Namangan davlat universiteti Musiqa ta’limi va madaniyat fakulteti talabalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining pf- 52 sonli farmoni va pq-3514 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “ Sulton Uvays Qaraniy” ziyoratgohiga tashrifi


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1589144
Bog'liq
Sulton Uvays qaraniy Axborot



Namangan davlat universiteti Musiqa ta’limi va madaniyat fakulteti
talabalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF- 52 sonli farmoni
va PQ-3514 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “ Sulton Uvays 
Qaraniy” ziyoratgohiga tashrifi yuzasidan
AXBOROTI
Musiqa ta’limi va madaniyat fakulteti tyutor Sh.G’aniyeva boshchiligida ma’naviyat va 
axborot soatlarida MSM-AU-20 va MSM-BU-20 talabalari “Sulton Uvays Qaraniy” 
ziyoratgohiga tashrif buyurdi. Muhtaram Prezidentimiz 2017-yil 7-iyul kuni 
Uvays Qaraniy ziyoratgohiga tashrif buyurganlaridan soʻng, ziyoratgohning 6 gektar 
maydonida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi
Uvays ibn Amir al Qaroniy – islom va sufizmda juda hurmatli shaxs hisoblanadi. U, 
Muhammad Payg‘ambar (SAV) davrlarida yashab o‘tgan. Bu avliyo odam o‘zining butun 
umrini dunyo bo‘ylab sayohat va islomni targ‘ibot qilish bilan o‘tkazgan. Uvays 
Qaroniyning umri va o‘limi ko‘plab afsonalarga sabab bo‘lgan. Aytishlaricha uning Siffa 
jangida o‘limidan so‘ng yettita sulton Qaroniyuni kim dafn etishini hal qila olishmagan 
ekan. Har bir sulton tobut tayyorlab qarashsa ularning har birida avliyo yotgan ekan. 
 
Musulmon olamida Qaroniy dafn etilgan bir necha joy mavjud. Shunday joylardan biri 
Namangan viloyatining Chortoq tumanida joylashgan. Afsonaga ko‘ra, u bu yerlarga 


islomni targ‘ibot qilish uchun kelgan. Bundan tashqari Qaroniyning onasi ham shu yerda 
dafn etilgan deyishadi. U o‘layotgan vaqtda avliyo uni yuvish uchun ancha vaqt suv topa 
olmagan ekan, shunda Qaroniy allohdan suv so‘rab murojaat qilib qo‘li bilan quruq yerga 
uradi u urgan joyda muqaddas buloq paydo bo‘ladi. 
Bu joydagi Mozor, 12-13 asrlarda barpo etilgan va vaqt o‘tishi bilan bu erda, masjid, 
maqbara va muzeyini o‘z ichiga olgan katta me‘moriy majmua paydo bo‘lgan. 
So‘nggi yillarda bu erda keng ko‘lamli qayta qurish ishlari olib borildi. Majmua 
hududi va unga tutash qism obodonlashtirildi, kutubxona va hattoki mehmonxona 
qurildi. Bugungi kunda majmuada ziyorat marosimlarini amalga oshirish uchun 
barcha sharoitlar yaratilgan. Asosiy kirish ramziy darvoza bilan bezatilgan. Markaziy 
qismida suv ombori joylashgan, masjid va maqbaraning qad rostlagan binolari shu 
qadar mohirlik bilan bezatilganki, ular qushlar uchadigan balandlikdan qaraganda 
o‘yinchoqlarga o‘xshab ko‘rinadi. 


 
1400 oʻringa moʻljanlangan masjid va tahoratxona, maqbara yonida ayvon, zamonaviy 
mehmonxona, milliy muzey va kutubxona, 3 ta favvora, dam olish ayvonlari va xizmat 
koʻrsatish shoxobchalari qurildi. 
Xulosa o’rnida shu aytish mumkinki 43 nafar tashrif buyurgan talabalar juda katta 
ta’surotlar bilan qaytdi va o’zlariga kerakli ma’lumotlarni oldilar shuningdek bunday 
ekskursiyalar ko’proq tashkil etilishini ta’kidlab o’tildi. 

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling