Mustaqil ish Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Download 0.52 Mb.
Sana05.05.2020
Hajmi0.52 Mb.
#103489
Bog'liq
fizika
1-topshiriq(yechim), 8-мавзу (1), 2.1.-Mavzu (1), 2.1.-Mavzu (1), O`zbekistonda siyosiy part, mustaqil ish 1, 10 топшириқ o'zbekiston tarixi Xudoyqulova Mohira, 1-mavzu. Ma’lumotlar bazasini noormal, Zahiriddin Muhammad Bobur bayonnoma, 2-mavzu, 1-mua.keys 9-1 MEXS 21 Xamrayev Alisher, 2-тақдимоти iyod, 3-тақдимоти iyod, amaliy ish 1

Mustaqil ish

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Mavzu: Nisbiylik nazariyasi. Harakatning nisbiyligi

Guruh: PHY 006

Bajardi: Abrorjonov S.

Tekshirdi: Xolmedov X.

Toshkent-2019

Reja:

  • Inersial sanoq sistemasi
  • Albert Eynshteyn
  • Eynshteyn pastulotlari
  • Nisbiylik nazariyasi
  • Galileyning nisbiylik prinsipi
  • Lorents almashtirishlari

Inersial sanoq sistemasi -Nyutonning birinchi qonuni bajariladigan sanoq, sistemasi. Bunda har qanday jism oʻzining tinch holatini yoki toʻgʻri chiziqli tekis harakatini unga boshqa jism tomonidan taʼsir koʻrsatilib, uning shu holatini oʻzgartirishga majbur qilmagunicha saklaydi. Inersial sistemaga nisbatan toʻgʻri chiziqli va tekis harakatlanayotgan har qanday sistema ham inersial sistema hisoblanadi. Tabiat qonunlarining ifodalari turli I. s. yeda bir xil koʻrinishga ega (qarang Nisbiylik prinsipi); moddiy nuqtaning tezligi yorugʻlik tezligidan koʻp marta kichik boʻlganda uning turli I. s. s.ga nisbatan harakatlari orasidagi boglanish Galiley almashtirishlari b-n, tezligi yoruglik tezligiga yaqin hollarda esa Lorens almashtirishlari bilan ifodalanadi.

  • Inersial sanoq sistemasi -Nyutonning birinchi qonuni bajariladigan sanoq, sistemasi. Bunda har qanday jism oʻzining tinch holatini yoki toʻgʻri chiziqli tekis harakatini unga boshqa jism tomonidan taʼsir koʻrsatilib, uning shu holatini oʻzgartirishga majbur qilmagunicha saklaydi. Inersial sistemaga nisbatan toʻgʻri chiziqli va tekis harakatlanayotgan har qanday sistema ham inersial sistema hisoblanadi. Tabiat qonunlarining ifodalari turli I. s. yeda bir xil koʻrinishga ega (qarang Nisbiylik prinsipi); moddiy nuqtaning tezligi yorugʻlik tezligidan koʻp marta kichik boʻlganda uning turli I. s. s.ga nisbatan harakatlari orasidagi boglanish Galiley almashtirishlari b-n, tezligi yoruglik tezligiga yaqin hollarda esa Lorens almashtirishlari bilan ifodalanadi.

Galileo Galilei (Galileo Galiley; 15 fevral 1564 — 8 yanvar 1642) — oʻz davrining ilmiga katta ta'sir koʻrsatgan italyan faylasufi, fizik va astronom. Galiley asosan oʻzining planetalar va yulduzlar sohasidagi izlanishlari, dunyoning geliomarkazli tizimini faol qoʻllashi va mehanika boʻyicha tajribalari bilan mashhur. Galiley dunyoqarashi — mexanistik materializm. U olamdagi barcha hodisalar moddiy asosga ega boʻlib, mexanika qonunlariga boʻisunadi, deb tushungan, sxolastikata qarshi chiqqan. Mexanistik materializmning barcha nuqsonlari Galiley dunyoqarashiga ham taalluqli. Galiley oʻz zamonasining igʻlor goyali kishilaridan bulgan.

Galiley nisbiylik prinsipi — Nyutonnint klassik mexanikasida barcha inersial sanoq tizimlarining fizikaviy teng huquqlilik prinsipi. Bu holat mexanika qonunlari birday boʻlganida namoyon boʻladi. Biror inersial sanoq tizimida oʻtkaziladigan har qanday mexanik tajribalar asosida muayyan tizim tinch holatda yoki tugʻri chiziqli tekis harakatda ekanligini aniqlab boʻlmaydi. Bu holatni birinchi bulib 1636 y.da G. Galiley aniqlagan.

Barcha inertsial sanoq sistemalarida klassik dinamikaning qonunlari bir xil shaklga ega. Moddiy nuqtaning harakatimakon va zamonda o‘rganiladi, bu vazifani esa dekart koordinata



sistemasi va unga biriktirilgan soat majmuasi o‘taydi deb qaydetilgan edi. Agar sanoq sistemalari bir-biriga nisbatan tinch yokito‘g‘ri chiziqli tekis harakat qilayotgan va ularning birortasida Nyuton dinamikasi qonunlari o‘rinli bo‘lsa, unda bu sistemalarinersial sanoq sistemalari bo‘ladi.Barcha inersial sanoq sistemalarida klassik dinamikaning qonunlari bir xil shaklga ega. Bu prinsipga mexanikada nisbiylik prinsipi yoki Galileyning nisbiylik prinsipi deyiladi.

Albert Eynshteyn (1879-1955) - yahudiy, nazariyotchi fizik olim, nisbiylik nazariyasi asoschisi, maydon kvant nazariyasi va statistik fizika asoschilaridan biri. Syurix politexnikumini tugatgan. Syurix universiteti (1909) va Berlin universiteti Bavariya Fanlar akademiyasi fizika instituti direk tori (1914-33). 1933 yildan to umrining oxirigacha Prinston institutida (AQSH) ishlagan. Ilmiy ishlari asosan nisbiylik nazariyasiga doir.

Nisbiylik nazariyasi — fazo va vaqtning har qanday fizik jarayon uchun oʻrinli boʻlgan xususiyatlari haqidagi hozirgi zamon fizika taʼlimoti. Albert Einstein yaratgan nisbiylik nazariyasi 2 qismdan: maxsus nisbiylik nazariyasi va umumiy nisbiylik nazariyasidan iborat boʻlib, maxsus nisbiylik nazariyasi 1905-yilda, umumiy nisbiylik nazariyasi 1916-yilda nihoyasiga yetkazilgan.

1. Barcha inertsial sanoq sistemalarda tabiat qonunlari bir xildir. Bu pastulot maxsus nisbiylik printsipi deyiladi.

2. Barcha inertsial sanoq sistemalarida yorug’likning vakuumdagi tezligi bir xil bo’lib, u yorug’lik manbaining xarakat tezligiga bog’liq emas. Bu pastulot yorug’lik tezligining doimiylik printsipidir.

Eynshteyn fizika uchun muhim bo’lgan 2 ta pastulotni bayon qilgan:

Maxsus nisbiylik nazariyasi 1905 yilda A. Eynshteyn tomonidan yaratildi. Bu nazariya faqat inertsial sanoq sistemalarida ya’ni birbiriga nisbatan togri chiziqli tekis xarakatlanayotgan sanoq sistemalarda yuz beradigan tabiat xodisalarini organadi. Shuning uchun xam bu nazariyaga maxsus nisbiylik nazariyasi deyiladi.

Nisbiylik nazariyasi — fazo va vaqtning har qanday fizik jarayon uchun oʻrinli boʻlgan xususiyatlari haqidagi hozirgi zamon fizika taʼlimoti. Albert Einstein yaratgan nisbiylik nazariyasi 2 qismdan: maxsus nisbiylik nazariyasi va umumiy nisbiylik nazariyasidan iborat boʻlib, maxsus nisbiylik nazariyasi 1905-yilda, umumiy nisbiylik nazariyasi 1916-yilda nihoyasiga yetkazilgan.

Nisbiylik nazariyasiga koʻra, fizik jarayonlarda fazo va vaqt xususiyatlari oʻzaro bogʻliqdir. Fazo va vaqtning oʻzaro bogʻlanishi harakat tufaylidir. Jism turli harakatda ekan, fazo va vaqt xususiyatlari ham turlichadir. Maxsus nisbiylik nazariyasi uchun 2 prinsip (asosiy qonun) zamin hisoblanadi: birinchisi nisbiylik prinsipi, ikkinchisi yorugʻlik tezligining doimiyligidir. Nisbiylik prinsipiga asosan, fizik qonuniyatlarni ifodalovchi matematik tenglamalar bir xil koʻrinishga ega, yaʼni ular turli inersial sanoq sitemalarga nisbatan invariantdir. Ikkinchi prinsipni quyidagicha ifodalash mumkin: yorugʻlikning boʻshliqdagi tezligi barcha inersial sanoq sistemalarda bir xil qiymatga ega boʻlib, yorugʻlik manbaining harakatiga bogʻliq emas.

Yorug’lik tezligini Eynshteyn koinotdagi yagona o’zgarmas tezlik deb biladi va bu tezlik biror narsaning harakatiga nisbatan aniqlanmaydi. Yorug’likning tezligi 300000 km/sekund atrofida ekanligini bilamiz. Lekin uning o’zgarmas tezlik ekanligini tafakkur etish qiyin. Yorug’lik tezligini hech narsa bilan solishtirib bo’lmasligi uchun uning tezligi o’zgarmasdir. Eynshteyn bu nazariyani quyidagi fikr bilan bayon etadi: yorug’likning vakuumdagi tezligi chegaraviydir, ya’ni tabiatda uchraydiga tezliklarning eng kattasidir va manbaning harakat tezligiga ham, kuzatuvchining harakat tezligiga ham bog’liq emas. Bunday tezlikdagi harakat,- tezliklarning qo’shish va ayrish qonunlariga bo’sunmaydi. Bundan tashqari, Eynshteyn shu nazariya asosida massa bilan enargiyani o’zaro bog’lovchi qonunini ochib berdi. Massaning energiya bilan bog’liq muammolarini ularning bir holatdan ikkinchi holatga o’tishi nuqtai nazaridan o’rgandi.

Lorents almashtirishlari


Lorents almashtirishlari bir vaqtlilik tushunchasining nisbiy xarakterda ekanligini miqdor jixatdan aniqlashga imkon beradi. Aytaylik, biror K' sisetamaning X1va X2 nuqtalarida vaqtning t' paytida ikki voqea ro’y bergan (mas. ikki chiroq yonib o’chgan) bo’lsin. Klassik mexanika nuqtai nazaridan bir inertsial sistemada (K' sistemada), bir vaqtda ro’y bergan ikki voqea boshqa xamma inertsial sistemalarda jumladan K sistemada xam ayni shu vaqtda yuz beradi.

Nisbiylik nazariyasi nuqtai nazaridan esa boshqacha xulosa kelib chiqadi: bir inertsial sistemada bir vaqtda yuz bergan ikki voqea, boshqa inertsial sistemada bir vaqtda yuz berishi mumkin emas. Tabiatda o’zaro aloqador voqealarning biri, albatta sabab, ikkinchisi esa, albatta oqibat bo’lib keladi. Nisbiylik nazariyasi shuni ko’rsatadiki, bir vaqtlilik nisbiy bo’lsa-da, sabab va oqibat xech qachon va xech bir sanoq sistemasida o‟rinlarini almashtirishlari mumkin emas, bunday xollarda xamisha oqibat sababdan kelib chiqadi.

Xulosa:

  • Men bu mavzuni o’rganish jarayonida shunga amin bo’ldimki, nisbiylik nazariyasining fizika fanidagi ahamiyati beqiyos ekan. Nisbiylik nazariyasining asoschisi A. Eynshteyn umrining ko’p qismini ushbu nazariyasniochish va tushuntirish uchun bag’ishlagan va yakunda “Har qanday harakat nisbiydir, ya’ni kosmik kenglikda biror jismning harakatlanishi boshqa jismga nisbatan qayd etiladi.” degan xulosaga kelgan.
  • Lekin shuni ham alohida ta’kidlab o’tish kerakki o’tkazilgan qator tajribalar ushbu nazariyaning to’g’riligini tasdiqladi, ammo uni to’la to’kis isbotlash imkoni yo’q. Chunki hali ochilmagan tabiat hodisalari juda ko’p.

E’tiboringiz uchun raxmat!

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • Matveev A.N. “Elektrodinamika” 24-34-betlar
  • Rumer Yu.B., M.S.Rivkin “Teori osnositelnosti” Uchpedgiz, Moskva 1960g. 5-10 betlar.
  • Raximov A.U., Otaqulov B.O. “Elektrodinamika va nisbiylik nazarisi” 1-kitob 12-16 betlar
  • Bolotonskiy B.M “Svechenie Vavilova-Cherenkova” Moskva “Nauka” 1964g.
  • www.uz.Wikipedia.org
  • www.Arxiv.uz
  • www.hozir.org

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling