Nafsiga Qul bo‘lgan sayyoh yigit
Download 16.6 Kb.
|
Документ Microsoft Word
Nafsiga Qul bo‘lgan sayyoh yigit Uzoq vaqtlar oldin uzoq bir yurtdan bir musofir yigit olis safarga chiqgan ekan. Kunlarni bir kunida u bir go‘zal malikani sevib qolipti. Malika judaham go‘zal, farosatli, odobli edi. Malika musofir yigitga ishonib o‘z qalbining bir qismini xadiya qilipti. Ular qisqa vaqtda judaham go‘zal hayot kechirishipti. Ammo kunlarni birida sayyoh yigit, Malika xadiya qilgan qalbni etiborsizligi sababli tushirib yuboradi va o'sha qalb parchalarga bo'linib ketadi. O'sha kundan boshlab malikaning yigitga bo'lgan tuyg'ulari so'niy boshlaydi. Musofir yigit aloqalarni yaxshilash uchun parcha-parcha bulib ketgan qalbni parchalarni yig'a boshlaydi ammo bu xechtima o'zgartirmas aksincha ularni o‘rtalardagi aloqalarni kun sayin uzoqlashtirar edi. Bu esa sayyoh yigitning qo'lidagi parchalangan qalbni yondira boshladi va yigitni majnunga aylantirib qo'yadi. Yigit bu allangali sevgidan o‘zini qancha olib qochishga xarakat qilmasin barbir allangani yanada kuchaytirardi. Kunlarni bir kuni sohib-jamol malika boshqa bir qurollikga ketishiga to'g'ri kelib qoladi bu sayohatdan habar topgan yigit ayriliq iforidan chidolmay majnunlarcha kechalari kunlari bedor bolib qoladi. Bir soz bilan aytganda qalbi xastaga aylanadi. Na tun na kun yordam berardi. Bazan majnun yegit malikaning qasriga malikani yo‘qlab borsa uni u yerda yo‘qligini aytishar bazan esa malika o‘zi bo‘lgan taqdirda ham uni eshitishniham istamas edi yani malika yigitga vaqti yo‘qligini baxona qilar edi. Bu xolat uni kun sayin qalbini azoblar edi. Musofir yigit malikaning kamtarligiga aqilliliga farosatiga odobiga va malikaning o‘ziga majnun bolgan edi. Malikaning yuzidagi kulgularini devona yigit eslab azoblanardi chunki uning bu tabassumini yana korishi dargumol edi bu na dart edi na xazil edi, kim nima desa desun otashda bu yigit kul bolyapgan edi. Aslida bu yegitning qalbidagi og‘riq malika bilan kun sayin aloqalari yo‘qalayotgani uchun emasdi balki bu yegitga Allohdan berilayotgan bu dunyodagi bir jazo edi chunki Alloh ta’lo Qur’oni karimda va sahih xadislarda nomaxram ayollardan o‘zimizni tiyishimizni agarda bundan qaytmasak Alloh bizlarni xarob qilishini va azobli jazoo berishini aytgan edi. Ming afsustlar bo‘lsinkim bu yigit sayohatidagi bir sinovdan o‘ta olmadi. Bu esa zinodan lazzatlangan qalbni azoblanishiga va oxir oqibat yigitning Alloh oldidagi mavqeyi bir pog‘ona pastga tushishiga sabap bo‘ldi. Bularni barchasini yani ularning shaytoniy sevgilari yaxshilikga olib kelmasligini va bu ishi yigitni Allohni azobiga duchor qilishini avvaldan bila turib shu ishni qildi. Aslida bu yigitga Alloh budan ham azobliroq jazoni berishi kerak edi ammo bu yigitning onasining farzandi xaqqiga kechayu-kunduz qilgan duosi uni bu ayanchli azoblardan parda bo‘lgan edi. Musofir yigit xaqiqiy sevgi faqat Allohga va Payg‘ambarimiz (s.a.v)ga bo‘lishli kerak ekanligini go‘yoki unitgandek edi. Azizlar, aslidaham chinakam va umir boqiy sevgi faqat va yana faqat Allohga va Payg‘ambarimiz (s.a.v)ga bo‘lishi kerak emasmi. Aziz do‘stlarim agarda biz Allohni va Payg‘ambarimiz (s.a.v)ni sevsak shunda biz xaqiqiy xalol sevgi lazzatini xis qila olamiz inshaalloh. Chinakam sevgi bizlarning iymonimizni komil bo‘lishiga va Alloh roziligiga va Payg‘ambarimiz (s.a.v) shafoatlarga yetaklaydi. Aslidaham haqiqiy sevgi va baxt shu emasmi. So‘zimni oxirida Allohdan bu ikki yoshlarni gunohini kechirishini va ularga xalol sevgini lazzatidan baxramant bo‘lish baxtini berishligini so‘rab qolaman. Ushbu sayyoh yigitgtga tezroq uzini qo‘lga olishini va allohga qilgan ishlari uchun tavba qilishi bu azoblarni yengillashtirishi mumkinligini aytmoqchiman. Do‘stlarim uzimizni va qalbimizni xarom ishlardan asraylik, Alloh poklikni va halollikni yoqtiradi! Download 16.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling