Muvaffaqiyatli oila biznesi


Download 49 Kb.
Sana11.12.2020
Hajmi49 Kb.
#164927
Bog'liq
Elmirzayev, Toshpo'latov


Muvaffaqiyatli oila biznesi

Elmirzayev S.E.– TMI, I.f.d., prof

Toshpolatov M.S. - TMI, magistrant
Oilaviy biznes ko'p mamlakatlarning milliy iqtisodiyotning asosini tashkil etadi. Ular ish o’rinlari yaratishi, innovatsiyalarni rag'batlantirishi va yuqori daromad keltirishi mumkin. Agar muammoga to’g’ri yondashilsa, oilaviy biznesning ko'plab turlari muvaffaqiyatli tashkil etilishi mumkin. Umuman olib qaraganda, yaqin qarindoshlar biznes yuritish jarayonida ishonchliroq hisoblanishadi. Ammo boshqa tomoni shundaki, oila va biznesni aniq ajratib ko'rsatish kerak, aks holda oilaviy munosabatlar buzilishi va foydasiz qolinishi mumkin.

Oilaviy biznesda mulkdorlar o‘rtasida ziddiyatlarga sabab bo‘luvchi holatlar mavjud. Masalan, kompaniya foydasini dividend sifatida taqsimlamasdan reinvestitsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda turli oila a’zolarning fikri turlicha bo‘lishi mumkin. Oilaviy biznesda ishlaydigan mulkdor mazkur qarorga u allaqachon kompaniyadan ish haqi olganligi bois umuman qiziqish bildirmasligi ham mumkin. Boshqa tarafdan asosiy daromad manbai oilaviy biznes tomonidan beriladigan dividend bo‘lgan va oilaviy biznesda ishlamaydigan mulkdor nuqtayi nazaridan umuman boshqacha qaraladi. Mazkur mulkdor yanada ko‘proq va doimiy dividend olish tarafdori bo‘ladi.

Oilaviy biznesning menejerlari biznes doirasidagi ularning boshqa rollariga bog‘liq holda turli xildagi motivlari mavjud bo‘ladi. Ushbu jabhada umumiy muammo oila a’zosi bo‘lgan va bo‘lmagan menejerlarga nisbatan turli xildagi munosabatdir. Aksariyat oilaviy bizneslarda asosiy menejment lavozimlarini barchasi yoki bir qismi qat’i ravishda oila a’zolari uchun band qilib qo‘yiladi. Ushbu holat kelgusida qancha ishlashidan qat’i nazar hech qachon ijroiya organda ishlay olmasligini biladigan oila a’zosi bo‘lmagan menejerlarning motivatsiyasi va samaradorligiga ta’sir qiladi. Natijada, ko‘pchilik oilaviy bizneslar malakali tashqi menejerlarni jalb qilish va saqlab qolish masalasida doimo qiynalishadi. Aniq va adolatli (oila a’zosi bo‘lgan va bo‘lmaganlar uchun) bandlik siyosatining shakllantirilishi oilaviy biznesga ularning eng yaxshi va malakali xodimlarni rag‘batlantiriish va biznes rivojlanishidan manfaatdor tarzda ushlab turishni oson qilib qo‘yadi. Bunday siyosat u oila a’zosi bo‘lish bo‘lmasligidan qat’i nazar ishchining xohishlarini ularning samaradorligiga bog‘liq qilib qo‘yadi.

Keltirilgan jihatlar korporativ boshqaruvning oilaviy modeli, oilaviy biznesni boshqarish o‘ziga xos afzallik va kamchiliklarga ega ekanligini namoyon etmoqda (1-jadval).



1-jadval

Korporativ boshqaruvning oilaviy modeli, oilaviy biznesni boshqarish o‘ziga xos afzallik va kamchiliklar

Afzalliklari

Kamchiliklari

1. Biznes ustidan qat’iy tartibga asoslangan boshqaruv va nazorat imkoniyati;

2. Yirik biznes tomonidan qo‘shib olinish bo‘yicha risklar darajasining pastligi;

3. Yirik loyihalarni amalga oshirish uchun kapital yo‘naltirish, foydani reinvestitsiyalash imkoniyatining yuqoriligi;

4. Oilaviy qadriyatlar saqlab qolinishi va biznes rivojining yuqori darajasi;

5. Oilaviy bandlik va daromadlilikning ta’minlanishi;

6. Oilaviy biznes guruhlar (xoldinglar) yuzaga kelishi



1. Biznesda oila manfaatlarining ustuvorligi va bir tomonlama maqsadga qaratilganligi;

2. Minoritar aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilish masalasi e’tibordan chetda qolishi;

3. Inovatsion ishlanmalarga intiluvchanlikning past darajadaligi va biznesni kengaytirishga motivatsiya yetishmasligi;

4. Axborot ochiqligining va faoliyat shaffofligi darajasi pastligi;

5. Biznesga investitsiyalar kiritishning murakkabligi;

6. Biznesni boshqarish bo‘yicha oilaviy ichki ziddiyatlar.



*Mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan.

Umuman har qanday sharoitda oilaviy biznesni rivojlantirish, unda boshqaruvni takomillashtirib borish oila farovonligi, mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Oilaviy biznesning globallashuvi esa global raqobat sharoitida munosib o‘ringa ega bo‘lishga xizmat qiladi.

Qarindoshlar bilan muzokara qilish har doim ham oson emas. Ularning kamchiliklari yoki qobiliyatsizligini ko'rsatish qiyin, bu jiddiy muammoni keltirib chiqarishi va ish jarayonini tashkil etishga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Mehnat shartnomasi bo'yicha ishlaydigan qarindosh bo’lmagan odamga biron bir narsani taqdim etish osonroq. Shuningdek, oilaviy biznesning yana bir kamchilik tomoni shundaki, har bir kishi yetakchilik mavqeini egallab, korxonani yakka o'zi boshqarishni xohlaydi. Bu juda murakkab masala, uni rejalashtirish bosqichida eng yaxshi yechim topiladi, aks holda hamma narsa qulashi mumkin. Meros qilib olish masalasi ham oldindan rasmiylashtirilishi kerak. Yangi biznesni tezda o'rganish va bilimlarni amaliyotda muvaffaqiyatli qo'llash uchun ko'p vaqt talab etiladi va tezkor harakatlar muvaffaqiyatning birinchi kalitidir. Ma'lumoti va ish tajribasiga ega bo'lgan xodimni yollash osonroq. Bir oilada darhol bir vaqtning o'zida bir nechta sohalarda samarali ishlay oladigan mutaxassislar jamoasi paydo bo'lishi dargumon. Ish va shaxsiy munosabatlarni farqlash kerak. Hech qanday holatda oilaviy munosabatlar mehnat faoliyatini tashkil etishga ta'sir qilmasligi kerak. Har bir xodimning uy vazifasi bilan bog'liq bo'lmagan muayyan ish majburiyatlari mavjud. Oila uchun biznes janjal oloviga aylanmasligi uchun, biznes ochishdan oldin oiladagi barcha mumkin bo'lgan vaziyatlarni muhokama qilinishi lozim.

Rejalashtirish bosqichi har qanday tashabbus uchun eng muhim hisoblanadi. Shuning uchun, yangi biznesni boshlashdan oldin, barcha oila a'zolari nima qila olishini aniqlab olish kerak. Ya'ni, qaysi ish jarayonida har bir qarindosh ishtirok etadi. Bu shaxsiy tajriba, kasbiy va ijodiy qobiliyat, ta'lim va ish tajribasi asosida amalga oshirilishi kerak.

Quyidagi 2-jadvalda oilaviy korxonalar rivojlanish davrida duch keladigan oilaviy boshqaruvning asosiy muammolari keltirilgan:1

2-jadval.

Oilaviy korxonalar rivojlanish davrida duch keladigan oilaviy boshqaruvning asosiy muammolari.


Egalik qilish bosqichi

Aksiyadorlarning ustun masalalari

1-bosqich: Muassis (lar)

Yetakchilikka o'tish

Vorislik


Ko'chmas mulkni rejalashtirish

2-bosqich: Aka-uka hamkorligi

Jamoa va hamjihatlikni saqlash

Oilaviy mulkni saqlab qolish

Vorislik


3-bosqich: Amakivachchalar konfederatsiyasi

Korporativ kapitalni taqsimlash:

dividendlar, qarzlar va foyda darajasi

Aktsiyadorlarning likvidligi

Oiladagi nizolarni hal qilish

Oilaning ishtiroki va roli

Oila qarashlari va vazifalari

Oilaning biznes bilan bog'liqligi

Har bir bosqich turli xil muammolarni o'z ichiga oladi, agar ular to'g'ri boshqarilsa, oilaviy biznesning uzluksizligini ta'minlaydi. Aksariyat oilaviy kompaniyalar kompaniyaning asoschisilari tomonidan qilingan katta sa'y-harakatlar tufayli o'zlarining dastlabki davrida muvaffaqiyatli bo'lishadi, chunki ular biznesning barcha jabhalarida qo'llaniladi. Uzoq muddatda samarali aloqa kanallari va oilaviy biznesda ishtirok etadigan har bir kishining roli va umidlarini aniq belgilashga imkon beradigan to'g'ri boshqaruv tuzilmalari va mexanizmlarini yaratish zarurati tug'iladi.



Foydalanilgan adabiyotlar royxati:


  1. Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press, 2012. – P. 162.

  2. Elmirzayev S. Zamonaviy korporativ boshqaruv. Darslik. – T.: “Iqtisod-moliya”, 2019. – 416 b.

  3. Kelin E.Gersick. John A.Davis, Marion McCollom Hampton, Ivan Lansberg, Generation to Generation: Life Cycles of the Family Business. Harvard Business Review Press, 1997. – 320 p.

  4. John Ward, Creating Effective Boards for Private Enterprises (Family Enterprise Publishers)




1 John Ward, Creating Effective Boards for Private Enterprises (Family Enterprise Publishers)


Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling