Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy- siyosiy jarayonlar


Download 17.76 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi17.76 Kb.
#1251503
Bog'liq
2-mavzu topshiriq Tarix


Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy- siyosiy jarayonlar.
80-yillarning o'rtalarida SSSRning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy hayotida inqirozli vaziyatning yanada keskinlashuvi ro'y bera boshladi. Qayta qurish kontsepsiyasi cheklangan bo'lib, u SSSRni taraqqiyotini ta'minlay olmas edi.Qayta qurish yillarida O'zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot yomonlashdi.Respublikada milliy urf-odatlar, an'analar, qadriyatlar toptaldi, buning oqibatida xalq orasida loqaydlik, ishonchsizlik va norozilik kuchaydi. Farg'ona fojeasi yuz berdi. Milliy o'zlikni anglash boshlandi.O'zbek tiliga davlat tili maqomini berilishi, paxta yakkahokimligini tugatilishi, ekologik holatni sog'lomlash-tirishni O'zbekistonda dolzarb masala sifatida ko'tarildi.80-yillarning o‘rtalarida qonunsizlik va qatag‘onning yangi bosqichi boshlandi. Aybdorlarni qidirishda Markaz O‘zbekistonni yangi qatag‘onlar sinov maydonchasiga aylantirib, sinab ko‘rilgan "vintlarni mahkamlash" yo‘liga o‘tdi. Turli funktsionerlarning respublikaga yuborilishi, ularning respublika partiya, sovet va sud organlaridagi muhim o‘rinlar joylashtirilishi milliy kadrlarga qarata terrorni yuzaga keltirdi. T. Gdlyan va V. Ivanov boshchiligidagi respublikaga kelgan SSSR Bosh prokuraturasi xodimlari Markaz yordamida bir qator jinoiy uydirmalarni - "O‘zbeklar ishi", "Paxta ishi", "O‘zbek mafiyasi" kabilarni to‘qib chiqardilar."Desantchilar" rahbar xodimlardan tortib, to oddiy mehnatkashlrni firibgarlik, poraxo‘rlik, boqimandachilikda, qshib yozishlikda aybladilar.
I.Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi etib saylanishi bilan O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy sohada jiddiy o‘zgarishlar boshlandi. I.Karimov o‘z faoliyati boshidanoq respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligiga erishishga qaratilgan yo‘lni tanladi va Markaz bilan munosabatlarda prinsipial pozitsiyani egalladi. "Paxta" va "O‘zbek" ishlari qayta ko‘rib chiqilib, millatlararo munosabatlarga to‘g‘ri baho berildi va adolat tiklana boshladi. I.Karimov O‘zbekistonga rahbarlik qilgan dastlabki kunlardanoq o‘zbek xalqining ma’naviy kamol topishiga, milliy qadriyatlarning tiklanishiga, O‘zbekiston aholisini ijtimoiy himoya qilishga katta ahamiyat berdi. Mustaqillik yo‘lidagi muhim qadam - bu 1989 yil oktyabr oyida o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi bilan bog‘liq "Davlat tili to‘g‘risida" qonunni qabul qilinishi bo‘ldi.
Download 17.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling