Musulmon huquqi


Download 61.15 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.12.2020
Hajmi61.15 Kb.
#162626
Bog'liq
Musulmon huquqi - Vikipediya


Musulmon huquqi

Musulmon huquqi - jahondagi asosiy

huquqiy tizimdardan biri (kontinental va

anglosakson huquq tizimlari bilan bir

qatorda). Arab xalifaligida 7—10-asrlarda

yuzaga kelgan Musulmon huquqining

asosiy mohiyatini islom talablaridan kelib

chiqadigan, musulmonlarning oʻzaro

muomala va axloq qoidalari hamda ularni

buzganliklari uchun qoʻllaniladigan

(odatda, diniy ruxdagi) jazolar tashkil

etadi (qarang Shariat). Quron, sunna,

ijmo, qiyos, urf-odat Musulmon



huquqining asosiy manbalari

hisoblanadi. Musulmon huquqi faqat

musulmonlar oʻrtasidagi munosabatlarda

amal qiladi. Birok, musulmonlar aholining

asosiy koʻpchiligini tashkil etgan Osiyo va

Afrika mamlakatlarida qam Musulmon

huquqining mavqei kuchli boʻlishiga

karamay, u yangi ijtimoiy munosabatlarni

hisobga olgan holda qonun va odatlar

bilan toʻldirilib kelingan. Shuning uchun

diniy Musulmon huquqi bilan musulmon

davlatlari huquqini farqdash lozim. 1869

— 77 yillarda Musulmon huquqining

majburiyat va pro-sessual normalari

kodifikatsiyalash asosida, Usmonli turk

imperiyasida fuqaroviy kodeks vazifasini

bajargan al-Majalla eʼlon qilindi.


Musulmon huquqi Turkiyada 1926,

Livanda 1932, Suriyada 1949, Iroqda

1951 yilgacha amalda boʻldi. Bu

kodeksning taʼsiri qisman Iordaniya, Isroil

va Kiprda ham saqlangan. 19-asrning 2-

yarmidan boshlab musulmon

mamlakatlarida Gʻarbiy Yevropa

mamlakatlarining huquqidan foydalanish

asosida jinoyat, savdo, protsessual va

boshqa kodekslar qabul qilindi. M.x,. oila,

meros va boshqa munosabatlarni

tartibga solishda muhim oʻrin tutadi.

Musulmon huquqining bu tarmoqdarini

kodekslash MAP, Suriya, Iroq, Iordaniya,

Tunis, Marokash, Xindi-ston, Pokiston va

boshqa mamlakatlarda maxsus qonunlar

qabul qilish shaklida amalga


oshirilmoqda. Ayrim arab

mamlakatlarida, Hindiston, Pokiston,

Indoneziya va boshqa da

musulmonlarning shaxsiy maqomi

(statuti) masalalari yuzasidan (ayrim

masalalar boʻyicha musulmon

boʻlmaganlarga nisbatan ham)

kodekslashtirilgan Musulmon huquqining

taʼsiri saqlanib qolgan. Bir qancha arab

mamlakatlarining konstitutsiyalarida

Musulmon huquqi qonunchilikning asosi

hisoblanib, fuqarolik huquqi va boshqa

sohalarda uni qoʻllashga ruxsat etiladi; bu

mamlakatlarda shariat asosida ish

koʻradigan sudlar saqlangan. Sharqiy va

Markaziy Afrikadagi ayrim



mamlakatlarda Musulmon huquqi oddiy

huquq tarzida qoʻllanadi.

Aʼzamjon Rahmonov.

[1]


1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-

yil

Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga

ishorat yoʻq. 

Siz ularni topib va ushbu maqolaga

qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz

mumkin.

Manbalar


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin. 

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Musulmon_huquqi&oldid=2002

710

" dan olindi 



  Soʻnggi tahrir 2 yillar avval EdgarsBot tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha



foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).

Download 61.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling