Mustaqil ishi mavzu: mashinasozlik sohasida gidravlik jihozlar o’rn urganch 2023


Download 0.6 Mb.
bet1/2
Sana05.05.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1432656
  1   2
Bog'liq
SHAHZOD A


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY
VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
TEXNIKA FAKULTETI

201-GURUX TALABASI
ABDULLAYEV SHAHZODNING ning
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: MASHINASOZLIK SOHASIDA GIDRAVLIK JIHOZLAR O’RN

URGANCH 2023
Gidravlik jihozlarning tuzilmalari yildan-yilga rivojlanib, ularni boshqarishda avtomatik tizimlar qo’llanila boshladi. Bu jixozlar bir turdagi energiyani boshqa turdagi energiyaga oson aylantirish, inson mehnatini kamaytirib, katta kuch hosil qilish, tezlikni pog’onasiz rostlash, aylanma harakatni ilgarlanma harakatga yoki teskarisiga tez aylantirish imkoniyatlariga egaligi bilan ajralib turadi.
Gidravlika-suyuqliklarning muvozanat va harakat qonunlarini hamda bu qonunlarni texnikaning turli sohalariga tadbiq etishni o’rganadi. Shuningdek, suyuqliklarda kuchlarning tarqalishi va uning harakat vaqtida o’zgarish qonunlarini har xil qurilmalar va mashinalarni hisoblash hamda loyihalashga tadbiq etish bilan shug’ullanadi.
Gidravlik mexanizmlar-suyuqliklarning kinetik yoki potensial energiyasida harakatlanuvchi apparat yoki qurilmalarga aytiladi.
Gidrodinamika-suyuqliklar harakatining qonuniyatlarini va oqimlarning tarkibini o’rganadi.
Gidromashinalar-bu mexanik harakatni suyuqlik harakatiga yoki suyuqliklarning harakatini mexanik harakatga aylantiruvchi qurilmalardir.
Mexanik harakatni avval suyuqlikning harakatiga aylantirib, so’ngra yana mexanik harakatga aylantiruvchi gidravlik mashinalar-gidroyuritmalar deb ataladi.
Hozirda ishlab chiqarilayotgan transport vositalarining gidravlik jihozlari va ularning gidroapparatlari vazifasi va konstruksiyasi ularda sodir bo’luvchi gidrostatik va gidrodinamik jarayonlarning fizik mohiyatini nazariy tomondan ochib berishga xizmat qiladi. Bundan tashqari transport vositalarining gidravlik yuritmalari zamonaviy konstruksiyalarini ularni takomillashtirish usullarini davlat va hukumatning transport mashinasozligi sohalarini rivojlantirish qarorlari asosida mamlakatimiz,horijdagi fan va texnika yutuqlari masalalarini qamraydi.
Transport vositalarining texnik jixozlari, umumiy konstruksiyasi vazifasi va tasniflanishi, har qaysi gidroagregatni transport vositasida joylashuvi, yonidagi uzellari bilan ta'sirlashuvi gidroagregatlarga qo’yilgan talablar, gidrotizimda sodir bo’luvchi gidrostatik, gidrodinamik jarayonlar mashinalar gidroenergetikasi va gidromexanik kuch uzatmalari hamda boshqa ish qurilmalari bilan tanishtirishdan ibroat.
Qurilmalarda va quvur ichida suyuqlik uning boshi va oxiridagi bosimlar farqi tufayli harakat qiladi. Suyuqlikni quyi sathdan yuqori sathga uzatish uchun esa nasoslardan foydalaniladi. Bunda suyuqlikka bosimning potensial energiyasi ta'sir ettiriladi. Nasos shunday gidravlik mashinaki, unda elektr yuritgichning mexanik energiyasi suyuqlikning harakatlanish energiyasiga aylantirib beriladi. Gidravlik mashinalar quyidagi turlarga bo’linadi.

Gidravlik mexanizmlarning ishlash prinsipi va asosiy hususiyatlari.Gidravlik yuritmalarning mashinasozlik sohalarida tutgan o’rni va ularning taraqqiyot bosqichlari. Suyuqlik bosim ostida harakatlanib gidravlik kuch silindiriga boradi va qaytib suyuqlik idishiga tushadi va suyuqlik filtrlanib, qaytadan nasos orqali kuch silindrlariga boradi. Suyuqliklarning ushbu bosib o’tgan yo’li gidravlik sxema deyiladi.


Gidravlik tizim ikki turga bo’linadi. Boshqariladigan va boshqarilmaydigan (avtomatik) gidravlik tizimlarga bo’linadi. Boshqarilmaydigan (avtomatik) gidravlik tizim standart (Constant pressure systems, CP-system, standard) vapast bosimli (Constant pressure systems, CP-system, unloaded) turlarga bo’linadi.Boshqarilmaydigan standart gidravlik tizimlarda regulyator o’rnatiladi.Boshqarilmaydigan past bosimli gidravlik tizimlarda standartdan farqli ravishda nasos past bosimda ishlaydi. Boshqariladigan (Load-sensing systems, LS-system) gidravlik tizimlarda nasosdan chiqishdagi suyuqlik bosimini aniq regulirovka qilish talab qilinadi va buning uchun klapan va kompensatorlar o’rnatiladi.

Zichlik xajm birligidagi V bir jinsli jismning massasi m zichlik p deb yuritiladi.
p=m/v
buyerda p-zichlik kg/m3, m-massa kg,v-hajm m3

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling