.
bet1/3
Sana26.02.2023
Hajmi362.5 Kb.
#1232219
  1   2   3
Bog'liq
14-amaliy mash


14-amaliy mashg’ulot: Mustahkamlikni normal kesimlar bo‘yicha hisoblash. Yakka armaturali to‘g‘ri burchakli kesimlarni hisoblash.
Reja:
8.1.Egiluvchi elementlar mustahkamligini normal kesimlar bo’yicha hisoblash
8.2.Yakka armaturali to’g’ri to’rtburchak kesimli elementlar
8.3.To’g’ri to’rtburchakli kesimlarni jadval bo’yicha hisoblash
8.4.To’g’ri to’rtburchak shaklidagi qo’sh armaturali kesimlarni mustahkamlikka hisoblash


8.1.Egiluvchi elementlar mustahkamligini normal kesimlar bo’yicha hisoblash

To’sinning yuk ko’tarish qobilyati nihoyasiga yetkach, u yo normal yoki og’ma kesim bo’yicha yemiriladi (9.1-rasm, b).
8.1-rasm. Eguvchi elementni hisoblash.
a-yoyiq yuk; b-to’sin; v-epyuralar; g-yakka armaturali elementni mustahkamlikka hisoblash.
Normal kesim bo’yicha yemirilish eguvchi moment ta’sirida, og’ma kesim bo’yicha esa ko’ndalang kuch ta’sirida ro’y beradi. Me’yorida armaturalangan temirbeton elementlarning yemirilishi cho’ziluvchi armaturadan boshlanadi. Armaturadagi kuchlanish oqish chegarasiga yetganda, betonning siqilish zonasi balandligi keskin kichrayadi, bu esa betonni yemirilishiga olib keladi. Cho’ziluvchi armaturalar soni ko’p bo’lgan to’sinlarda yemirilish siqilish zonasidagi betondan boshlanadi, bunda armaturadagi kuchlanish oqish chegarasidan ancha kichik bo’ladi. Bu albatta tejamkorlikka ziddir.
Temirbeton to’sinlar buzilishidagi ana shu ikki holga mos ravishda ikki xil hisoblash usuli ishlab chiqilgan:
a) birinchi usulga ko’ra hisob normal miqdorda armaturalangan temirbeton elementlarning yemirilishi cho’ziluvchi armaturadagi kuchlanish hisobiy qarshilikka yetishganda ro’y beradigan hol uchun bajariladi;
b) ikkinchi usulga ko’ra hisob armatura miqdori keragidan ortiqcha bo’lgan elementlarda yemirilish betonning siqilish zonasidan boshlanadigan hol uchun amalga oshiriladi.
8.2.Yakka armaturali to’g’ri to’rtburchak kesimli elementlar
Betonning siqilish zonasidagi kuchlanishlar epyurasi to’g’ri burchakli qilib olinadi (aslida esa epyura egri chiziqli bo’ladi). Shunda hisob ancha soddalashadi (8.1-rasm, g).
Geometrik tavsiflar: Ab=bx; zb=h0-0,5x
h0  ishchi balandlik; a  himoya qatlami.
Siqilish zonasining balandligi x ni aniqlash uchun statikaning muvozanat tenglamasini tuzamiz:
RsAs-Rbbx=0; (8.1)
Bu yerdan
Rbbx= RsAs; (8.2)
Bundan siqilayotgan zonaning balandligi x kelib chiqadi
(8.3)
Element uchun mustahkamlik sharti quyidagi ko’rinishga ega:
MNbZb;
Beton bo’yicha M Rbbx(h0-0,5x) (8.4)
Armatura bo’yicha MNsZb;
M RsAs(h0-0,5x) (8.5)
Agar x=h0 bo’lsa, unda bo’ladi. Bundan beton siqilish zonasinng nisbiy balandligi:
(8.6)
Bu yerda  armaturalash koeffitsienti; 100armaturalash foizi.
(8.6) formuladan ko’rinadiki, ning ortishi bilan ham ortib boradi. Beton siqilish zonasining nisbiy balandligi chegaraviy qiymatini (8.6) formulaga qo’yib, armaturalash koeffitsientining eng katta qiymatiga ega bo’lamiz:
(8.7)
bu yerda Rnisbiy balandlik ning chegaraviy qiymati.
(8.7) formuladan armaturalashning maksimal qiymati beton va armaturaning hisobiy qarshiliklariga bog’liq ekanligi yaqqol ko’rinib turibdi.
Shu bilan birga normalarda armaturalashning minimal qiymati ham belgilab qo’yilgan. Egiluvchi elementlar uchun cho’zilishga ishlovchi armaturaning minimal kesim yuzasi As=0,0005b’0 qilib belgilangan (b  to’g’ri to’rtburchakli kesimning eni). Agar elementning armaturalash foizi belgilangan minimumdan kichik bo’lsa, uni armaturalanmagan beton element sifatida hisoblash lozim.
Armaturalashning optimal foizi to’sinlar uchun =1...2%, plitalar uchun 0,3...0,6%.

Download 362.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling