Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti


Download 20.63 Kb.
Sana10.11.2020
Hajmi20.63 Kb.
#143435
Bog'liq
ERKIN VOHIDOV


NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA FAKULTETI

LINGVISTIKA (O’ZBEK TILI) YO’NALISHI 2- BOSQICH MAGISTR

TALABASI ALIJONOVA DURDONANING “ERKIN VOHIDOV SHE`RIYATINING FONOPOETIK XUSUSIYATLARI” NOMLI MAQOLASI

ERKIN VOHIDOV SHE`RIYATINING FONOPOETIK XUSUSIYATLARI

LINGVOPOETIKA – tilshunoslik va adabiyotshunoslik oralig`ida shakllangan soha. Tilshunoslikning boshqa sohalaridan farqi shundaki, bunda tadqiqot manbai badiiy asarlar hisoblanadi. Adabiyotni til jihatidan o`rganiladi. Lingvopoetika badiiy asarlarda qo`llanilgan lingvistik birliklarning badiiy-estetik vazifalarini, tilning konnotativ funksiyasini o`rganadi. Badiiy til keng qamrovli obyekt sifatida funksional darajalangan qismlarga fragmentlarga bo`linish xususiyatiga ega. Biroq amalda ushbu obyektning fragmentlarini badiiy nutq tahliliga beriladi. Demak, badiiy nutq keng tushuncha bo`lib badiiy asar tili badiiy nutqning bir ko`rinishidir. U tilning ekspressiv vazifasini o`z ichiga olgani uchun til sistemasining barcha sath birliklarini qamrab oladi. Shundan kelib chiqib, lingvopoetika fonopoetika, leksopoetika, sintaktik poetika kabi turlarga bo`linadi. Lingvopoetikaning vazifasi ushbu sohalarni alohida-alohida o`rganish va ularning o`zaro munosabatini ham yoritib berishdan iborat. Jumladan, fonetik-fonologik sathda bir xil tovushlar bir xil bo`g`inlarning takrorlanib kelib, assonans(bir xil unlilarning takrorlanib kelishi), alliteratsiya(bir xil undoshlarning takrorlanib kelishi) hodisalarini yuzaga keltirishi hamda ta`sirchanlikni yuzaga keltiruvchi vosita sifatida xizmat qilishi o`rganiladi.

Badiy matn mazmunining ifodalanishida unlilarning ahamiyati

Fonografik stilistika fonetik stilistika va grafik stilistika oralig’idagi fandir.Fonostilistik vositalar va ularning nutqda qo’llanishi haqidagi fikrlar ilk bor Ayub G’ulomov tomonidan aytilgan. Olim fonetik vositalarda uslubiy imkoniyatlar ko’pligi,ayrim so’zlarning ohang va fonetik qiyofasini o’zgartirish orqali hissiy ta’sirchanlik paydo bo’lishini qayt etadi.Fonetik vositalar:nutq tovushlari,urg’u,ohang,ton,tovush tenbiri.Grafik vositalar- harflar. Badiy matnni tahlil qilish jarayonida fonetik birliklarning estetik xususiyatlariga alohida e’tibor qaratmoq lozim. Sheriy matnda nutq tovushlarining estetik imkoniyatlari tez va qulay idrok etiladi. Chunki she’rda o’ziga xos jozibador ohang bo’ladi. Bu ohangdorlikka tovushlarning uslubiy qo’llash natijasida erishiladi. She’riyatda alliteratsiya (undoshlar takrori), assonans (unlilar takrori),gemenatsiya (undoshlarni qavatlash) kabi fonetik usullardan foydalaniladi. Nasrda unlilarni cho’zish yuqoridagi vositalar, shuningdek tovushlarni orttirish yoki tovush tushurish kabi vositalardan ham foydalaniladi.

Tildagi fonemalarning asosiy vazifasi so’z ma’nolarini farqlash bilan birga stilistik-ekspressiv va apellyativ vazifalarni ham bajaradi. Tinglovchi fonemalardagi bu xususyatlarni tovushlar vositasida qabul qiladi.

Badiiy asarda unlilarni birdan ortiq yozish orqali unlining cho’zib talaffuz qilinganligi tushuniladi. Unlini cho’zib talaffuz qilish orqali qahramonning voqelikka munosabati oydinlashtiriladi. Mazkur usul belgining me’yoridan kuchsiz yoki ortiq ekanligini ifodalashda, shodlanish, hayratlanish, g’azablanish, kuchli to’lqinlanish kabi hissiy holatlarni ham ifodalaydi.



Badiiy matn mazmunining ifodalanishida undoshlarning o’rni

Undosh tovushlar o’zining hosil bo’lish o’rni va usuli hamda tovush miqdorining ko’pligiga ko’ra unli tovushlardan farqlanadi. Talaffuzda undosh tovushlarning ikkilanish, takror qo’llash, tushurib qoldirish, so’zda ularning o’rnini almashtirish; yozma nutqda esa ushbu talaffuz hodisalarni aynan aks ettirish fonografik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Fonografik jihatdan so’zdagi bir undoshning takror miqdori u ifodalab kelayotgan ekspressiv bo’yoq miqdorini ifodalaydi, natijada konnotativ ma’no yuzga chiqadi. Undosh tovushning so’z boshida ikkilantirilishi qahramonga hos nutqiy kamchilik yoki o’ta hayajonlanganligini ifodalasa, so’z oxirida undoshning takrori shu so’zning cho’zib talaffuz qilinganligini bildiradi.

Badiiy nutqda keng qo’llaniladigan fonetik usullardan yana biri geminatsiyadir. Ya`ni bunda tovushlarni qavatlash orqali poetik aktualizatsiya sodir bo`ladi. Masalan, “Ayyorlikda uchchiga chiqqanman deb maqtansam, yolg`on emas” (O.)

Shuningdek, badiiy nutqda ohangning ifodalanishi muhim. Badiiy nutqda muhimvazifa bajaruvchi vositalar:



  1. Ohang

  2. Urg`u

  3. Pauza

  4. Alliteratsiya

  5. Assonas

  6. Tovush takrori

  7. Tovushga taqlid

Istalgan nutq o`ziga xos intonatsion butunlikka ega bo`lib, nutqning sintaktik tuzilishi, so`zlarning gapdagi o`rni kabilardan tashkil topadi.

Yangi o`zbek adabiyoti lirikasini yuqori pog`onaga olib chiqa olgan benazir ijodkor Erkin Vohidov ma`rifatli va ziyoli xonadonda tavallud topdi. Onasi Roziyaxon, otasi Cho`yanboy Vohidov qishloq o`qituvchilari va faollaridan edi. Shoirning ota-onasi juda erta olamdan o`tdi. Shuning uchun ham unga nisbatan “ikki qisqa umrning yolg`iz yodgori” iborasi qo`llanadi.

Taniqli adabiyotshunos olim Abdug`afur Rasulov: “Erkin Vohidov badiiy adabiyot daholari ruhini shod etgan, yangi o`zbek darg`alari duosini olgan, o`z xalqi qalbiga chuqur kirib borgan san`atkordir” deb e`tirof etgan.

Erkin Vohidov she`rlari ham fonopoetik tahlil obyekti bo`la oladi. Quyidagi she`rda q tovushining takrori:



  1. Qaro qoshing, qiyiq qoshing, quyuq qayrilma qoshing, qiz

Qilib qatlimg`a qasd qilich qayrab qaroshing, qiz

Qafasda qalb qushin qiynab, qanot qoqmoqqa qo`ymaysan

Qarab qo`ygin qiyokim, qalbni qizdirsin quyoshing, qiz.

Ushbu she`rning 1-misrasida b tovushining takrori;



  1. Benamoz, bexudo, bedin bandalar

Ustidan shaytonlar qilgay xandalar.

Y tovushi takrori:

  1. Yo u yoqmas, yo bu yoqmas

Yo shaharmas, yo qishloqmas

Yonboshida dorilfunun.

Shoir she`rlarining mavzuviy ko`lami cheksiz, ohangi xalqona, shuningdek, falsafiy-didaktik ahamiyatga ham ega. Hayotning oq-u qorasi yaxshilik va yomonlikka ajratilar ekan, bunda rost va yolg`on tsuhunchalarining o`rni ham beqiyos. Yolg`on so`zi arab tilida “kizb” deyiladi va lug`atda rostning teskarisini anglatadi

[1, 5-bet].

Yaxshidir achchiq haqiqat,

Lek shirin yolg`on yomon

Ul shirin yolg`onga mendek

Aldanib qolg`on yomon[2, 16-b.].

Ta`rif-u tavsifsiz ham inson qalbiga jo bo`luvchi ushbu satrlarda yolg`onga oddiygina “yomon” sifati berilib, ifodada aniqlik yuzaga kelmoqda.

Qadim saltanatlar sultonlari ham rost so`zning qadrini baland tutgani tarixdan ma`lum. Temuriylar sulolasi asoschisi Sohibqiron Amir Temurning uzuk muhrlariga “Rosti-rusti” so`zlari bitilgani, “Temur tuzuklari” da esa “Boshingga qilich kelsa ham rost so`zla” hikmati keltirilgani fikrimizning isbotidir. Shoir she`rning so`nggi satrlarida:

Gar qilich kelsa boshingga

Qo`rqma, Erkin, rost gapir

Yaxshidir achchiq haqiqat

Lek shirin yolg`on yomon[2, 17-b.] deya tarixiy haqiqatga ishora ham mavjud. “Yolg`on haqida” deb nomlangan she`rida yolg`onning ikki ko`rinishi haqida so`z ketadi:

Gar hakim o`salga tasallo bergay

So`zi yolg`on bo`lsa, Olloh kechirgay

Ayrilgan do`stlarni qovushtirgan zot

Aldasa, tadbiri gunohdan ozod[2.O`sha kitob, 154-b.].

Ya`ni yolg`on xayrli ishlarga sababchi bo`lsa, u savobli amallar qatoriga kiritilgan. Hadisda keltirilishicha, payg`ambarimiz (s.a.v.): “Kim bir go`dak bolaga “Mana buni ol” desa-yu, hech narsa bermasa, u odam yolg`onchi bo`ladi” deydilar [1, 8-b.]. Biz e`tiborimizga keltirmaydigan holat ham yolg`onning bir turi ekanligi ko`rsatib berilgan. Zero, insonlarni yolg`on so`zlashdan qaytarilgan. Erkin Vohidovning o`zbekona sodda, haqiqatga to`la satrlarida “rost’ va “yolg`on” tushunchalari turli talqinlarda namoyon bo`laveradi:

Rost so`zni dedim:

Jonni qo`yib o`rtaga. Ammo

Jon do`st deganim

Vah, uni yolg`on tushunibdur[2, 23-b.]

Donishmand xalqimizda “Do`st achitib, dushman kuldirib gapirar” maqoli bejiz aytilmagan. Ba`zan chin so`z yurakni og`ritsa ham inson kamolotida o`rni beqiyos. Yana shuni ta`kidlashim lozimki, rost so`zni faqat do`stlargina gapiradi.

Achchiq esa ham

Chinni demak sharti sadoqat

Do`st anglamasa,

Yot buni qay on tushunibdur.

Ushbu satrlarda ijodkor hayotiy haqiqatni so`zlab, o`z boshidan o`tkazgan voqea-hodisalarga ham ishora qilgan, meningcha.

Erkin Vohidov ijod qozonida qaynab, qalami o`tkirlashgan davr, bilamizki, sobiq sho`ro zamoni edi. “Bizga so`z tegdi kecha” she`rida so`z mulkining sultoni Alisher Navoiyning “Vale barcha rost ham degulik emas” misrasini epigraf qilib olar ekan, she`rning mohiyati yuzaga chiqadi. Darhaqiqat, so`zni saralash mahorati har kimga ham berilmagan. Oz so`zlamoq koni foyda, aslida. Ba`zan ayrim haqiqatlarni deyish yo joningga va yoki molingga zarar yetkazadi. Balki, Navoiy bobomiz ham barcha rostlarni ham aytaverish joiz emasligini ta`kidlab, ushbu misrani bitgan.

Ijodkor yolg`onni to`g`ri deyishdan qayataradi, zero, rost deya yolg`on so`z aytmoq kishining boshiga turli kulfatlar keltirishini yozadi:

Rost bilib nobop so`z aytdik

Ta`na dashnomlar yog`ib

Bizga kaltakdan iborat

Rizqi ro`z tegdi kecha[2, 72-b].

Shoir ijodining rang-barangligi va kitobxon ko`ngliga birday yoqishining asosiy sabablaridab biri, u tizgan satrlarda xalqona hajviyot, iliq yumorning borligi bilan ham belgilanadi. Yumor orqali dilxiraliklar tarqaladi, yuzga tabassum inadi, qalb yayraydi, natijada, shuurimizda hayotning haqiqatlarini osongina anglash ko`nikmasi hosil bo`ladi. “Umrim daryosi” turkumidagi she`rlar benihoya o`zgacha, turfa. Yumorga boy taniqli yozuvchi G`afur G`ulom boshlab bergan, negizi xalq og`zaki ijodiga bog`lanuvchi “Bir yolg`onda qirq yolg`on” turkumi Erkin Vohidov ijodida qofiyali misralarga ko`chadi:

Kaminai kamtarin

Falonchi Falonchiyev

Men bir o`zim rostgo`yman

Qolgan hamma – yolg`onchi[2, 227-b.], deya” yolg`onlar” zanjiri boshlanadi.

Yoshimni so`rasangiz

Yuz oylik chaqaloqman

Qotmadan kelgan daroz

Pakana baqaloqman

She`rda xalq dostonlarida qo`llanuvchi mubolag`a san`atiga keng urg`u berilgan. She`rning qiymati ham mubolag`ali tasvirning boyligi bilan o`lchanadi. Quyidagi satrlarda esa mubolag`a g`ulu darajasiga ko`tarilgan:

Xush ko`rganim muzqaymoq

Hammomga tushib yeyman

Ustiga murch sepib

Sho`r bodring qo`shib yeyman.

She`rni o`qir ekansiz, yuzingizda tabassum o`ynaydi. So`nggi bandlarda esa asli muddaoga o`tiladi:

So`zga bering e`tibor

“Bir bor” dedim, “ming bor”mas

Meni aqli butunlar

Yolg`onchiga chiqarmas

Hayot oniy lahzalardan iborat. Mana shu lahzalarni xayrli amallar bilan bezash, rost so`zlash – insoniyligimizning belgisidir:

Mulki borliq ichra bir mahal

Ko`rksizgina olam yaralgan

Bermoq uchun dunyoga sayqal

Olam aro odam yaralgan.

Va yoki insonga murojaat etib;

Sening poyingdadir

Bu ulug` zamin, deya insonning mukarram zot ekanligini eslatib o`tadi. Hadisi sharifda rivoyat qilinishicha: “Bir odam kelib: ” Ey Allohning rasuli! Jannat amali nimadir?” deb so`radi. U zot: “Rostgo`ylikdir…” deb javob berdi[1, 10-b.]. Demak, til-dilimizdan yolg`onni uloqtirib, unga rost so`zlarni joylaylik. Shunda dunyoda ezgulik hamisha g`alaba qozonaveradi. Daho shoirning avlodlarga qoldirgan merosi jimjimador so`zlar emas, balki, yuqorida keltiligan ma`nolarni tushuntirishga yo`l ochib bera olgani bilan qadrlidir.



Xulosa

Nutqiy uslubiy imkoniyatlar va vositalarning sistemaviy nuqtayi nazardan tadqiqi nutqning har bir shakli o’ziga xos uslubiy vositalar va imkoniyatlarga ega ekanligini ko’rsatadi. Bunday imkoniyat va vositalar umuminsoniy tabiatga ega bo’lib nitqning barcha ko’rinish va shakillari uchun umumiy bo’lishi ham, tilning faqat bir sathiga yoki alohida ko’rinishlariga xos bo’lishi ham mumkin. Fonopoetika tom ma’noda og;zaki nutqdagi fonetik birliklarning uslubiy imkoniyatlari va xususiyatlarini o’rganish bilan cheklanadi. Og’zaki nutqning fonetik xususiyatlari yozma nutqda grafik vositalar bilan aks ettiriladi. Badiiy matnda fonografik vositalar turli darajalarda poetik aktuallashadi. Hatto til sistemasida semantik mohiyatga ega bo’lmagan minimal birlik – tovush ham badiiy matnda estetik ma’no kasb etadi.



Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Vohidov E. Saylanma. 3-jild. Umrim daryosi, - T. Sharq. 2001.

  2. Qabilova Z.M. O’zbek tilining fonosemantik vositalari.-T,2008

  3. Haydarov A.A. Badiiy tasvirning fonostilistik vositalari.-T,2008

  4. www.ziyonet.uz


Download 20.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling