Mustaqil ish mavzu: Davlat byudjeti xarajatlari ijrosi hisobi


Download 1.11 Mb.
Sana24.12.2022
Hajmi1.11 Mb.
#1050693
Bog'liq
Davlat byudjeti xarajatlari

  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
  • OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
  • TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
  • « Byudjet hisobi » fanidan
  • MUSTAQIL ISH
  • Mavzu: Davlat byudjeti xarajatlari ijrosi hisobi
  • Bajardi: BI-50-2 guruh talabasi
  • Yakubova Umida Shuxratovna
  • Tekshirdi: Suvonqulov A
  • Toshkent – 2022
  • Davlat byudjeti xarajatlari ijrosi hisobi
  • Reja:
  • 1. O’zbekistonda davlat budjeti xarajatlarini ijro etish tartibi
  • 2. Davlat budjeti xarajatlarining g’azna ijrosi hisobini maqsadi hamda vazifalari
  • 3. Davlat budjeti xarajatlarining ijrosi hisobini hujjatlashtirish
  • 4. Davlat budjeti xarajatlarining analitik va sintetik hisobi
  • Davlat budjeti – davlatning bir yillik daromadlari va xarajatlari rejalashtirilgan asosiy moliyaviy hujjati.
  • “Budjet kodeksi”ga asosan respublika byudjeti xarajatlari tasdiqlangan byudjetdan mablag’ ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi:
  • 1) budjet mablag’lari oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida;
  • 2) joriy budjet transfertlari shaklida;
  • 3) kapital xarajatlar shaklida:
  • Davlat byudjetining xarajat qismi quyidagilardan iborat:
  • ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari;
  • nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash xarajatlari;
  • iqtisodiyot xarajatlari;
  • markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini saqlab turish xarajatlari;
  • sudlarni, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari;
  • fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;
  • boshqa xarajatlar.
  • Budjetning barcha xarajatlari joriy xarajatlar va kapital xarakterdagi xarajatlardan iborat bo‘ladi. Mablag‘ning asosiy qismi joriy xarajatlarga to‘g‘ri keladi, ularga tovar va xizmatlarni sotib olish davlat xizmatchilarining ish haqi uchun ajratmalar, ichki qarzlar va davlatning tashqi qarzlarini to‘lash va boshqalar kiradi. Kapital xarajatlarga asosiy fondlarga kapital qo‘yilmalar, kapital qurilish, kapital ta’mirlash kiradi.
  • Buxgalteriya xodimlari G’azna dasturiy majmuada tomonidan g’aznachilikka xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan taqdim etilgan ko’chirmalarga asosan tegishli byudjet, jamg’arma byudjeti, byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari mablag’lari, bojxona organlari g’azna depozit schyoti mablag’lari bo’yicha tegishli kassa xarajatlari kitobi, 274-son shakldagi Memorial order rasmiylashtiriladi.
  • Moliya organlarida xarajatlar hisobini xujjatlashtirishni sxematik ko’rinishini quyidagicha aks ettirish mumkin. O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’limlarida Davlat byudjeti kassa xarajatlari daftarlari byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha har bir byudjetdan mablag’ oluvchi bo’yicha alohida yuritiladi.
  • Xarajat turlari bo’yicha rejali ajratilgan byudjet mablag’lari o’zgarishlari, xarajatlar turlari bo’yicha smetalarga kiritilayotgan o’zgartirishlar ro’yxati rekvizitlari ko’rsatilgan holda, tegishli yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi.
  • Keyinchalik, kassa xarajatlari hisobida, operatsiyalar amalga oshirilgan sanaga muvofiq: tegishli xarajat turlari bo’yicha summalar yoyilmasida kassa xarajatlarini amalga oshirilishida asos bo’lgan to’lov topshiriqnomalari, cheklar va boshqa tegishli hujjatlarning rekvizitlari yoziladi.
  • Bank hujjatlari va shaxsiy hisobvaraqdan kunlik amalga oshirilgan operatsiyalar ko’chirmaga ilovalar kiritilgandan so’ng kassa xarajatlari jami hisoblanadi va so’rovnomaga ko’ra hisobot sana boshiga rejali ajratilgan byudjet mablag’lari qoldiqlari chiqariladi.
  • Rejali ajratilgan byudjet mablag’lariga o’zgartirishlar kiritishda ularning qoldiqlari, kiritilgan o’zgartirishlarni hisobga olgan holda chiqariladi.
  • Bundan tashqari, oy oxirida tegishli ravishda oylik va yil boshidan (kassa) aylanmalar jami hisoblanadi. Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalari tomonidan amalga oshirilgan kassa xarajatlari byudjet tasnifining har bir bo’linmasi bo’yicha hisobga olinadi.
  • Respublika budjeti xarajatlarining analitik va sintetik hisobi:
  • G’aznachilikda respublika byudjeti xarajatlari hisobi 02 "Xarajatlar" nomli hisobvaraqda yuritiladi. Ya’ni:
  • 020 Budjet xarajatlari
  • 023 Bojxona organlari g’azna depozit schyoti mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar
  • 025 Davlatning tashqi qarzi mablag’lari hisobidan xarajatlar
  • 028 Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar
  • 029 Budjetdan mablag’ oluvchilarni boshqa byudjetdan tashqari mablag’lari To’lov xujjatlari ilova qilingan bank ko’chirmalari Byudjet mablag’lari kassa xarajatlari kitobi Memorial order "Bosh jurnal" daftari Hisobot shakllari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar
  • Foydalanilgan adabiyotlar:
  • 1. Z.Srojiddinova. O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi. infoCOM.UZ. Toshkent-2010.
  • 2. Qosimova G. G’aznachilik. O’quv qo’llanma. – T.: IQTISOD-MOLIYA, 2013. 448 b.
  • 3. Muminov N., Pulatov D.,Sugirbaev B, ” Davlat byudjetining g’azna ijrosi hozirgi davrda rivojlanishi, o’rta muddatdagi istiqbolda takomillashtirish yo’nalishlari”, O’quv qo’llanma. T: Fan va texnologiya, 2010.
  • Internet saytlari:
  • www.mf.uz
  • www.gov.uz
  • www.lex.uz
  • www.budget.ru

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling