Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti


Seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha


Download 0.93 Mb.
bet8/42
Sana25.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1118746
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
Bog'liq
Ўзбек тилшунослиги тарихи MAJMUA
Muhandislik kommunikatsiyalari tizimlari, qurilishi va montaji (rus), yanga test, шахбоз ака янга, 15-Mavzu, 15-Mavzu, parizoda, 1655741252, Reja Optimal nazorat nazariyasi, Mustaqillik va demokratik jamiyat qurishning “O\'zbek modeli”. O\'-hozir.org
Seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha
ko‘rsatma va tavsiyalar

Seminar mashg‘ulotlari jarayonida talabalar o‘zbek tilshunosligining shakllanishi va rivojida muhim o‘rin tutgan olimlar, ularning ilmiy tadqiqotlari va maktablari, o‘zbek tilshunosligining taraqqiyot bosqichlari, shuningdek, o‘zbek adabiy tilining shakllanishiga asos bo‘lgan shevalar, ularning lahjalarga birlashishi borasidagi bilimlarini oshiradilar va ularni amalda qo‘llash, o‘zbek tili bo‘yicha tadqiqotlar olib borish ko‘nikmalarini shakllantiradilar.


Seminar mashg‘ulotlari uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1. Tilning ijtimoiy vazifasi. Adabiy til tabiati.
2. O‘zbek yozuvi tarixiy taraqqiyoti.
3. “At-tuhfa” lug‘ati va uning tuzilish xususiyatlari
4. Temuriylar davrida o‘zbek tilshunosligi. Boburning lingvistik qarashlari.
5. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida til va til ta’limi masalalari
6. O‘zbek ilmiy tilshunosligining shakllanishi va yutuqlari.
7. O‘zbek an’anaviy tilshunoslik maktablari, uning namoyandalari.
8. O‘zbek tilshunosligining nazariy bosqichi.
9. O‘zbek tilshunosligida dialektologiyaga doir ishlarning tahlili.
Izoh: Mazkur ro‘yxatdagi mavzulardan seminar mashg‘ulotlari uchun ajratilgan soatlar hajmiga mos holda foydalanish tavsiya etiladi.


Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni

Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:


-darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
-tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
-maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
-talabalar tomonidan o‘quv-ilmiy tadqiqot ishlarining bajarilishi orqali fan bo‘limlari va mavzularini chuqur o‘rganish;
-masofaviy (distansion) ta’limni tashkil etish.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:

  1. Abu Nasr Forobiyning “Mohiyat-hodisa dialektikasi”, “Falsafatu Aristutalis” asarilari. “Fozil odamlar shahri”, “Fanlar tasnifi haqida so‘z” asarlari tahlili.

  2. Abu Rayhon Beruniyning “Saydana”, “Geodeziya” asarlarida lingvistik fikrlar.

  3. Ibn Sinoning “Asbobi hudud al hudud” asarining umumiy fonetika masalalariga bag‘ishlanganligi.

  4. Mahmud Zamahshariyning lingvistik merosi

  5. Ilk o‘zbek alifbolari va imlo kitoblarining yuzaga kelishi.

  6. Istiqlol davri o‘zbek tilshunosligi.

Izoh: Mazkur ro‘yxatdagi mavzulardan mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari uchun ajratilgan soatlar hajmiga mos holda foydalanish tavsiya etiladi.



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling