Muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnalogiyalari unversiteti


Download 73.96 Kb.
bet1/2
Sana24.11.2023
Hajmi73.96 Kb.
#1796705
  1   2
Bog'liq
SHARQ VA G’ARB MUTAFFAKIRLARINING

MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNALOGIYALARI UNVERSITETI










___________________________FAKULTETI

________________GURUX TALABASINING


DINSHUNOSLIK

FANIDAN

MUSTAQIL ISH


Mavzu: SHARQ VA G’ARB MUTAFFAKIRLARINING

DINGA NISBATAN QARASHLARI







Bajardi: _______________________________

Qabul qildi: ______________________________


TOSHKENT-2023

Mavzu: Sharq va g’arb muttaffakirlarning dinga nisbatan qarashlari

Rеja:


  1. G’arb dinshunosligining o’ziga xos jihatlari.

  2. Dinlarni tasniflashda G’arb olimlarining qarashlari.

  3. Dinlar tarixini o’rganishda Sharq allomalarining yondashuvlari. Abu Rayhon Beruniy, Ibn Hazm Andalusiy, Abdulkarim Shahristoniy va Abu Mansur Bag’dodiylarning asarlarida dinshunoslik asoslari.

Tayanch tushunchalar:


Teologik yondashuv”, “materialistik yondashuv”, “edip kompleksi”, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Hazm Andalusiy, Abdulkarim Shahristoniy, Abu Mansur Bag’dodiy

G’arb dinshunosligining o’ziga xos jihatlari.


Mavzuni yoritishda talaba quyidagilarga e’tibor qaratadi. “Inson qachondan beri Xudoga ishonib keladi?”, “Din qachon paydo bo’ldi?” kabi savollar doimo olimlarni qiziqtirib, o’ylantirib kelgan. Mazkur izlanishlar necha asrlardan beri davom etib kelayotgan bo’lsa-da, hali hanuz bu borada bir to’xtamga kelinmagan. Umumiy ma’noda, bugungi kunda fanda dinlarning shakllanishi tarixiga oid ikki xil qarash mavjud.
Birinchi qarashga ko’ra dinning paydo bo’lishi bevosita insoniyatning yaralishi bilan bog’liq. Xudo ilk insonlarni yaratishi bilan ularga O’zini tanitdi, natijada inson ilk dinga e’tiqod qila boshladi. Bunday qarash fanda “teologik yondashuv” deb nomlanadi. Bugun mavjud bo’lgan har qanday din o’zining tarixini insoniyat yaralishi – ilk inson bilan bog’lashini ko’rishimiz mumkin. Jumladan, islom dinida
– Odam va Havvo, yahudiylik va xristianlikda – Adam va Yeva, zardushtiylikda – Govmard, sintoizmda – imperator Mikado va boshqalar. Mazkur ta’limotlar dinlarning muqaddas manbalarida bayon qilingan.
Teologik yondashuvga ko’ra, turli buyumlarga sig’inish va ko’pxudolik, jumladan animizm, totemizm, fetishizm va shomonlik yakkaxudolilikdan keyin yuzaga kelgan.
Dinlarning kelib chiqishi haqidagi ikkinchi qarash fanda “materialistik yondashuv” deb nomlanadi. Mazkur qarashlarning paydo bo’lishi antik davrga borib taqalib, ilk bor qadimgi yunon faylasuflari qarashlarida aks etgan. XVII asrga kelib Yevropada cherkov hokimiyatining susaya boshlashi, hurfikrlilik namoyandalari - din tanqidchilarining paydo bo’lishi, XIX asrning ikkinchi yarmida CHarlьz Darvin tomonidan “Turlarning kelib chiqishi” (1859) nomli asarning chop etilishi ham turtki bo’ldi. Keyinchalik mazkur qarashlar Avgust Komt va Lyudvig Buxnerlar tomonidan eng cho’qqisiga ko’tarildi. Unga ko’ra din bu ijtimoiy hodisa, inson tafakkuri, emotsiyalari mahsulidir. Mazkur qarash tarafdorlari fikricha, dinlar soddadan – murakkabga, umumiylikdan – xususiylikka, ko’pxudolikdan – yakkaxudolikka tomon uzoq tarixiy evolyutsion jarayonni bosib o’tgan. Unga ko’ra, ilk davrdagi ibtidoiy odamning jismoniy, fiziologik, asab- endokrin, biologik, psixologik va boshqa sohalari o’ziga xos xususiyatlarga ega edi. Bu nafaqat uning hayoti va faoliyatiga, fe’l-atvoriga, balki uning fikrlash darajasiga, kuchli hayajonlanishiga, tasavvur etishiga, mustahkam, haqiqiy yoki soxta mantiqiy qonuniyatlarni kashf etishiga ta’sir ko’rsatadi. Uyqu, tush va nafas olish kabi holatlarda tanani boshqaruvchi va o’lim bilan undan ajratib turuvchi, hayot bag’ishlovchi qandaydir kuch mavjudligiga ishongan ajdodlarimiz, mazkur kuch harakat qiluvchi har bir narsa: daryo, quyosh, oy, daraxt kabi mavjudotlarda bor deb tasavvur qilganlar. Natijada, inson qo’rquvi, hurmati, ehtiyoji va zarurati darajasida ularga sig’ina boshlagan.
Materialistik maktab tarafdorlari fikriga ko’ra, qo’rquv dinlarning kelib chiqishida asosiy rolь o’ynagan hissiy holatdir. Jumladan, ingliz faylasufi Xerbert Spenser (1820-1903) ham ibtidoiy qabila dinlarining kelib chiqishiga qo’rquv natijasida “ajdodlarga sig’inish” sabab bo’lganligini ta’kidlaydi. Spenser ijtimoiy hisob-kitoblarga suyangan holda, hayot qo’rquvining dinlardagi o’rniga alohida diqqatni tortadi. Bu qo’rquvning ajdodlarga nisbatan ibodatning barcha ko’rinishlari shakllantirganligini va tangrilarning ustun yoki qahramon bo’lgan ajdodlardan tanlanganligi fikrini ilgari suradi; har bir dinda ajdodlarga alohida e’tibor qaratilganligiga ishora qiladi.
Taniqli psixolog Zigmund Freyd (1856-1939) ham dinning kelib chiqishini aynan qo’rquv hissi bilan bog’laydi. Uning fikriga ko’ra, matriarxat davrida o’ziga juft topish uchun yosh yigitlar otalarini o’ldirib, hatto o’z onalariga ham uylanganlar. Vaqt o’tishi bilan o’g’il o’z otasining joniga qasd qilganidan vijdoni qiynalib, otasining ruhi undan qasos olishidan qo’rqib, unga ibodat qila boshlagan. Freyd bu nazariyani “edip kompleksi” deb ataydi.
Maks Myuller (1823-1900) fikriga ko’ra, dinning kelib chiqishi tabiat hodisalarining insonga bergan dahshatidan kelib chiqqan va u “naturalizm” deyiladi. Naturalizm, fizikaviy muhitda uchraydigan quvvat va mavjudotlarning
ideallashtirilishi, shaxslashtirilishi va ilohiylashtirilishi demakdir. Ushbu fikrni ilgari surgan Maks Myuller hinduizmning muqaddas kitobi Vedalarga suyangan. Vedalardagi xudo nomlarining tabiat hodisalari bilan aloqador ekanligi fikrini o’rtaga tashlagan; misol uchun “Agni”ning “olov”, “Dyaus”ning “ko’k” (osmon) ma’nolarini bildirishini, bu so’zdan frantsuzcha “Dieu” (lotincha Deus), ispancha “Dios” (Xudo) so’zlarining kelib chiqqanini ma’lum qilgan. Myuller deyarli barcha dinlarda xudo nomlari, avval olov bo’lishi bilan birga, tabiat hodisalarini bildirishini; tabiat kuchlariga g’ayritabiiy baho berish moyilligini uyg’otganligi va til o’zgarishlari natijasida dinlardagi barcha muqaddas tasavvur va e’tiqodlarning yuzaga kelganligini bildirgan.
Mazkur maktab tarafdorlari dinlarning yuzaga kelishi va shakllanishi animizm, totemizm, fetishizm va shamanizm kabi bosqichlarda yuzaga kelganini ta’kidlaydi.

Download 73.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling