Mustaqil ish Bajardi: 310-guruh talabasi Rahimboyeva Durdona Qabul qildi: Kaypova m nukus 2022 Mavzu: Qoraqalpogʻiston Respublikasining mustaqillik yillarida ruhiy-madaniy taraqqiyoti Reja


Download 11.61 Kb.
Sana05.04.2023
Hajmi11.61 Kb.
#1275521
Bog'liq
qoraqalpoq madaniy rivojlanishi


Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti
Xorijiy filologiya fakulteti
Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi
Qoraqalpogʻiston tarixi fanidan
Mustaqil ish
Bajardi: 310-guruh talabasi Rahimboyeva Durdona
Qabul qildi: Kaypova M
Nukus 2022
Mavzu: Qoraqalpogʻiston Respublikasining mustaqillik yillarida ruhiy-madaniy taraqqiyoti
Reja:
  • Qoraqalpogʻiston mustaqillik yillarida
  • Qoraqalpoq madaniyatini rivojlantirish yo’lidagi islohotlar
  • Madaniyat markazlaridan biri – Qoraqalpoq davlat muzeyi

XX asrning boshlarida Markaziy Osiyo xalqlari siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida katta o’zgarishlar yuz berdi. 1924-yili Turkiston ASSRning Amudaryo viloyati va Xiva xonligining Xo’jayli hamda Qo’ng’irot tumanlari hududida Qozog’iston ASSR tarkibida Qoraqalpog’iston Avtonom viloyati tashkil etildi. U 1930-yildan RSFSR tarkibiga kirdi. 1932-yilda Qoraqalpog’iston Avto­nom Respublikasiga aylantirildi
Qoraqalpoq milliy davlatchiligi o’z taraqqiyoli tarixida birinchi marta ana shunday insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bo’ldi. Ayni paytda u suveren respublikaning barcha atributlari-ga ega. Jumladan, Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Majlisining 1992-yil 14-dekabrda bo’lib o’tgan XI sessiyasida Qoraqalpog’iston Davlat bayrog’i, 1993-yil 9-aprelda bo’lib o’tgan XII sessiyasida Davlat tamg’asi, 1993-yil 4-dekabrda bo’lib o’tgan XIV sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
Respublika olimlari mustaqillik yillarida chet el mutaxassislari bilan xamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Bioekologiya instituti olimlari Germaniya olimlari bilan birgalikda 1993 yildan beri Orolbuyi ekologiyasi muammolari bo‘yicha tadqiqotlar olib borishmoqda.
1995 yili Muynokda Germaniya yordamida bioekologiya institutining xalqaro ekologiya stansiyasi ochildi. Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti olimlari Avstraliyaning Sidney universiteti olimlari va fransuz arxeologlari bilan birgalikda ekspeditsiyalar tashkil etmokda. Tarixchilarimiz Qoraqalpog‘iston xududida turizmni targ‘ibot qilish maqsadida “Oltin marshrut”-ni ishlab chiqib, unga Mizdaxkon, Ellikal’a yodgorliklarini kirgizdilar. 1997 yili sentyabrda Nukusda “Qirk-qiz” dostoni va turkiy folklorni tadqiq etish muammolariga bagishlangan xalkaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi
Mustaqil O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston dolzarb masalalari respublika shoir va yozuvchilari ijodida katta o‘rin egallaydi. O‘zbekiston qahramonlari, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalk shoiri Ibroxim Yusupov, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalqyozuvchisi Tulepbergan Kaipbergenovlarq katoriga Tolыbay Kabulov, Xalmurat Saparov, Gulaysha Esemuratova, Kengesbay Raxmonov, Uzakbay Abduraxmanov, Murotbay Nizonov, Kengesbay Reimov, Saginbay Ibroximov, Kengesbay Karimov, Xalila Dauletnazarov, Jiyanbay Izbaskanov, Baktiyar Genjemuratov, Sharapatdin Ayapov, Gulistan Matyakupova, Nabiyra Toreshova, Munayxan Jumanazarova, Gulnara Nurlepesova, Abdimurat Atajanov, Xurliman Utemuratova, Sharigul Payzullaeva, Saylaubay Jumagulov, Bazarbay Kazakbaev va boshkalar kelib qo‘shildi.
1993 yili yanvarda Toshkentda Qoraqalpog‘iston madaniyati kunlari, noyabrda esa Qoraqalpog‘istonda Toshkent madaniyati kunlari oʻtkazildi.
1993 yili Toshkent konservatoriyasida milliy “Ajiniyoz” operasi ijro etildi. 1996 yili Qoraqalpoq xoreografiyasi tarixida birinchi marta “Oyjamol” nomli balet saxnalashtirildi. Kompozitorlardan N.Muxammaddinov, K.Zaretdinov, G.Amaniyazov, SH.Paxratdinov, T.Esirkepov va boshkalar Mustaqillik yillari yaxshi faoliyat kursatmokda.
Muyassar Razzakova, Kegesbay Serjanov, Mыrzagul Sapaeva, Gulxatiysha Aimbetova, Roza Kutekeeva, Makset Xujaniyozov, Makset Utemuratov, Gulnara Utepova, Eleonora Kutlыpulatova, Anifa Artыkova, Gulnara Allambergenova va boshka qo‘shikchilarimiz butun O‘zbekiston va Markaziy Osiyoga taniqli bo‘ldi
Jumabay jirov Bazarov, Baxtiyar jirov Esemuratov, baxshilar Turganbay Kurbanov, Ziyada Sharipova, Zulfiya Arzыmbetova, Jarыlkagan Eщanov, Tenel Kalliev va boshkalar Germaniya, Fransiya va boshka davlatlarda Qoraqalpoq dastanlari va she’rlarini ijro etib, butun dunyoga belgili bo‘ldi. Qoraqalpoq universiteti “Xurliman” ansambli 2000 yili Toshkentda “O‘zbekiston – Vatanim manim” konkursida 1-o‘rinni egalladi.
Mustaqillik yillari Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq milliy san’at muzeyi va Qoraqalpoq o‘lkashunoslik muzeyi, Berdax muzeyi milliy o‘zligimizni targ‘ibot qilishda katta faoliyat ko‘rsatmoqda.
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining madaniy rivojlanishining ham o‘ziga xos jihatlari mavjud. Ayniqsa madaniy sohadagi rivojlanish Xorazm viloyati bilan mushtarak rivojlandi. 1991 yil Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Toshhovuz yoshlarining uchrashuvi o‘tkazilgan bo‘lib, unda do‘stona qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, birgalikda bayramlar, tanlovlar va festivallar, sport musobaqalari va turli uchrashuvlarni o‘tkazish muammolari muhokama qilindi.
1992 Yil boshida Qoraqalpog‘iston Joqarg‘i Kengesi, Xorazm viloyati va Turkmanistonning Toshhovuz viloyati hokimliklari mintaqa xalqlari orasidagi do‘stlik va madaniy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha kompleks tadbirlarni belgiladilar. 1998 yili qoraqalpoq adabiyoti klassigi Berdaqning 170 yilligini, keyingi yilda Ajiniyozning 175 yilligi nishonlandi.Shu yili O‘zbekiston Qahramonlari – I.Yusupov va T.Qaipbergenovlarning 70 yillik yubileylari o‘tkazildi. 1999 yilda O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston va Tatariston xalq artisti, “ikki qirg‘oq bulbuli” nomini olgan O.Xudoyshukurov hotirasiga bag‘ishlangan respublika tanlovi o‘tkazildi.
U nafaqat o‘zbekcha qo‘shiqlarni, balki mintaqadagi boshqa xalqlar – qoraqalpoqlar, qozoqlar, turkmanlarning qo‘shiqlarini ham kuylagan. U hamma uchun umumiy o‘rtoq, qadimiy madaniyat vakili, millatlararo kelishuv va birdamlik siymosi edi. 2001 yilning 14-­15 iyulida Xorazm viloyatida Qoraqalpog‘iston madaniyat arboblari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Gurlan tumanida maydoni 20 ga dan iborat “Xalqlar do‘stligi” xiyoboni barpo etildi. Baxshi va jirovlar, “Muxalles” folklor ansambli, “Ayqulash” va “Amu to‘lqini” raqs ansambllari chiqishlari bilan birgalikda, K.Serjanov, T.Xo‘janazarov, R.Kutekeevalarning musiqa ijodi namunalari ham yangradi. 2001 yilda qoraqalpog‘istonlik olimlardan J.Bozorboev, V.N.Yagodin, M.Mambetullaev, G.Xojaniyazovlar “Avesto” ning 2700 yilligiga bag‘ishlangan yubiley tantanalarida faol ishtirok etdilar. Xorazm viloyati madaniyati va san’at vakillari 2003 yilda Nukus shahrining 70 yilligini nishonlashda faol qatnashdilar.
Qoraqalpog‘istonning muzeylari va ko‘rgazma pavilonlarining faoliyatidagi eng asosiy maqsad inson ma’naviy hayotining g‘oyaviy­fuqarolik tuyg‘ularini shakllantirish hisoblanadi. Millatlararo munosabatlarning yangi mafkurasi millatlararo muhitning sifat jihatdan o‘zgarish jarayonlariga javob beradigan ancha unversal, harakatchan va moslashadigan, dunyoqarashli, axloqiy ­ etik ustuvorlikga ega bo‘lmoqda. Xalqning jipsligi va hamfikrliligi, millatlararo totuvlik g‘oyasi tobora ommalashib, jamiyat milliy ­ iqtisodiy rivojining muhim omili hisoblanib, milliy – madaniy aloqalar doirasi, milliy va etnik guruhlar hamkorligi kengaymoqda.
I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi – respublikadagi yirik muzeylardan; Nukus shahrida 1966 yilda tashkil topgan, 1984 yildan N.V.Savitskiy nomi bilan ataladi. Muzeyga I.Savitskiyning sa’y-harakati va u to‘plagan qoraqalpoq xalq amaliy san’ati asarlari negizida asos solingan. Muzeyning umumiy maydoni 6,9 ming kv.m. Muzey xalq amaliy san’ati, qadimiy va o‘rta asrlar Xorazm san’ati, 1920-30-yillar o‘zbek va rus tasviriy san’ati, qoraqalpoq zamonaviy rang-tasviri va haykaltaroshligi, ilmiy-ma’rifiy bo‘limlar, kutubxona (10 ming dona asar), fond hamda ta’mirlash usta-xonasiga ega. Fondida 85 mingdan ortiq eksponat mavjud (2004).
Muzey fondida 1920- 30-yillarda avangard rassomlar yaratgan asarlar to‘plangan. Qoraqalpoq xalq ustalari tomonidan yaratilgan zargarlik, yog‘och o‘ymakorligi, kashtado‘zlik, to‘qimachilik (ayniqsa, o‘tov jihozlari) va boshqa asarlar amaliy san’at bo‘limida jamlangan.
Qadimiy Xorazm san’ati bo‘limi muzeyning arxeologik guruhlari tomonidan qo‘lga kiritilgan topilmalar hisobiga yanada boyimoqda. Tasviriy san’at bo‘limi to‘plami, ayniqsa, serqirra: to‘plamni qoraqalpoq rassomlari (I.Savitskiy, K.Soipov, J. Quttimurodov, D.To‘raniyozov va b.), O‘rta Osiyo rassomligining keksa avlodi A.Volkov, M.Qurzin, A.Nikolayev (Us to Mo‘min), N.Karaxan, O‘.Tansiqboyev va boshqaning katta ahamiyatga ega asarlari tashkil etadi. Shuningdek, 1920-30-yillarda faol ijod etgan rus rassomlari A.Shevchenko, R.Falk, V.Muxina, I.Grabar asarlari bilan bir qatorda ijodi deyarli o‘rganilmagan.R.Mazel, K.Redko, A.Safronov va boshqaning asarlari ham qo‘yilgan.
Muzey eksponatlari monografiya (etyud, chizgidan tortib to yetuk asarlar) tartibida to‘plangani bilan ham qimmatlidir. Yana muzeyning o‘ziga xosligi eksponatlarning zich joylanishi, ekspozitsiyalarda to‘plamni to‘laqonli namoyishiga erishganidadir. Muzey san’at asarlarini to‘plash, targ‘ib etish, kataloglar chop etish, ko‘rgazmalar tashkil qilish bilan shug‘ullanadi. Muzey qoshida gilamchilik ustaxonasi ishlab turibdi; «Nukus muzeyining do‘stlari» klubi faoliyat olib boradi, ko‘rgazmalar uyushtiradi. Muzey Xalqaro muzeylar qo‘mitasi(IKOM) a’zosi. Muzey 1968-69 yillarda Moskvadagi Sharq muzeyida Qoraqalpoq to‘plamini ilk bor namoyish etdi. 1970 yildan respublika va xorijiy mamlakatlar (AQSH, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Rossiya va b.)dagi ko‘rgazmalarda ishtirok etadi.
Download 11.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling