Mutaxassislik fanlarini o’qitishning ta’lim tamoyillari va ularning mazmun mohiyati


Download 384.61 Kb.
Sana14.03.2023
Hajmi384.61 Kb.
#1268276
Bog'liq
4-savol un


2.1. Mutaxassislik fanlarini o’qitishning ta’lim tamoyillari va ularning mazmun mohiyati.
O’qituvchi faqat o’qitishning qonuniyatlarini bilishgina emas, balki ularni amalga oshirish uchun qulay sharoitlarni yaratib bera olishi ham muhim. Bunga ayrim etakchi boshlang’ich qonuniyatlarni chuqur tushunish va ularni o’quv jarayonida qo’llash orqali erishiladi. Bunday qonuniyatlar didaktikada ta`lim tamoyillari yoki didaktik tamoyillar deb nom olgan. 33 Olimlarning ta’lim tamoyillarining soni va nomi to‘g‘risidagi fikrlari birbiridan farq qilsa ham, ammo ularning mazmuni va o‘qitish qonuniyatlarini tushunish an’anasi asosan bir xildir. Ta’lim tamoyillarining majmuasi mavjud bo'lib, ularga quyidagilar kiradi (2.2 -rasm):

Faollik tamoyili - talaba o'zi harakat qilgan paytda yaxshi o'rganadi va o'zlashtiradi. Shuning uchun o'quv jarayoni shunday tashkil qilinishi kerakki, talaba ilm olishga ongli munosabatda bo'lsin.
Talabalar har bir darsga faol qatnashishi kerak. Chunki talaba qandaydir ish bajarishda u ishni ongli ravishda o'zlashtiradi va bu bilim xotirasida chuqurroq o'rnashib qoladi. Natijada talabalar darslarni yaxshiroq va chuqurroq o'zlashtirgani uchun mukammal bilimga ega bo'lish bilan birga, ularning bu sohada qiziqishi ortadi. Mustaqillik va individual ravishda o'rganish kabilarga faqat shu tarzda erishish mumkin. Buning uchun, o'qituvchi juda yaxshi uslubiy qobiliyatlarga va ko'nikmalarga ega bo'lishi kerak.
O'qitishning tushunarli bo'lishlilik tamoyili o'rganilayotgan material maznuini, hajmi va o'qitish usullariga ko'ra talabalarning yoshiga, tayyorgarlik darajasiga, jismoniy kuchi va bilish imkoniyatlariga mos bo'lishini talab etadi.
O'qitishning tushunarli bo'lishi deganda uni oson o'zlashtiriladigan bo'lishi tushunilmaydi. Haddan tashqan oson materialni talabalar ortiqcha kuch-g'ayrat sarflamay o'zlashtirib oladilar. Bunday o'qitish talabalarning aqliy bilish imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam bermaydi.
O'qitishni tushunarliligi talaba imkoniyatlarining eng yuqori chegarasi va uni asta-sekin oshirib borish bilan belgilanadi. Ta'lim jarayonining borishida talabalar oldiga qo'yiladigan o'quv va mehnat topshiriqlarini izchillik bilan murakkablashtirib borish ularning aqliy imkoniyatlari va jismoniy kuchlarini rivojlantiradi. O'quv materialining mazmuni shunday tanlangan va tuzilgan bo'lishi kerakki, talabalar uni o'zlarining avval olgan bilimlari bilan bog'lay olishlari va uni tushunishda qiynalmasligi lozim.

~ ~

Download 384.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling