N. B. Amirovaning 6- sinflar uchun Tokarlik- vint qirqish stanogining vazifasi, qo’llanilishi, tuzilishi, asosiy qismlari va ularning vazifasi


Download 0.51 Mb.
bet1/2
Sana31.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1314246
  1   2
Bog'liq
Kogon shahar 1


Kogon shahar 4- umumiy o’rta ta’lim maktabi texnologiya fani o’qituvchisi
N.B. Amirovaning 6- sinflar uchun Tokarlik- vint qirqish stanogining vazifasi, qo’llanilishi, tuzilishi, asosiy qismlari va ularning vazifasi mavzusida tayyorlagan
DARS ISHLANMASI

Sana: 8.04. 2021 yil


Sinf: 6-,,A’’

Mavzu: Tokarlik- vint qirqish stanogining vazifasi, qo’llanilishi, tuzilishi, asosiy qismlari va ularning vazifasi
Darsning maqsadi: A) O’quvchilarga tokarlik- vint qirqish stanogining vazifasi, qo’llanilishi, tuzilishi, asosiy qismlari va ularning vazifasi haqida tushuncha berish.
B) O’quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o’rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
D) O’quvchilar tasavvurida stanoklarda ishlash qoidalari haqidagi bilim ko’nikma va malakalarni rivojlantirish.
Kommunikativ kompetensiya:
Hamkorlikda ishlash jarayonida jamoa va guruh a’zolarifikrini tinglay bilish, hurmat qilish, to;g’ri qabul qilish, muloqotda o’zidan kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko’rsata olish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars uslubi: tushuntirish, suhbat, savol- javob, ko’rgazmali
Dars metodi: aqliy hujum, B/B/B metodlaridan foydalaniladi.
Dars jihozi: o’quv qurollari, o’lchash asboblari, komyuter, proyektor, stanoklar ko’rgazmasi, slaydlar.
Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism

  1. Salomlashish

  2. Davlat madhiyasini kuylash

  3. Davomatni aniqlash

  4. Darsning oltin qoidasi va darsning maqsadi aytiladi.



  1. O’tilgan mavzuni takrorlash

,,Aqliy hujum ‘’ metodidan foydalaniladi.
O’tilgan mavzu: O’lchash, rejalash va dastlabki ishlov berish asboblari haqida tushuncha . Muhammad Yusuf she’ri
O’zbekiston
O, ota makonim,
Onajon o’lkam,
O’zbekiston, jonim to’shay soyangga.
Senday mehribon yo’q,
Seningdek ko’rkam,
Rimni alishmasman bedapoyangga.

  1. Quyidagi she’rning muallifi kim va u kishi qachon va qayerda tavallud topgan? M. Yusufning qanday sher’laridan bilasiz?

  2. Aprel oyida yana qaysi buyuk davlat arbobi tavallud topgan?

  3. A. Temur qachon taxtga o’tiradi? Va u kishini ibratli hikmatlaridan ayting ?

  4. O’lchash va rejalash deb nimaga aytiladi?

  5. O’lchash asboblari qanday turlarga bo’linadi va qaysilar?

  6. Shkalali asboblar chizg’ich, shtangenserkul, mikrometrning vazifasi nima?

  7. Shkalasiz asboblarga nimalar kiradi va vazifasini ayting?

  8. Aylana va doirani qaysi asbob yordamida chizamiz ular bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?

  9. Tunukani tekislash uchun qanday asbobdan foydalanamiz, va u bilan ishlaganda qanday xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilishimiz kerak?

  10. Metallar necha turga bo’lanadi va qora metal qotishmalariga qaysi metallar kiradi?

  11. Metallarning elastikligi va plastikligi deb nimaga aytiladi?

O’quvchilar ushbu savollarga javob berish uchun doskaga chiqishadi va tanlagan savollarini tagidagi harflarni o’ngiga ochib chiqishadi, barcha savollarga javob berganidan so’ng doskada buyuk sarkardamiz A.Temur bobomizning quyidagi shiorlari hosil bo’ladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling