Mustaqil ish islom sivilizatsiyasining harakterli tomonlari
Download 200.46 Kb.
|
Azizbek Ne\'matov islom svilisation
- Bu sahifa navigatsiya:
- Orta asrlarda islom dini marifatparvarlari
MUSTAQIL ISHIslom sivilizatsiyasining harakterlitomonlariIslom sivilizatsiyasi islomni qabul qilgan xalqlar madaniyatining natijasidir. Islom yetib borgan mintaqalardagi madaniyat va sivilizatsiyalar islom hazorasi bilan qo‘shilishi natijasida paydo bo‘lgan. Olimlar islom hazorasining ikki turini ajratadilar. Birinchisi, asl islom hazorasi bo‘lib, u o‘zida Yaratgan tomonidan berilgan ulkan diniy ta’limotni jamlaydi. Uni “yaratilish” va “paydo bo‘lish” deb ham atashadi. Dastlab islomning asl hazorasi mavjud bo‘lgan ediki, dunyo uni keyinchalik asta-sekin taniy boshlagan. Ikkinchisi, musulmonlar tomonidan yaratilgan islom hazorasi bo‘lib, ular bilim va tajriba natijasida ulkan hamda go‘zal sivilizatsiyani yaratdilar. Bu ikki tur birlashib, yagona islom hazorasini tashkil etadiEsdan chiqarmaslik lozimki, islom sivilizatsiyasi keng ma’noda uni bunyod etish, qurish, rivojlantirish, dunyoga yoyishda ishtirok etgan barcha musulmon xalqlarining teng merosi sanaladi. Aslo uni ma’lum bir millatning “mahsuli” deb bo‘lmaydi. Islom hazorasi shu tarzda asrlar osha yaratildi, rivojlandi, boshqa sivilizatsiyalarga o‘z ta’sirini o‘tkazdi.Islom sivilizatsiyasining arabcha nomlanishi “al-hazora al-islamiya” bo‘lib, bu yerdagi al-hazora so‘zi ko‘chmanchi, badaviy tarzida yashamaydigan, balki o‘troqlashgan holda madaniy hayot kechiradigan ma’nolarini anglatadi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, ushbu so‘zga dastlabki ta’rif bergan olimlar uni hayot uchun zarur narsalardan ortiqcha bo‘ladigan har qanday narsalarni al-hazora deb hisoblaganlarO'rta asrlarda islom dini ma'rifatparvarlariIslom hazorasi beshta xususiyati bilan boshqa sivilizatsiyalardan ajralib turadi. Ular quyidagilar:Birinchisi, islom sivilizatsiyasi e’tiqodiy madaniyatda mujassasm topgan bo‘lib, dinning asosiy maqsadi tavhid, ya’ni yolg‘iz yaratuvchini tan olishga qaratilgan. Shu sabab unda olamlar va osmonu erlarning paydo qiluvchisi, avvalu oxir bo‘lgan Zot masalasi birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Bunday aqida islom tsivilizatsiyasining shakllanishi va rivojida katta rolь o‘ynagan.Download 200.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling