Mustaqil ishi mavzu: qadimgi davr iqtisodiy qarashlari tekshirdi: xaitov t


Download 130.57 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi130.57 Kb.
#210553
  1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ish Tarix


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI



IQTISODIYOT FAKULTETI RAQAMLI IQTISODIYOT YO`NALISHI 107-GURUH TALABASI

BAXTIYOROV ASRORNING

IQTISODIY TA`LIMOTLAR TARIXI FANIDAN

MUSTAQIL ISHI

MAVZU: QADIMGI DAVR IQTISODIY QARASHLARI

TEKSHIRDI: XAITOV T.

SAMARQAND-2021

Reja:

1.Qadimgi Sharqdagi iqtisodiy g'oyalar.



2.Qadimgi Hindistondagi iqtisodiy g’oyalar.

3.Yunon faylasuflari: Gomer, Ksenofont, Suqrot.

4.Aristotelning iqtisodiy qarashlari.

5. Aristotel merosi.



6. Konfutsiy ta’limoti.

Iqtisodiy fan manbalarni avvalo jahon sivilizatsiyasining beshigi bo’lgan qadimgi Sharqdan izlamoq mantiqan to’g’ridir. Iqtisodiy g’oyalarning shakllanishi insoniyatning paydo bo’lishi bilan bog’langan ammo hozirgi paytda qo’l yozmalarda aks ettirilgan g’oyalargina tahlil qilingan. Shu sababli iqtisodiy ta’limotlar tarixi quldorlik jamiyati paydo bo’lishi bilan bog’lanadi. Dastlabki quldorlik jamiyati Sharqda sinfiy ajralish boshlagan joylarda, Mesopatomiya (Tigr va Evfrat daryolari oralig’ida) va Misrda eramizdan avvalgi IV ming yillikda yuzaga kelgan. Bunga asosiy sabab shuki, bu yerda texnologik inqilob ro’y bergan. Metal qurollar ishlatila boshlangan, qishliq xo’jaligida intensif ko’p hollarda sug’orma dehqonchilikka o’tilgan.Shu asosda nisbatan turg’un qo’shimcha mahsulot olish imkoni tug’ilgan. Oqibatda jamiyatda mehnat taqsimotini rivojlantirishga, ko’pgina hunarmandchilik sohalarining ajralib chiqishiga, sinfiy tabaqalanishiga turtki bo’lgan. Bu davrda qo’shimcha mahsulot olishning asosiy usuli jamoaga birlashgan dehqonlarni ekspluatatsiya qilish yo’li bilan renta soliq olish bo’lsa, qullarni beayov ishlatish bilan katta boylik orttirilgan. Sharqda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasiga qarab, qullarnikidan deyarli farq qilmagan (umuman Sharq mamlakatlarida qulchilik masalasi hali uzil-kesil hal etilgan emas). Akademik V.V.Struve uni tan olgan. Lekin ko’pgina olimlarning fikricha , Sharqda quldorlik klassik shaklda rivoj topmagan, patriarxal, ya’ni uy xo’jaligida ustun bo’lgan. Sharq, jumladan O’rta Osiyo mamlakatlaridagi xo’jalik faoliyatida nisbatan erkin odamlar ishtirok etgan. Masalan, dehqonchilik, qurilish sohasida qullar mehnatidan foydalanilmagan. Antik dunyo (G’arbiy Yevropadagi) ayrim regionallarda xalqaro savdoni olib boorish bilan bog’liq ravishda tovar-pulmunosabatlari ham anchagina rivojlangan (masalan Gretsiyaning ayrim shaharlari). Shu asosda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik rivoj topgan. O’z mahsulotini mo’ljallab ishlab chiqargan qulchilik xo’jaliklari ekspluatatsiyani kuchaytirishi talab etilgan. Oqibatda klassik yoki antic qulchilik yuzaga kelgan. Qadimgi Misrdan farqli ravishda Mesopotamiyada xususiy mulkchilik va Tovar-pul munosabatlarining nisbatan tez rivojlanishi xarakterlidir. Bu Bobil (Vavilon)da podsholik qilgan Xammurapi qonun to’plamlari (jami 282 ta) diqqatga sazovor. Bunda ishlab chiqarishni, birinchi navbatda qishloq xo’jaligini rivojlantirishni qo’llab quvvatlash bo’lgan, ya’ni mehnatsiz daromad topishga qarshi kurashilgan. Qarzni qarz hisobiga uch yildan ortiq ushlab turish mumkin bo’lmagan umuman, xususiy mulkchilik shu jumladan yerga ham tan olingan. Birovning xususiy mulkiga ko’z olaytirgan , unga zarar yetkazganlar iqtisodiy jihatdan jazolangan. Bu qonunlar to’plami davlatning, mamlakatlarning iqtisodiy boshqarish sohasidagi dastlabki tajribasini ko’rsatgan. Oqibatda shu davrda mamlakat ham siyosiy jipslashgan ham iqtisodiy ravnaq topgan. Qadimgi Hindistonning “Manu qonunlari”da ijtimoiy mehnat tahsimotining hukmronligi va bo’ysunish institutlarining mavjudligi aytiladi. Hindistondagi iqtisodiy g’oyalarni aks ettiruvchi qadimgi yodgorlik “Artxashastra”dir. Unda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa qilib qo’yilgan. Asarda “Buyumning qiymat” muammosi, qiymat miqdori davlatning boshqarish bo’yicha takliflar va bir qancha iqtisodiy g’oyalar ilgari surilgan. Qadimgi Hindistinda yaratilgan “Veda”lardan bir qancha muhim iqtisodiy g’oyalar keltirilgan. Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy g’oyalari Konfutsiy yoki Kun-Tszi va boshqa iqtisodchilarning asarlarida jamlangan bo’lib, tabiiy huquq nazariyasi ilgari surilgan. Ularda mehnat tahsimoti, davlatning roli, xalq boyligi va hunarmandlar mulki o’rtasidagi bog’lanish, iqtisod va qonun masalalariga bag’ishlangan. Respublikamiz olimlarining tadqiqotlariga ko’ra, Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo’lgan “Avesto”da ham muhim iqtisodiy fikrlar bayon etilgan. Jumladan sun’iy sug’orish asosida dehqonchilik yuritish, ona tabiatni e’zozlash, hayvonlarni asrash, noo’rin so’ymaslik, unga zulm qilmaslik, tuproq sharoitini yaxshilash masalalari yoritilgan. Bu kitob eramizdan avvalgi XI ming yillik oxiri I ming yillik boshlarida voqealarni aks ettirgan va juda qadimiy yodgorlikdir.

Qadimgi Hindiston tabaqaviy jamiyarga asoslangan quldorlik davlati bo’lgan. Qadimgi Hindistondagi davlatlar podsholar tomonidan boshqarilgan. Podsholar oqsoqollar kengashi va qo’shinga tayanib ish olib borganlar. Qadimgi aholi boy badavlat, hunarmand, mayda savdogar, o’rtahol dehqon va ziyolilardan iborat o’rta tabaqaga hamda kambag’allar, qashshoqlar va qullarga bo’lingan. Hindistonda yashagan aholi tirikchiligining asosini sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik tashkil etgan. Dehqonlar daryo vohalaridagi unumdor yerlarni o’zlashtirganlar. Buyvol,zubr va qo’tos ho’kizlarini qo’sh omochga qo’shib yer haydaganlar. O’zlashtirilgan tekis yerlarga suv kanal va ariqlar orqali kelgan. Balandroq yerlarga esa charxparraklar orqali suv chiqarilgan. Suvni yuqoriga chiqarishning eng qadimgi qo’l usuli Misr tipishoduflarbo’lib, ular qadimiy Misr, Mesopotomiyada keng tarqalgan edi. Shoduf moslamasi Hindistonda “densli” nomi bilan mashhur bo’lgan. U yerda “rati” deb yuritiladigan yuqoriga suv chiqarish moslamasi keng tarqalgan bo’lib, bular Misr “atue”siga o’xshaydi. Dehqonlar dalalarga bug’doy, arpa, no’xat, sholi, shakarqamishva g’o’za ekkanlar. Hindiston g’o’za-paxtaning ilk vatanidir. Ular banan, anjir, anor,qovun, o’rik, olma yetishtirib, polizchilik va bog’dorchilik bilan ham shug’ullangan. Dalalarda har turli sabzavotlar ham yetishtirilgan. Dehqonchilikda tosh, mia va jezdan yasalgan qurollardan foydalanganlar. Hind vohasida, ayniqsa Panjobda sero’t yaylovlar ko’p bo’lgan. Shu bois aholi qoramol, qo’tos, zubr, qo’y, echki, cho’chqa va eshak boqin, chorvachilik bilan shug’ullangan. Qadimgi hindlar yovvoyi fillarni qo’lga o’rgatib, ulardan xo’jalik va harbiy maqsadlarda foydalanganlar. Dehqonchilik va chorva mahsulotlari aholini oziq ovqat, jun, teri kabi xomashyo bilan ta’minlagan. Eng qadimgi Hindistonda hunarmandchilik ham rivoj topgan edi. Hind ustalari tosh, mis, jez, kumush, oltin va qimmatbaho toshlardan mehnat va jangovor qurollar, muhrlar, uy-ro’zg’or, zargarlik buyumlari va turli jihozlar tayyorlagan. U yeda to’qimachilik kulolchilik, qayiqsozlik, hatto kemasozlik ham ancha taraqqiy etgan. Arxeologlar Hind vohasi va Panjobning ko’p joylaridan savdo omborxonalari va do’konlarining qoldiqlarini topganlar. U yerlardan qadoq toshlar ham topilgan. Bu Hindistonda ichki va tashqi savdoning rivojlanganligidan dalolat beradi. Savdogarlar Eron, Turon, Xitoy, Mesopotomiya, Arabiston va boshqa mamlakatlar bilan suv va quruqlik yo’llari orqali savdo-sotiq ishlarini olib brogan. Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlanishi, shuningdek, talonchilik urushlari natijasida ayrim kishilar ixtiyorida ortiqcha boylik yig’ilgan. Bu hol mulkiy tengsizlik va tabaqalanishni yanada tezlashtirgan, bo’g’usi yirik davlatlarning vujudga kelishi uchun zamin tayyorlagan.

Qadimgi dunyo yunon faylasuflari bir qancha ishlarni amalga oshhirganlar. Ulardan eng ko’zga ko’ringanlari Gomer, Ksenofont, Suqrot, Gesiot va Aristotellardir.

Gomer (Homeros) — yunon shoiri. Uning hayoti haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. Turli davrlarda yaratilgan tadqiqotlarda uning yashab oʻtgan davrini mil. av. 12-asr bilan 7-asr oraligʻida deb koʻrsatiladi. Gomer ning soʻqir boʻlgani, oʻz asarlarini baxshilar kabi ogʻzaki aytgani maʼlum. Ularni kim, qachon yozib olgani aniq emas. Gomerga nisbat berilgan asarlar koʻp, ammo gomershunoslar kup tortishuvlardan keyin fakat 2 asarni — „Iliada“ va „Odisseya“ Gomerniki deb tan olishgan. Ularning ikkovi ham qahramonlik eposi boʻlib, yunon mifologiyasi asosida yaratilgan. Shu bilan birga, ularda faqat sheʼrlar, afsonalar va rivoyatlargina emas, real tarixiy vokealar ham aks etgan. Jumladan, „Iliada“ dostonida tasvirlangan Troya koʻp zamonlar afsonaviy shahar hisoblanib kelingan, ammo buyuk arxeolog Shpilman koʻp yillik izlanishlardan soʻng uni topdi va bu shahar tarixda mavjud boʻlganini isbot qildi. Gomer asarlaridan namunalar oʻzbek tiliga tarjima qilingan.


Download 130.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling